O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyat statistika boshqarmasi


Boshqarma boshlig'i birinchi o`rinbosarining funktsional vazifalari


Download 0.59 Mb.
bet7/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1619598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Raimov Abdurashid

Boshqarma boshlig'i birinchi o`rinbosarining funktsional vazifalari:
Boshqarma boshlig‘i yo‘qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi;
-boshqarmaning barcha tarmoq, shahar va tuman statistika bo‘limlari tomonidan dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari xajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va bеlgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;
-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yig‘ilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, hisobot ko‘rsatgichlarini tеzkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta’minlash masalalari, Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
-boshqarmaning barcha tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari xalq xo‘jaligidan qo‘shimcha mablag‘ topishini (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi;
-biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritadi;
-biriktirilgan barcha bo‘limlar faoliyatini hamda ulardagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisliligi, to‘liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
-biriktirilgan tarmoq ma’lumotlarini qonuniyligini o‘rganib, tеgishli sohalar dasturlari va boshqa ma’lumotlarni tayyorlashda, muhokama yig‘ilishlarida ishtirok etish, imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma’lumotlarning javobgarligini o‘z zimmasiga oladi;
Boshqarma boshlig'i o`rinbosarining funktsional vazifalari:
-Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari yo‘qligi vaqtida uning vazifasini vaqtincha bajaradi;
-har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha bo‘yicha statistika kuzatuvlarini o‘tkazilishi, statistik ma’lumotlarning to‘liqligi, haqqoniyligi va o‘z vaqtida taqdim etilishini muvofiqlashtirish;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
- Samarqand viloyatining ijtimoiy, demografik, mehnat bozori, aholi turmush darajasi, ta’lim, sog‘likni saqlash va xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha statistik axborotlarni shakllantirilishini tashkil etish;
-davlat boshqaruvi organlariga ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadli dasturlarini amalga oshirilishi monitoringi uchun statistik axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish.
-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yig‘ilishlarida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, hisobot ko‘rsatgichlarini tеzkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta’minlash masalalari, Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
-biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritadi;
-biriktirilgan barcha bo‘limlar faoliyatini hamda ulardagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to‘liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta’minlaydi:
-biriktirilgan tarmoq ma’lumotlarini qonuniyligini o‘rganib, tеgishli sohalar dasturlari va boshqa ma’lumotlarni tayyorlashda, muhokama yig‘ilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi, imzolagan ma’lumotlarning javobgarligini o‘z zimmasiga oladi;
-biriktirilgan shahar, tuman statistika bo‘limlari moliya-xo‘jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
-boshqarmada ko‘rilayotgan ma’muriy jarimalarni imzolaydi hamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta'minlaydi;

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling