O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyat statistika boshqarmasi


Download 0.59 Mb.
bet8/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1619598
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Raimov Abdurashid

Boshqarma bo‘limlari:

    • Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi

    • Narx statistikasi bo‘limi

    • Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi

    • Sanoat statistikasi bo‘limi

    • Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi

    • Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi

    • Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi

    • Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi

    • Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi

    • Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi

    • Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi

    • Statistik registrlarni yuritish bo‘limi

    • Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi

    • Kadrlar bo‘limi

    • Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi

    • Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi

    • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizom nazorati bo‘limi

    • Yuridik xizmat


4. Samarqand viloyat statistika boshqarmasida yoshlar siyosatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish istiqbollari.
2021- yil 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich markaziy apparatda ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ning 2- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida videoseminar o'tkazildi.
Seminar davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati va istiqbollari, ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirish va chop etishning o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirishda tarmoqlar va hududlarning o'rni haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan muntazam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.
Joriy yilning 19- iyun kuni, yoshlar oyligi doirasida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 149-umumta’lim maktabi faollar zalida, Urgut tumani yoshlari bilan uchrashdi. Tasdiqlangan reja grafik asosida o'tkazilgan uchrashuv davomida Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Ziyadullayev tuman yoshlariga davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar hamda ulardan samarali foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Savol javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda faol ishtirok etgan iqtidorli yoshlar Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Djurakulovich tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, M.Ziyadullayev tomonidan tumandagi “ O‘roqboyjar” MFY ga kompyuter jamlanmasi hadya qilindi.
Yig‘ilish so‘ngida yoshlar tomonidan berilgan takliflar hamda istaklar ijrosini o‘rganish uchun bir qancha muddatdan keyin qaytadan yig‘ilishga kelishib olindi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling