O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov


Download 463.5 Kb.
bet1/10
Sana13.05.2023
Hajmi463.5 Kb.
#1455702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqillik solnomasi 23 fevral




O’zbekiston Respublikasi Prezidenti





Islom Abdug’aniyevich Karimov.


O’zbekiston xalqi quyidagi yutuqlarni haqli ravishda Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bog’laydi:
Davlat mustaqilligiga erishish va uni mustahkamlash;
Demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi;
O’z taraqqiyot yo’lini aniqlab olish, bozor islohatlarini muvaffaqiyatli o’tkazib borish;
Kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi;
Jamiyatning ma’naviy yangilanishi;
Madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish;
Insoniyat jamiyat kelajagi bo’lgan sog’lom avlod uchun kurash;
Mamlakat xalqaro obro’-e’tiborining oshishi, jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi;
Siyosiy barqarorlikning, fuqarolar osoyishtaligi va mallatlararo hamjihatlikning saqlanib turishi.
O’zbekiston respublikasining davlat bayrog’i.

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi oliy kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan.
Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi, hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’ziga mujassamlashtiradi.
1. Bayroqdagi moviy rang Tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi hayot ramzidir, timsollar tilida bu-yaxshilikni donishmandlikni, halollikni shon – shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi.
2. Bayroqdagi oq rang –muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligini va koinot yoritgichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg’uborlik soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsolidir.
3. Yashil rang - tabiatning yagilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navquronlik, umid va shodumonlik timsoli hisolanadi.
4. Qizil chiziqlar vujudumizdagi jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
5. Navqiron yarimoy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
6. Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ida 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz qadimgi quyosh-yilnomamizga bevosita aloqadordir. Bizning o’n ikkita yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadida qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi o’n ikki yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Download 463.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling