O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov
Download 463.5 Kb.
|
Mustaqillik solnomasi 23 fevral
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – modda. O’zbekiston – suveren demokratik respublika. Dablatning “O’zbekiston Respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi 4 – modda.
- 5 – modda. O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega. 8 – modda.
- 43 – modda. Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlarni va erkinliklarini ta’minlaydi. 64 – modda.
O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi Sessiyasida 1992-yil 8 dekabrda qabul qilingan. 1 – modda. O’zbekiston – suveren demokratik respublika. Dablatning “O’zbekiston Respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi 4 – modda. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf- odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 5 – modda. O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega. 8 – modda. O’zbekiston xalqining millatidan qati’i nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. 31 – modda . Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi.Har bir inson xohlagan dinga e’tibor qilish yoki hech qaysi dinga e’tibor qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi. 37 – modda. Har bir shaxs mehnat qilish, erkinkasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunda ko’rsatilgan boshqa hollardan tashqari mavjburiy mehnat taqiqlanadi. 43 – modda. Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlarni va erkinliklarini ta’minlaydi. 64 – modda. Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota- onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitilishni ta’minlaydi, bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi. 65 – modda. Farzandlar ota- onalarning nasl- nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalaik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 66 – modda. Voyaga yetmagan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota- onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. “Davlat Tili” to’g’risida. (Yangi tahrirda). 1-modda. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. 2-modda. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilini qo’llashdan iborat konistitutsiyaviy huquqlarga moyillik qilmaydi. 3-modda. O’zbek tilining O’zbekiston Respublikasining hududida davlat tili sifatida amal qilinishining huquqiy asoslari ushbu qonun va boshqa qonunlar bilan belgilanib beriladi. Tilning Qoraqalpog’iston Respublikasida amal qilishga bog’liq masalalar shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ushbu qonun tillarning turmushda shaxslararo muomilada hamda diniy ibodat bilan bog’liq udumlari ado etishda qo’llanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomilada tilini o’z xoxishiga ko’ra tanlash huquqiga egadirlar. 4-modda. O’zbekiston Respublikasida Davlat tilini o’rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlar tillatiga izzat-hurmat bilan munosabatda bo’lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o’qitish bepul amalgam oshiriladi. 5-modda. O’zbekiston Respublikasida Davlat tilida faoliyat ko’rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa – ularning tillarida faoliyat ko’rsatadigan maktabgacha tarbiya, bolalar muassasalarini tashkil etish ta’minlanadi. 6-modda. O’zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim tilni erkin tanlash huquqi beriladi. O’zbekiston Respublikasida Davlat tilida shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar texnika, o’rta maxsus va oliy ma’lumotlar olishni ta’minlaydi. 7-modda. Davlat tilu rasmiy qilinadigan doiralarda o’zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o’zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan unga hamma etirof qiladigan ilmiy texnikaviy va ijtimoiy siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlanadi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasida kiyin va Oliy Majlis tegishli qo’mitasining roziligi bilan O’zbek tiliga joriy etildi. 8-modda. O’zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon qilinadi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi. Mahaliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon qilinadi Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahaliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon qilinadi. 9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ish davlat tilida va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi. O’zbekistonda o’tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o’zaro tanlangan tillari anjumanning ish tili hisoblanadi. 10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliyaviy hujjatlar davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko’pchiligi o’zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. 11-modda. Sutlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o’sha joydagi ko’pchilik aholi tilida olib boriladi.Ishda ishtirok etayotgan sud ishlari yuritilayotganda tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan ta’minlash, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so’zlash huquqi ta’minlanadi. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o’rtasidagi nizolarni ko’rib chiqish va hal qilish davlat tilida qo’llaniladi. Xo’jalik nizolari taraflarning roziligi bilan boshqa tillarda ham ko’rib chiqilishi mumkin. 12-modda. O’zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalgam oshiriladi. Fuqarolarning talablariga ko’ra rasmiylashtirilgan hujjat matni davlat natarusi yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo’lgan taqdirda boshqa tilda beriladi. 13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlat shaxsining kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga ko’ra boshqa tillarga tarjimasi takrorlanishi mumkin. 14-modda. O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davklat tashkilotlari va muassasalariga ,jamoat birlashmalariga arizalar,takliflar,shikoyatlar, bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi. 15-modda. O’zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar o’z millatidan qatiy nazar o’z ismini,ota ismi va familiyasi milliy tarixiy an’analarga muofiq yozish huquqiga egadiral. 16-modda. Televidiniya va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilifa ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa boshqa tillarda ham amalgam oshiriladi. 18-modda. Pochta, telegraf jo’natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xoxishlariga ko’ra boshqa tillarda amlga oshiriladi. 19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari,tamg’alari ish qog’ozlarining matnlari davlat tilida bo’ladi. O’zbekiston hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar va qo’shma korxonalarning shunigdek milliy ,madaniy jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg’alari ish qog’ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi. 20-modda. Lavhalar, e’lonlar narx-navolar va boshqa ko’rgazmali og’zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin. 21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar ,yuriqnomalar etikenkalar bilan ta’minlanadi. 22-modda. Respublikaning ma’muriy hududi birliklari, maydonlari, ko’chalari va geografik ob’ektlarning nomlari o’zbek tilida aks ettiriladi. 23-modda. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o’zida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo’lsa davlat tilida va aktlashuvchi tomonning tilida yoziladi. 24-modda.O’zbekiston Respublikasi davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o’zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalgam oshirishga to’sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muofiq javobgar bo’ladilar. Toshkent shahri 1995-yil 21 dekabr. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni. Download 463.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling