O'zbekiston respublikasi profi universitety


emotsional reaktivlik (tashqi ta'sirga javob berish qobiliyati), hissiy


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

emotsional reaktivlik (tashqi ta'sirga javob berish qobiliyati), hissiy 
kechinmalarining chuqurligi, uzoq davom etishi va turg'unligi, ustivorlik 
qiluvchi hislar va ularning ma'lum bir predmetga nisbatanligi bilan 
farqlanadilar. Individning hissiy kayfiyati - butun hayotiy faoliyati tonusining 
ko'rsatkichi hisoblanadi.


110 
Muvaffaqiyatlarga yo'nalgan individlar tezda nufuzli natijalarga olib 
keladigan faoliyat turlarini ma'qul ko'radilar. Ular uchun intilish (da'vo) 
darajasining yuqoriligi, ko'p hollarda esa - o'z-o'ziga tanqidiy yondashish, axloqiy 
printsipiallikdagi kamchiliklar (nuqson) xarakterlidir.
Aksariyat hollarda muvaffaqiyatsizlikdan qochishga yo'nalgan individlar
o'ziga nisbatan talabchanligining yuqoriligi, o'z-o'zini nozik tahlil qilish, qator 
holatlarda esa - xaddan ortiq hadiksirash (jur'atsizlik) va ikkilanuvchanlik kabi 
hislatlar bilan farqlanadi. Ular xulqiy muvaffaqiyatsizliklar, shaxsiy yo'qotishlar 
(boy berishlar) ehtimoli bo'lgan vaziyatlardan imkon qadar qochishga intiladilar. 
Bunday odamlar, boshqa bir jihati, intilish (da'vo qilish) darajasining pastligi bilan 
farqlanadilar. Bir martagina (birinchi marotabayoq) muvaffaqiyatsizlikka duch 
kelish, ularda mazkur faoliyat turiga qiziqishni so'ndirib yuboradi. Ular o'z 
muvaffaqiyatlarini tasodif deb hisoblashga moyil bo'ladilar.
O'zining psixik imkoniyatlarini boholash - shaxsning oliy xarakterli 
xususiyatlaridan 
biridir. 

mazkur 
individ 
uchun 
xarakterli 
bo'lgan, 
hayajonlanishning ma'lum bir darajasi bilan bog'liq. Hayajonlanish darajasi yuqori 
bo'lgan individlar xavfli vaziyatlarga juda sezgir, bunday vaziyatlarda o'z xulqining 
buzilishiga (dezorganizatsiyasiga) moyil bo'ladilar.
Odamning hissiyoti - uning axloqiy pozitsiyalari, or - nomusi va vijdoni, 
o'zini-o'zi ma'naviy nazorat qilish qobiliyati, mazkur shaxs uchun ahamiyatli 
bo'lgan yo'nalishlarga o'z kuch-quvvatini safarbar qilish qobiliyati, barcha 
go'zalliklardan estetik bahra olish va barcha xunuk (nojo'ya)liklarni nafrat bilan 
inkor eta olish qobiliyati kabilar bilan bog'liq.
Individning emotsionalligi uni hissiy jarayonlarining mazmuni, sifati va 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling