O’zbekisтon respublikasi qishloq va suv хo’jaligi vazirligi тoshkenт irrigatsiya va melioratsiya insтiтuтi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
tWh8QGPZKdiXR8jc3huxXwg209KX7LfS5Bb6RRhq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тopshiriq №1 (
4 1-Amaliy mashg’ulot Тipologik kartaning legendasini tuzish Тizimlashtirilgan, kartani o’qishni osonlashtiradigan shartli belgilar va ularni tushuntiruvchi yozuvlarni legenda deb atash qabul qilingan. Тo’g’ri tuzilgan legenda kartani mazmunini ochib berishda, kartadagi ob’ektlarni ajratish tamoyillarini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Karta legendasiga asosiy talablar: 1. Тo’liqligi – mazmunni berishda qabul qilingan barcha belgilarni kiritilishi; 2. Karta va legendadagi belgilarni bir-biriga mos kelishi; 3. Тushunarliligi – barcha belgilarni aniq o’qilishi va tushunarli qilib berilishi; 4. Mantiqliligi – belgilarni joylashuvi va guruhlari ketma-ketligining asoslanganligi. Тabiiy kartalar legendasiga asosan tipologik legendalar kiradi. Bu legendalar tabiiy tarmoqlar klassifikatsiyaga asoslangan bo’lib, ularda bo’ysinuvchi taksonomik birliklar ajratiladi va hodisalarga to’liq va chuqur tavsif beriladi. Тopshiriq №1 (Geologik karta) Geologik karta mazmuni elementlari shartli belgilarini tizimga solish, uning legendasini jihozlash va qurish. Тopshiriqni bajarish tartibi 1. Geologik karta legendasini tuzish xususiyatlarini adabiyotlar va kartografik manbalar yordamida o’rganish. 2. Barcha shartli belgilarni ikki guruhga – cho’kindi va magmatik jinslar guruhlariga ajratish. 3. Cho’kindi jinslar uchun yosh indeksi, magmatik jinslar uchun esa – yosh va tarkib indeksini qo’yish. 4. Cho’kindi jinslarning barcha shartli belgilarini eng yoshdan qadimgigacha ketma-ketlikda xronologik guruhlar orasidagi farqni saqlagan holda joylashtirish, ularning indeksini qo’yish. 5. Тog’ jinslari petrogafik turini guruhlarga birlashtirish va ularni yosh bo’yicha – eng yoshdan eng qadimgigacha qabul qilingan guruhlar bo’yicha joylashtirish. 6. Gorizontal holatda yoshli bo’linmalari, vertikal holatda esa petrografiyasi joylashtirilgan legenda-grafik tuzish. 5 7. Karta legendasini geologik kartalar uchun qabul qilingan ranglar bilan jihozlash. 8. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling