O’zbekisтon respublikasi qishloq va suv хo’jaligi vazirligi тoshkenт irrigatsiya va melioratsiya insтiтuтi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
tWh8QGPZKdiXR8jc3huxXwg209KX7LfS5Bb6RRhq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Amaliy mashg’ulot Тurli manbalar bo’yicha avtorlik originallarini tuzishning texnik usullari
Kartalar va atlaslar
1. O’rta Osiyo va O’zbekistonning tabiiy geografiyasi atlasi. – Т.: Тoshkent kartografiya fabrikasi, 2002. 2. Materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasi atlasi. – Т.: Тoshkent kartografiya fabrikasi, 2002. 3. Geologicheskaya karta mira. – M.: Izd. GUGK, 1964. 8 4. Atlas mira. Amerika. 3-ye izd. – M.: Izd. GUGK, 1987. – 76 s. 5. Atlas mira. Zapadnaya Yevropa. 3-ye izd. – M.: Izd. GUGK, 1987. – 70 s. 6. Atlas mira. Aziya. – M.: Izd. GUGK, 1987. – 60 s. 7. Atlas mira. Afrika. – M.: Izd. GUGK, 1987. – 40 s. 8. Fiziko-geograficheskiy atlas mira. – M.: Izd. GUGK, 1964. – 241 s. 9. Atlas geograficheskiy spravochnыy. – M.: Izd. GUGK, 1987. – 247 s. 10. Atlas yunogo krayeveda Novosibirskoy oblasti. – M.: Izd. GUGK, 1987. – 32 s. 9 2-Amaliy mashg’ulot Тurli manbalar bo’yicha avtorlik originallarini tuzishning texnik usullari Kartaning dastlabki, qulda tayyorlangan originali avtorlik originali deyiladi. U zamonaviy kartografik asosda tuzilgan va karta mazmuni, masshtabi, hamda hududning o’rganilganlik darajasi geografik jihatdan ishonchli va aniq bo’lishi kerak. Agar ularning geografik aniqligi past va eskirgan usullarda tuzilgan sxema shaklida bo’lsa, ular original emas, maket yoki eskiz deb ataladi. Murakkab mavzuli kartalarni tuzishda, ayniqsa bir nechta avtorlar birgalikda tuzganda va ma’lumotlar turlicha sifatga ega bo’lgan manbalardan olinganda, jamlangan avtorlik originali kartograf tomonidan avtor yoki avtorlik jamoasi bilan hamkorlikda tuziladi. Bunda kartograf turli manbalardagi ma’lumotlarni tanlab olishda, ishni aniqligini oshirishda maksimallikni ta’minlashi kerak. Avtorlik originallarini tuzishda kartografik asos avvalroq umumgeografik karta yordamida tuzib olinadi. Keyin unga turli usullardan foydalangan holda manbalardan kerakli mazmunlar kiritiladi. 1. Kartadan chiroqli stol yordamida nusxa ko’chirish. Bu usul original asos bilan karta masshtabi va proyeksiyasi bir xil bo’lganda qo’llaniladi. 2. Optik proyektor yordamida nusxa olish. Bu masshtabni kichraytirish zaruriyati bo’lgan qo’llaniladi. 3. Asos va manbalar turli masshtab va proyeksiyalarda bo’lganda, ularni optik transformator yordamida bir masshtabga keltirish yoki eski usulda meridian va parallellarga mos keluvchi to’r bo’yicha tuzib chiqish. 4. Geografik asosga manbalardagi va original asosdagi ma’lum nuqtalarni, ob’ektlar, hamda konturlarni ketma-ket joylashtirish. Odatda bunday nuqtalar qirg’oq va daryolarning aniq burilgan, irmoqlar qo’shiladigan joylar bo’ladi. 5. Sxematik kartalar va avtorlik eskizlaridagi tasvirlarni aniqlashtirish uchun kartalashtirilayotgan hodisalar bilan joyning topografik elementlari o’rtasida aloqa o’rnatiladi (gidrografiyasi, relefi, o’rmonlar chegarasi va b. o’rtasida). Avtor tomonidan sxematik belgilangan chegara chiziqlari kontur-indikator bo’yicha aniqlashtiriladi. 6. Kam o’rganilgan rayonlar kartasini tuzish uchun alohida muhim maydonlar, marshrutli s’emkalar, profillar va tavsiflar shaklidagi manbalar qo’llanilishi mumkin. Bunda turli xildagi ma’lumotlar mufassal asos ustiga qo’yiladi va tabiiy kartaga mazmun bo’yicha muvofiqlashtiriladi. Ko’pincha indikatsion joylashtirish va geografik o’xshashlik uslublari keng qo’llaniladi. 7. Yaqin joylashgan oriyentirlar bo’lmagan hollarda grafik triangulyatsiya uslubi qo’llaniladi. 10 Karta tuzish xususiyatlari foydalaniladigan manbalarga bog’liq. O’rganilmagan hududlarni tasvirlashda qonuniyatlarga asoslangan holda gipotetik usul yoki o’xshashlik uslubi qo’llaniladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling