18
Тopshiriq
Shimoliy Qozog’iston hududi uchun 1:5 000 000 ilmiy-ma’lumotnomali
tuproq kartasini tuzish.
Тuzish manbasi – Shimoliy Qozog’istonning 1:2 500 000
masshtabdagi
tuproq kartasi. Тuzish usuli–tuproq konturlarini geografik asosga relef va
gidrografik tarmoq bilan joylashtirish. Yordamchi material:
hududning tuproq
qoplami tavsifi, 1:2 500 000 masshtabli gipsometrik karta.
Тuproq kartasini tuzish bo’yicha ko’rsatma
Тuproq areallarini ajratishda, karta mazmunidan kelib chiqib, quyidagi senzli
ko’rsatkichlar beriladi: zonal tipdagi tuproqlar uchun – 6-8 mm
2
; intrazonal
tuproqlar uchun, agar cho’zilgan shaklda bo’lsa, - 3-4 mm
2
, kengligi 0,5 mm
oshmasligi kerak. Areallarni soddalashtirib, tuproq turlarini chegaralarini geografik
asosdagi relef va gidrografik tarmoq bilan muvofiqlashtirish zarur. Тuproq
areallarini tasvirlashda ularni asl shaklini saqlab qolish kerak.
Ammo zarur
bo’lganda areallarni kengligini 0,5 mm dan oshirish mumkin.
Konturlar ajratilib, tuproqlarning mexanik tarkibi shtrixlanadi.
Maxsus
mazmunni tuzishda eng avval daryo va ko’llar atroflaridagi konturlar ajratiladi.
Shundan so’ng qolgan chegaralar o’tkaziladi. Oxirida tuproq indekslari qo’yib
chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: