14
ishlab chiqish; v) tanlab olishning senzli ko’rsatkichlarini
asoslash; g) karta
tuzilayotganda karta-manba legendasi va mazmunini umumlashtirish.
4. Karta legendasini tuzish.
5. Тuzilgan kartada hududning geologik
xususiyatlaridan kelib chiqib, tog’
jinslarini stratigrafik ketma-ketlikda joylashtirish.
6. Legendani, geologik
chegaralar chiziqlarini, tog’ jinslari indekslarini
qora
tush bilan chizib, kartani jihozlash. Karta va legendani geologik kartalar
uchun qabul qilingan ranglar bilan buyash.
Тopshiriq
1:1000 000 masshtabda geologik karta tuzish.
Тuzish manbasi – 1:200 000 masshtabdagi geologik karta avtorlik originali.
Тuzish usuli – fotomexanik. Yordamchi material: hududning geologik tavsifi.
Geologik karta tuzish bo’yicha ko’rsatma
Kartani tuzishda asosiy e’tibor geologik tuzilishni
tasvirlashda imkoni
boricha uning to’liqligi va detalligini ta’minlashga qaratilishi kerak. Shu sababli
mazmun elementlarini saralab olishda minimal senz ko’rsatkichlariga e’tibor
qaratish lozim.
Saralab olishning senzli ko’rsatkichlari: a) alohida
burmalar uchun karta
masshtabida 2 mm dan kam emas, shuningdek burmalarni tugash joylari uchun 0,5
mm dan kam bo’lmasligi; b) alohida chiqib qolgan tub jinslar uchun – 2 mm
2
kam
bo’lmasligi, izometrik formalarda esa 3-4 mm
2
kam bo’lmasligi; v) uzilmalar
uchun –
karta
masshtabida 3 mm; to’rtlamchi davr jinslari uchun 2 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: