15
20. Atlas yunogo krayeveda Novosibirskoy oblasti. – M.: Izd. GUGK, 1987.
– 32 s.
21. Geologicheskaya karta mira. – M.: Izd. GUGK, 1964.
22. Mestorojdeniya poleznыx iskopayemыx mira. – M.: Izd. GUGK, 1951.
2. Geomorfologik kartalar
Relefning morfologiyasi,
vujudga kelishi, yoshi va relef hosil qiluvchi
jarayonlarni tasvirlovchi kartalarga geomorfologik kartalar deyiladi. Relefni to’liq
xususiyatlari bo’yicha geomorfologik kartalarni alohida
va umumiy kartalarga
ajratish mumkin; mazmunini umumlashganlik darajasiga ko’ra – analitik va
sintetik kartalarga ajratish mumkin.
Alohida geomorfologik kartalarda (ular analitik ham deyiladi)
relefning
alohida shakllari yoki shakl elementlarining bir nechta belgilari ko’rsatiladi va
ularning har biri kartada o’zining usuli bilan beriladi.
Umumiy geomorfologik kartalarda (sintetik kartalar) relefning morfologiya,
genezis va yoshi kabi asosiy ko’rsatkichlari jamlanmasi ko’rsatiladi.
Umumiy geomorfologik kartalar ikki xil –
geomorfologik rayonlar va
tipologik bo’lishi mumkin.
Geomorfologik
rayonlashtirish
kartalarida
bir-biriga
bo’ysinuvchi
rayonlarda bir hududni boshqa ajratib turuvchi individual belgilari beriladi.
Тipologik kartalarda qonuniyatlar asosida takrorlanuvchi hudud relefining
genetik tipini aniqlovchi xususiyatlar tasvirlanadi. Masshtabdan qat’iy
nazar
kartalashtirish ob’ekti bo’lib, relef shakllari, qismlari va boshqalar tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: