17
12. Atlas mira. Aziya. – M.: Izd. GUGK, 1987. – 60 s.
13. Atlas mira. Afrika. – M.: Izd. GUGK, 1987. – 40 s.
14. Fiziko-geograficheskiy atlas mira. – M.: Izd. GUGK, 1964. – 241 s.
15. Atlas geograficheskiy spravochnыy. – M.: Izd. GUGK, 1987. – 247 s.
16. Atlas yunogo krayeveda Novosibirskoy oblasti. – M.: Izd. GUGK, 1987.
– 32 s.
3. Тuproq kartalari
Тuproq kartalari tuproqlarning geografik tarqalishini ko’rsatish,
tuproq
qoplami qonuniyatlarini aniqlash va yer resurslarini
hisobga olish maqsadida
tuziladi. Тuproq kartalari agrotexnik va meliorativ
tadbirlar yordamida tuproq
unumdorligini oshirish va qishloq xo’jaligida ratsional
foydalanishda tuproqlarni
baholash imkonini beradi.
Тuproq kartalarida tuproqning taksonomik birliklari – tipi,
kichik tipi, turi,
xili va hk. tasvirlanadi. Тuproqlarning genetik klassifikatsiyasida
asosiy birlik
sifatida tip qabul qilingan.
Тuproq tiplari kichik tiplarga bo’linadi. Bitta tipga kiruvchi kichik tiplar tip
bilan yagona genetik qatlamda yotadi, ammo ulardan bittasi yoki bir nechtasi ta’sir
etuvchi jarayonli belgilarga ega bo’ladi.
Тuproq tiplari va kichik tiplari tuproq xillariga bo’linadi.
Ular tiplardan
miqdor ko’rsatkichlari bo’yicha farq
qiladi va intensivlik darajasi,
tuproq hosil
bo’lish jarayoni, hamda tuproq profilining rivojlanishi darajasi turlicha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: