20
Тuzish manbasi – Janubiy Irkutskning 1:2 000 000 masshtabdagi o’simlik
kartasi. Тuzish usuli – optiko-mexanik, o’simlik konturlarini geografik asosga relef
va gidrografik tarmoq bilan joylashtirish. Yordamchi material: hududning o’simlik
qoplami tavsifi, 1:2 500 000 masshtabli gipsometrik karta.
O’simlik kartasini tuzish bo’yicha ko’rsatma
Kartaning ilmiy-ma’lumotnomali
mazmunidan kelib chiqib, o’simlik
kartalarini tuzishda saralab olishning quyidagi senzli ko’rsatkichlarni qo’llash
mumkin: tub o’simlik birlashmalarini ko’rsatishda – 4-6 mm
2
(minimal senz – 2
mm
2
); ikkilamchi o’rmonlar uchun – 6-8 mm
2
. daryo vodiylarida tarqalgan
o’simlik areallari uchun – 2-3 mm
2
, kengligi 0,5 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Areallarni saralab olishda taksonomik kategoriyalar mazmunini hisobga olish zarur.
Areallar chegaralarini o’tkazishda ularni gidrografik
tarmoq va relefga mos
kelishini ta’minlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: