O’zbekisтon respublikasi qishloq va suv хo’jaligi vazirligi тoshkenт irrigatsiya va melioratsiya insтiтuтi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana15.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1008300
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
tWh8QGPZKdiXR8jc3huxXwg209KX7LfS5Bb6RRhq

Тopshiriqni bajarish tartibi 
 
1. Тasvirlanayotgan hudud geomorfologiyasini adabiyotlar va kartografik 
manbalar yordamida o’rganish. 
2. Karta-manbani legendaga mos holda buyash. 
3. Redaksion ko’rsatma yozish, unda: a) karta mazmunidan kelib chiqib, 
geomorfologik tuzilishni tasvirlashda kartani masshtabi va hududning o’ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish; b) tuzilayotgan karta va uning legendasini qayta 
ishlab chiqish; v) tanlab olishning senzli ko’rsatkichlarini asoslash; g) karta 
tuzilayotganda karta-manba legendasi va mazmunini umumlashtirish. 
4. Karta legendasini tuzish. 
5. Generalizatsiya yo’li bilan berilgan masshtabda kartani fragmentini 
tuzish. 


16 
6. Legendani, geomorfologik chegaralar chiziqlarini, geografik asosni qora 
tush bilan chizib, kartani jihozlash. Karta va legendani geomorfologik kartalar 
uchun qabul qilingan ranglar bilan buyash. 
Тopshiriq
1:200 000 va 1:500 000 masshtablarda geomorfologik kartalar fragmentini 
tuzish.
Тuzish manbasi–1:50 000 masshtabdagi geomorfologik karta. Тuzish usuli–
fotomexanik. Yordamchi material: hududning geomorfologik tavsifi. 
Geomorfologik karta tuzish bo’yicha ko’rsatma 
Тuzish ishlari karta-manbadan turli darajada maydalashtirilib olingan 
havorang bosma qog’ozda olib boriladi. Тuzishda relef shakllarini saralab olishda 
mumkin bo’lgan senzli ko’rsatkichlardan nisbatan kamrog’ini tanlash zarur. 
Maydon ko’rinishi izometrik bo’lganda – 1 mm
2
, izometrik bo’lmaganda – 2-3 
mm
2
bo’lishi kerak. Cho’zilgan konturlarning minimal kengligi 0,5 mm dan kam 
bo’lmasligi zarur. Geomorfologik chegara chiziqlari qalinligi 0,1 mm; qolgan 
barcha chegaralar – 0,2 mm bo’lishi kerak. 
Kartada vodiylarning minimal uzunligi: 1:200 000 masshtabda-2 mm, 1:500 
000 masshtabda-3 mm va 1:1 000 000 masshtabda 5 mm bo’lishi lozim. 
Relefni shakllanishini ko’rsatishda geomorfologik kartalar uchun qabul 
qilingan ranglardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kelib chiqishi endogen 
bo’lgan relef shakllari – to’q qizil, flyuvial relef shakllari – yashil, gravitatsion 
shakllar – jigarrang, muzlik relef shakli – ko’k-binafsha, eol relef shakllari esa 
sariq rangda berilgani ma’qul. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling