O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


MAVZU: GENERATIV A’ZOLAR. GUL VA TO‘PGULLAR


Download 101.82 Kb.
bet21/57
Sana20.12.2022
Hajmi101.82 Kb.
#1035466
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован

MAVZU: GENERATIV A’ZOLAR. GUL VA TO‘PGULLAR


Reja:

  1. Generativ organlarning kelib chiqishi.

  2. Gulning tuzilishi.

  3. Gul qismlarining tuzilishi va vazifasi.

  4. To‘pgullar va ularning klassifikatsiyasi.

Adabiyotlar: 1, 3, 6.


    1. Generativ organlarning vazifasi o‘simliklarni jinsiy ko‘payishiga xizmat qilishdir. Evolyutsi- yaning dastlabki bosqichlarida generativ organlar vazifasini bir hujayrali gameta bajargan bo‘lsa yuksak o‘simliklargacha ma’lum evalyutsion bosqich bosib o‘tilgan. Кanyugatlar, diatom suv o‘tlari, bazidiyaali zamburug‘larda jinsiy ko‘payish organi yo‘q. Saprolegniya zamburug‘ida ogoniy va anter- idiy hosil bo‘lgan bo‘lsa, xaltachali zamburug‘lar, lishayniklarda arxegoniy hosil bo‘ladi. Moxsimon- larda, paporotniklarda jinsiy ko‘payishga xizmat qiluvchi arxegoniy va anteridiy hosil bo‘lgan.

Gul yuksak o‘simliklar uchun xos bo‘lib evalyutsion taraqqiyotning so‘ngi bosqichida vujudga kelgan. Gul - shakli o‘zgargan, o‘sishi chegaralangan spora hosil qilishga xizmat qiladigan organ hisoblanadi. Gulning taraqqiyoti natijasida changlanish jarayonidan keyin otalanish natijasida tuxum hujayrasi rivojlanib urug‘ va meva hosil bo‘ladi.

    1. Gul kelib chiqishiga ko‘ra o‘zgargan novda bo‘lganidan barg va poya kelib chiqish xususiyatiga egadir. Poya qismiga gul bandi va gul o‘rni kirsa barg kelib chiqishiga ega bo‘lgan qismlariga gulkosa- barg gultojibarg, urug‘chi va changchilar kiradi.

Yuqoridagi qismlar o‘ziga xos vazifani bajarish xususiyatiga ega. Gul bandi poyaning davomi bo‘lib, ayrim o‘simliklarda o‘z rivojlanishini tezda to‘xtatsa (olma, o‘rik, shaftoli) ko‘pchilik o‘simliklarda meva pishgungacha o‘sishni davom ettiradi.
Gul o‘rnida barcha gul qismlari joylashgan bo‘ladi. Ularning joylanishiga qarab gullarni uch guruhga bo‘lish mumkin.

  1. Siklik gullar (sabzida)

  2. Asiklik gullar (magnoliya)

  3. Gemisiklik gullar (ayiqtovonda)

Siklik gullarda gul qismlari doira hosil qilib joylashadi. Doiralar soni ayrim gullarda 1 ta bo‘lsa ay- rimlarida 16 tagacha bo‘ladi, bunday gullar sabzi gulini tuzilishida yaxshi ifodalangan.
Asiklik gullarda gulkosa va gultojibarglar speral hosil qilib joylashadi. Masalan: Magnoliyada.
Gemisilik gullarda gulkosa va gultojibarglar doira hosil qilib joylashsa, changchi va urug‘chilar speral hosil qiladi. Masalan: ayiqtovon gulida. Gul o‘rnida gul qismlarning joylanishi ma’lum qonuni- yatga amal qiladi. Gulkosa va gultojibarglar gulni muhafoza qilishga xizmat qilsa, changchilar yig‘indisi androseyni, urug‘chilar yig‘indisi gineseyni hosil qiladi.
Gulkosa va gutojibarglar gul qavatlarini tashkil qiladi, gulda ham gulkosa, ham gultoji bargi bo‘lsa ikki qavatli, gulda yoki gulkosacha yoki gultoji barg bo‘lsa bir qavatli gullar deyiladi.
Bir qavatli gullar ayrimlari gulkosabargli (lavlagi, shavel) va gultojibargli (lola) bo‘ladi.
Gultojibarglar - gulning ikkinchi qoplamini hosil qiladi. Ularning rangi xromoplastalar va hujayra shirasi pigmentlarga bog‘liqdir. Hujayra shirasi tarikibidagi axtosian va antoxlor pigmentlari kislotali va ishqoriy muhitga bog‘liq holda o‘z rangini nomoyon qiladi. Gul tekisligi tuzilishiga qarab gullarni 3 guruhga ajratish mumkin.

Download 101.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling