O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
Download 101.82 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован
Dixogamiya - bu bita gulda changchi va urug‘chilarning bir vaqtda yetilmasligidir. Кo‘pchilik sha- roitlarda changchi oldin yetiladi. Bunday holatni labguldoshlarda, butguldoshlarda, ituzumdoshlarda kuzatish mumkin.
Geterostiliya - bir turga kiruvchi o‘simlikning har xil uzunlikdagi changchi va urug‘chilarni hosil qilishiga aytiladi. Masalan: grechixa, xina daraxtida. Changning unish qobiliyatini saqlashi turli o‘simliklarda turlichadir. Masalan: Shoyigulning changchisi 60-65 kun, optimal sharoitda saqlansa 140 kundan keyin ham una oladi. Lola, pion changchi 65 - 150 kun, smorodinada 35 - 117, olma, nokda 70 - 210, olchada 30 - 100, olxo‘rida 180-220, kungaboqar 100 kun palma changchi 10 yil hayotini saqlay oladi. G‘allaguldoshlar oilasi vakillari 2 kun, makkajo‘xorida 1 - 2 kun, grechixada 7-10 kun, chang donachasini hayot kechiri- shi aniqlangan. Gibridlash -deb turli tur, navdagi o‘simliklarni chatishtirish asosida olingan naslga aytiladi. Gibrid urug‘dan o‘stirilgan o‘simliklar gibrid o‘simlik deyiladi. Gibrid o‘simliklarni tabiiy va sun’iy yo‘l bilan hosil qilishi mumkin. Tabiiy gibridlash o‘simliklarning tabiiy chatishishi asosida ro‘y bersa, sun’iy chatishtirish inson faoliyati ishtirokida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda sun’iy chatishtirish asosida 100 lab madaniy o‘simliklar yaratilgan. Urug‘lanish jarayoni, gulli o‘simliklarda murakkab jarayonlar qatoriga kirib changlanish jarayon- idan keyin ro‘y beradi. Otalanish jarayoni erkak va urg‘ochi gametalarining bir biri bilan qo‘shilishi asosida zigotani hosil qilish bilan tugallanadi. Changning unishi otalanishgacha bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi. Urug‘chi tumshuqchasi changni qabul qilishga tayyorlanib o‘zidan maxsus suyuqlik ajratib chiqaradi. Bu yopishqoq suyuqlik changni faqat tutib qolmasdan chang unishini tezlashtirib, uni namlab unishga majbur qiladi. Ekzina qavatidan chang ichiga kirgan namlik intinani tumshuqchadan urug‘chi trubkasiga o‘sib ki- ritadi.Chang trubkasida harakatlanayotgan generativ hujayra 2 ta spermiya hosil qiladi. Chang nayining uzunligi ayrim o‘simliklarda 25 - 35 sm tashkil qilsa, ayrim o‘simliklarda 1 smgacha bo‘ladi. Chang nayining o‘sish tezligi har xildir. Masalan: makkajo‘xorida 6,25 mm/s, gulsafsarda 4 mm/s, qoqio‘tda esa 35 mm/s. Changlanish jarayonida onalik tugunchasiga ba’zan 1 ta, ba’zan cheksiz miqdorda chang o‘sib kiradi. Agar gul 1 ta urug‘ kurtak hosil qilsa 1 ta chang, ko‘p urug‘ kurtak hosil qilsa ko‘p chang o‘sib kiradi. Urug‘ kurtakka yetib kelgan chang nayi urug‘kutrak qopchasida yorilib 2 ta sperma hosil qiladi. Bu spermaning bittasi tuxum hujayrani otalantirsa, ikkinchisi markaziy hujayrani otalantirardi. Bu hod- isa bir vaqtning o‘zida parallel ro‘y beradi. Shuning uchun bu jarayon qo‘sh urug‘lanish jarayoni deyiladi. Bu jarayon yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xos bo‘lib boshqa o‘simliklarda kuzatilmaydi. Tumshuqchaga tushgan changning urug‘ kurtakka yetib borishi turlicha bo‘ladi. Masalan: qoqio‘tda 15-45 minut, zubturumda 3-4 soat, guruchda 12-14 soat, qayinda bir necha oy, emanda 12-14 oy gacha boradi. O‘simliklarda gullash davri qanday kechadi? Savollar: Changlanish jarayoni deganda nimani tushunasiz? Urug‘lanish jarayoni nima? Gibrid avlod deganda nimani tushunasiz? Qo‘sh urug‘lanish jarayoni nima? Download 101.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling