Reja:
Urug‘ haqida tushuncha.
Urug‘ning tuzilishi.
Urug‘lardan foydalanish.
Meva haqida tushuncha.
Mevalarning klassifikatsiyasi.
Adabiyotlar: 1, 3.
Urug‘ deb o‘simliklarning tarqalishiga, ko‘payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug‘ urug‘ kurtakda ro‘y bergan qo‘sh urug‘lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo‘ladi. U o‘zida bo‘lg‘uvchi o‘simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo‘ladi. Bu qismlar qo‘sh urug‘lanish jarayonidagi tuxum hujayraning otalanishidan hosil bo‘lsa, zahira oziq moddalar to‘planadigan epdosperm markaziy hujayraning otalanishidan hosil bo‘ladi. Urug‘ po‘sti urug‘kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo‘ladi.
Tabiatda urug‘lar turli - tumandir. Ularning og‘irligi milligramdan 15 kg gacha bo‘ladi (palma).
Urug‘ning shakli, o‘lchami, rangi turlichadir. Har qanday urug‘ quyidagi qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Urug‘ po‘sti, murtak va zahira oziq moddalar saqlanuvchi qism. Zahira oziq modda- larning saqlanishiga qarab urug‘larni uchta guruhga ajratish mumkin.
Endospermli urug‘lar. 2. Endospermsiz urug‘lar. 3. Perisperimli urug‘lar.
Endospermsiz urug‘larning tuzilishi. Endospermsiz urug‘lar ikki pallali o‘simliklar uchun xos bo‘lib (dukkakdoshlar, murakkabguldoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, atirguldoshlar) quyidagi qismlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Urug‘ po‘sti. 2. Murtak. 3. Urug‘palla
Urug‘ po‘sti, urug‘ kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Ikki pallalilarning urug‘ po‘sti ayrimlarida tericha, ayrimlarida parda, ayrimlarida yogochlangan bo‘ladi (uzum).
Urug‘ po‘stining rangi oq, qo‘ng‘ir,, qizil va qora ranglarda bo‘lishi mumkin. Urug‘ po‘stining yu- zasi silliq yoki g‘adir - budir (no‘xat) tukchali (g‘o‘za, terak, qoqio‘t) bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar urug‘larning tarqalishiga va tuproqqa joylashib olishga xizmat qiladi. Murtak urug‘nig asosiy qismi hisoblanadi. U otalangan tuxum hujayraning rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Murtakda, murtak kurtak- chasi, murtak ildizchasi joylashgan bo‘lib, uning rivojlanishi-dan bargli poya va o‘q ildiz hosil bo‘ladi. Urug‘larda zahira oziq moddalar to‘planib u o‘simlikning birinchi bargi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |