Korxonalar faoliyatining asosiy mezoni bo’lib, mavjud mulklardan samarali
foydalanish orqali ko‟proq daromad va foyda olish hisoblanadi. Bunday natijaga har
qanday xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt mamlakatda qabul qilingan Qonunlar va qonunosti
me‟yoriy hujjatlar talablariga to‟liq amal qilgan holda erishishi zarur. Xo‟jalikning
faoliyatida sodir bo‟lgan operasiyalarning ushbu talablarga mos kelish-kelmasligini
doimiy ravishda nazorat tekshiruvidan o‟tkazilib turilishi talab etiladi. Ushbu vazifa
davlat nazorati, iqtisodiy nazorat, moliyaviy nazorat, bank nazorati, ichki va tashqi
nazorat, hamda auditorlik nazorati orqali amalga oshiriladi. Ushbu nazorat turlari
orasida auditorlik nazorati muhim o‟rinni egalaydi. Mazkur nazoratning mazmun -
mohiyatini yoritish bizning ob‟yektimiz bo‟lib hisoblanadi.
Audit deganda nima tushiniladi?«Audit» so‟zining ma‟nosi adabiyotlarda turlicha
talqin qilinib, kelingan. Ayrimlarida u lotin tilidan olingan bo‟lib, «U eshitadi»,
«Eshitaman» degan ma‟noni, boshqa birlarida esa ingliz tilidan olingan bo‟lib, «U
yordam beradi», «Ko‟maklashadi» degan ma‟noni bildiradi, deb ko‟rsatilgan. Bulardan
tashqari audit so‟zi «Tekshiradi», «Taftish qilish» degan ma‟noni bildiradi deb qayd
qilingan fikrlar ham mavjud.
Ma‟lum ma‟noga ega bo‟lgan ushbu so‟zlar shaklan bir-biridan farq qilsa ham, ular
mazmunan bir-biriga yaqin, bir-birini to‟ldiruvchi so‟zlardir. Faoliyat to‟g‟risidagi
ma‟lumotlarni eshitib, ko‟rib, tekshirishdan o‟tkazib, nuqson-kamchiliklarni aniqlab,
ularni tugatish yo‟llarini ko‟rsatish orqali ko‟maklashish o‟ziga xos bo‟lgan audit
faoliyati bo‟lib hisoblanadi.
Audit bugungi kunda maxsus kasb, faoliyat turi va fan tariqasida tan olingan.
Audit deganda korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy holatini va u bilan bog‟liq
bo‟lgan moliyaviy axborotlarni tekshirish va iqtisodiy tahlil etish hamda ular asosida
xulosa va tavsiyalar berish usuli tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |