O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Auditorlik faoliyati degan qanday faoliyat tushuniladi?


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

Auditorlik faoliyati degan qanday faoliyat tushuniladi?Auditorlik faoliyatining 
mazmun mohiyati O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi 
Qarori bilan tasdiqlangan «O‟zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati 
to‟g‟risida»gi Qonunda batafsil aks ettirilgan. Ushbu Qonunning 2-moddasida 
auditorlik faoliyatiga quyidagicha ta‟rif berilgan: «Auditorlik faoliyati deganda 
auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‟tkazish va boshqa shu bilan 
bog‟liq professional xizmatlar ko‟rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi». 
Ushbu ta‟rifdan ma‟lumki, auditorlik faoliyati auditorlik tekshiruvi bilan professional 


59 
xizmat ko‟rsatishlarni o‟z ichiga oladi. Auditorlik tekshiruvi tadbirkorlik faoliyati 
bo‟lib, moliyaviy hisobot va u bilan bog‟liq bo‟lgan moliyaviy axborotlarning qonun-
qoidalariga mosligini tekshirib, xulosalar chiqarish hisoblanadi. 
15.2.Auditning maqsadi va vazifalari.. Auditorlik faoliyatining rivojlanish 
bosqichlari. 
Auditning maqsadi-xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning moliyaviy hisoboti va u bilan 
bog‟liq bo‟lgan moliyaviy axborotlarini tekshirish asosida, ulardagi ma‟lumotlarning 
Qonun va qonunosti hujjatlari talablariga mos kelish-kelmaslik holatini aniqlash hamda 
xo‟jalik faoliyati samaradorligini oshirish va buxgalteriya hisobini takomillashtirish 
bo‟yicha taklif va tavsiyalar berishdan iboratdir.
Auditning vazifalari. Audit o‟z maqsadiga quyidagi vazifalarni amalga oshirish 
orqali erishadi: 
1.Harakatdagi Qonunlar, Nizomlar va boshqa meyoriy hujjatlarga xo‟jalik faoliyatini 
yuritishda amal qilinayotganligini tekshirish; 
2.Xo‟jalikda mavjud bo‟lgan mol-mulkdan maqsadli foydalanish darajasini 
tekshirish; 
3.Byudjetga tegishli bo‟lgan soliqlarning hisoblanishi va o‟tkazilishining to‟g‟riligini 
tekshirish; 
4.Debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‟yicha o‟zaro hisob-kitoblarning to‟g‟riligini 
tekshirish; 
5.Buxgalteriya hisobi schyotlarining yuritilish holatining to‟g‟riligini tekshirish; 
6.Moliyaviy hisobotning to‟g‟ri tuzilganligini va undagi ma‟lumotlarning 
haqqoniyligini tekshirish va baho berish; 
7.Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish
8.Biznes-rejani tuzish va buxgalteriya hisobini yuritish bo‟yicha maslahat va 
tavsiyalar berish. 
Auditorlik faoliyati uch rivojlanish bosqichini o‟z ichiga oladi.Bular quyidagilardir: 
1.Tasdiqlovchi audit; 
2. Maqsadli sistemali audit; 
3.Tavakkalchilikka asoslangan audit. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling