O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Korxonalar faoliyatining asosiy mezoni bo’lib


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

Korxonalar faoliyatining asosiy mezoni bo’lib, mavjud mulklardan samarali 
foydalanish orqali ko‟proq daromad va foyda olish hisoblanadi. Bunday natijaga har 
qanday xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt mamlakatda qabul qilingan Qonunlar va qonunosti 
me‟yoriy hujjatlar talablariga to‟liq amal qilgan holda erishishi zarur. Xo‟jalikning 
faoliyatida sodir bo‟lgan operasiyalarning ushbu talablarga mos kelish-kelmasligini 
doimiy ravishda nazorat tekshiruvidan o‟tkazilib turilishi talab etiladi. Ushbu vazifa 
davlat nazorati, iqtisodiy nazorat, moliyaviy nazorat, bank nazorati, ichki va tashqi 
nazorat, hamda auditorlik nazorati orqali amalga oshiriladi. Ushbu nazorat turlari
orasida auditorlik nazorati muhim o‟rinni egalaydi. Mazkur nazoratning mazmun - 
mohiyatini yoritish bizning ob‟yektimiz bo‟lib hisoblanadi. 
Audit deganda nima tushiniladi?«Audit» so‟zining ma‟nosi adabiyotlarda turlicha 
talqin qilinib, kelingan. Ayrimlarida u lotin tilidan olingan bo‟lib, «U eshitadi», 
«Eshitaman» degan ma‟noni, boshqa birlarida esa ingliz tilidan olingan bo‟lib, «U 
yordam beradi», «Ko‟maklashadi» degan ma‟noni bildiradi, deb ko‟rsatilgan. Bulardan 
tashqari audit so‟zi «Tekshiradi», «Taftish qilish» degan ma‟noni bildiradi deb qayd 
qilingan fikrlar ham mavjud. 
Ma‟lum ma‟noga ega bo‟lgan ushbu so‟zlar shaklan bir-biridan farq qilsa ham, ular 
mazmunan bir-biriga yaqin, bir-birini to‟ldiruvchi so‟zlardir. Faoliyat to‟g‟risidagi 
ma‟lumotlarni eshitib, ko‟rib, tekshirishdan o‟tkazib, nuqson-kamchiliklarni aniqlab, 
ularni tugatish yo‟llarini ko‟rsatish orqali ko‟maklashish o‟ziga xos bo‟lgan audit 
faoliyati bo‟lib hisoblanadi. 
Audit bugungi kunda maxsus kasb, faoliyat turi va fan tariqasida tan olingan
Audit deganda korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy holatini va u bilan bog‟liq 
bo‟lgan moliyaviy axborotlarni tekshirish va iqtisodiy tahlil etish hamda ular asosida 
xulosa va tavsiyalar berish usuli tushuniladi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling