O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi
I-BOB. ADABIYoTLAR ShARHI
Download 92.5 Kb.
|
Ажинияз иш дастури
I-BOB. ADABIYoTLAR ShARHI
Ushbu magistrlik dissertatsiya bo'yicha amalga oshiriladigan ilmiy izlanishlar ish dasturidan kelib chiqib, qishloq xo'jalik maxsulotlarini qayta ishlash jarayonlari, shu jumladan ipak qurtini avallam bor pilla o'rash,etishtirilgan pillalarni dastlabki ishlov berishgacha bo'lgan davrda saqlash, tipik pillalarga dastlabki ishlov berish jarayonlarida foydalanadigan moslamalar, qurilmalar, agregatlar va ulardan foydalanish texnologiyalari omillarning ahamiyatiga oid adabiyotlarni urganishimizni uz oldimizga vazifa kilib kuydik. Ma'lumki, tut ipak qurti o'zini ozuqalanmaydigan davrida,ya'ni qo'g'irchoqga aylanib kapalakga o'tadigan bosqichida o'z dushmanlaridan saqlanish uchun mexanik ximoyalanish sifatida biologik qurilma, ya'ni qurt dastlab g'umbakka, so'ngra g'umbakdan kapalakka aylanadigan joy – ya'ni pilla o'raydi. Beshinchi yoshni oxiriga kelib, ipak qurtini oziqlanish davri tugallanib, qurt barg yemay qo'yadi va ichakdagi keraksiz chiqindi moddalarni chiqarib tashlab, pilla o'rash uchun joy izlab, o'rmalab yuradi.Ipak qurtlari pilla o'rash uchun jadal harakat bilan dastaning orasiga yoki so'kchaklarning yon yog'ochlari tomon g'anadan balandroq joylarga o'rmalab o'ziga qulay joy qidiradi, ammo ba'zi qurtlar g'anada qolib, o'zining azaliy instinktiga bog'langan xolda , bemalol pilla o'ray beradi. Ammo sifatli pilla olish uchun eng qulay joy dasta hisoblanadi. Pilla o'rash asosan to'rtta bosqichdan iborat, o'rmoncha hosil qilish,pillani los qismini o'rash , asosiy qobig'ini va oxirgi bosqich , ichki parda qavatini o'rashdan iborat bo'ladi. Pilla qobig'ining asosiy qavatini o'rash uchun ipak qurti ipak chiqaruvchi bez ishlab chiqaradigan hamma ipak massasining 70-80% ni sarflaydi. Ipak qurti pilla o'rash davrida turli holatda harakatlanib ipak tolasini tashlash jarayoniga pilla o'rash biodinamikasi deb ataladi.Pilla o'rash jarayoni tugallangandan keyin qurtlar beshinchi marta po'st tashlaydi, ammo bu safar ular eski po'stini pilla ichida tashlab, g'umbakka aylanadi. G'umbaklik stadiyasi ipak qurti rivojlanishining harakatsiz, oziqlanmaydigan davridir, bu stadiya mobaynida metamorfoz yuz beradi, ya'ni ipak qurti kapalakka aylanadi.Dastadan terib olingan va losdan tozalangan pillaning tuzilishi quyidagicha bo'ladi, avval chuvalgan qavat, keyin qobiqning ipagi tortiladigan asosiy qavati va shundan so'ng parda qavati keladi. Butun qobiqni tashkil etuvchi ipakning 6,5-8,2%i los qavatda, 5,6-6,3%i parda qavatida bo'ladi, qolgan kismi asosiy ipak xom-ashyosini tashkil etuvchi kismidan iborat bshladi. Pilla qobig'i ichida g'umbak va qurtni beshinchi po'st tashlash vaqtida tashlagan po'st bor. Pillaning bunday to'rsimon tuzilganligi seritsinning namni o'ziga tortish xossalari bilan birgalikda g'umbakni faqat tashqi dushmanlardan, mexanik ta'sirdan himoyalanishini ta'min etibgina qolmay, balki pilla ichidagi namlik, harorat (gigrotermik) sharoitini tartibga solishda ham juda katta rol' o'ynaydi. Bu narsa namligi yuqori va yomg'ir ko'p yog'adigan iqlimli zonalardan kelib chiqqan zotlar pillasi tarkibida seritsin juda ko'p bo'lishi bilan ifodalanadi. Pillalarning biologik va ayniqsa texnologik xossalariga irsiyatdan tashqari, pilla o'rash sharoiti – harorat, namlik, yorug'lik, shamollatish (aeratsiya), dastalarning miqdori va sifati ham katta ta'sir etadi. Pilla o'rash vaqtida haroratning o'zgarishi natijasida qurtning pilla qobig'iga ipak tolalarini o'rash tezligi va xarakteri ham o'zgaradi.Harorat oshib borgan sari, ipak qurtining harakat tezligi ham ortadi, boshining tebranish kengligi kattalashadi. Shu sababli ,sakkizliklar yirikroq hosil bo'ladi, ipak tolasi esa ingichkalasha boradi. Pilla o'rash vaqtida ipak chiqarish ikki jarayondan iborat bo'ladi: bir tomondan, ipak qurtining tanasi qisilishi ipak ajratuvchi bezga bosim orqali ta'sir ko'rsatadi, ana shu ta'sir ostida ipak massasi siquvchi apparat tomon suriladi,ikkinchi tomondan, ipak qurti boshining harakati bilan ipak tolasi ipak chiqaruvchi naychadan sug'urilib chiqadi. Naychaning uchida hamma vaqt bir tomchi suyuq ipak asosan seritsindan iborat bo'lib, ipak qurti ipak chiqaruvchi naychani biror nuqtaga tegizib, ipak tolasi uchini shu joyga yopishtiradi va boshini tebratib, naychadan ipak tolasini sug'urib chiqaradi. Bu harakat qanchalik tez bo'lsa, ipak tolasi shunchalik ingichka chiqadi, chunki ipak massasi mexanik ravishda juda ko'p cho'ziladi. Ipak tolasining asosiy texnologik xossalaridan biri uning metrik nomeri (teksi) va uning bir xil bo'lmasligidir. Pilla o'rash davrining boshlarida ipak qurti yo'g'on – ipak tolasi, ya'ni metrik nomeri past –2500-3000 tartibdagi ipak tolasi chiqaradi, pilla o'rash davrining oxiriga kelib, ipak tolasi anchagina ingichkalashadi va shunga muvofiq ravishda uning metrik nomeri ham oshadi, ya'ni 4000-6000 tartibdagi miqdorga ega bo'ladi. Odatda, bitta pilla ichidagi ipak tolasining oxirgi uchining metrik nomeri uning boshlanish qismidagi ipak tolasining metrik nomeridan ikki-uch marta ortiq bo'ladi. Ipak tolasining nomeri uning o'rtacha miqdoriga qarab, odatda, bitta pillaning ichida 17-25% va pillalar orasida 12-18% gacha o'zgarib turadi. Ipak tolasining o'rtacha metrik nomeri qanchalik katta bo'lsa, pilla ichidagi va pillalar orasidagi har xillik shunchalik kam, pillalarning texnologik xossalari shunchalik yuqori bo'ladi. Ipak tolalarining yo'g'on-ingichkaligi har xil bo'lishi bizning pillakashlik fabrikalarimizda hozir keng qo'llanayotgan pillalardan avtomatik ravishda ipak tortishda, ayniqsa katta rol' o'ynaydi. Rubinov E.B. 1978. Pilla o'rashning harorat sharoiti ipak tolasining metrik nomerini har xil bo'lishiga, pillalarning seripakligi va ipak chiqishi kabi texnologik ko'rsatkichlarga ta'sir etadi. Ipakning chiqishi esa seritsinning holatiga bog'liq bo'lgan pillalarning tortiluvchanlik (chuvaluvchanlik) xossasi bilan to'g'ridan – to'g'ri bog'liqdir. Pilla o'rash davrida harorat 250-260S gacha ko'tarilsa, pilla o'rash muddati, umuman qisqaradi, ipak tolasining o'rtacha metrik nomeri kattalashadi, uning har xilligi kamayadi, pilla seripak bo'ladi va ipak tolasi ko'p chiqadi. Harorat 280-290S gacha ko'tarilganda ipak tolasining metrik nomeri yanada kattalashadi va har xilligi kamaya boradi, ammo buning evaziga pillaning ipagi anchagina kamayib ketadi va ipak tolasi juda kam chiqadi. Shunday qilib pilla o'rash davrida past (210-230) harorat ham, yuqori (280-290) harorat ham pillalarning biologik ko'rsatkichlarini va texnologik xossalarini pasaytirib yuborishi aniqlangan, 25-270S yaxshi harorat hisoblanadi. Linde V.V 1940,Rubinov E.B. 1966,1978. Pilla o'rash davrida havoning nisbiy namligi ham katta rol' o'ynaydi. Havoning nisbiy namligi yuqori 80-85% bo'lganda (boshqa hamma sharoit qulay bo'lsa ham) pillalarning biologik ko'rsatkichlari va texnologik xossalari juda yomonlashib ketadi. Pilladan ipak tortilishi va xom ipak chiqishi, ayniqsa pasayib ketadi. Havoning harorati past bo'lib, nisbiy namligi past bo'lganda pillaning o'rtacha massasi kamayib ketadi. Havoning namligi ham, harorati ham yuqori bo'lganda ipak qurtlari juda ko'p pilla o'raydi, ammo bunda pilla qobig'i g'ovak, ipak tortishga yaramaydigan bo'lib qoladi .Ko'p yillik ilmiy kuzatishlar va ilg'or pillakorlarning tajribalari shuni ko'rsatdiki, pilla o'rash vaqtida xonadagi havoning nisbiy namligi 60-70% bo'lsa, maqsadga muvofiqdir, pillalarni biologik va texnologik ko'rsatkichlari talabga javob beradigan darajada bo'ladi. Tut ipak qurti pilla o'raydigan so'kchaklarning yoritilish darajasi ham ipak tolalarining yo'g'on-ingichkaligi har xil bo'lib qolishiga sabab bo'ladi. So'kchaklar bir tomonlama yoritilganda ipak tolasi yo'g'on-ingichkaligining har xillik foizi ortadi, har tomonlama bir xil yoritilganda yoki hamma joyi bir tekis qorong'ilatilganda esa har xillik kamayadi. I.Xolmetovning ma'lumotlariga qaraganda, havoning harorati 270 va namligi 70% ko'tarilishi, shuningdek haroratni 250 va namlikni 60% kamayishi ipak qurtining umumiy mahsuldorligini kamaytiradi hamda olinadigan xomashyoning sifatini pasaytiradi. Bundan tashqari, g'umbak bilan pilla qobig'i o'rtasidagi me'yor (munosabat) buziladi. Past haroratli va yuqori namlikdagi havoda va past namlikda esa aksincha yengilroq bo'ladi. Pilla o'rash davrida xonadagi havoni almashtirish muhim ahamiyatga ega, chunki qurtlar chiqargan karbonat angidrid gazi, havodagi ortiqcha namlik pilla o'ralishiga va uning yetilishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, xonadagi harorat va namlikning ortib ketmasligi va mo''tadil bo'lishi uchun qurtxonalar o'z vaqtida shamollatib turiladi. Buning uchun eshik yoki derazalar har 2-2,5 soatda 20-30 daqiqadan ochib shamollatib turiladi. Axmedov N.A. 1970. Ko'p yillik ilmiy kuzatishlari natijasida to'plangan ma'lumotlariga qaraganda pilla o'rash davrida qurtxonaga o'rnatilgan elektroventilyator VK-3 yordamida havo almashtirilib, uning tezligi 0,22-0,25 m/sek bo'lsa, qurtxonada 1m3 havo bir daqiqa davomida to'liq almashinishga erishilar ekan.Axmedov N A. 1975. Qurtlar pilla o'rashi uchun qo'yiladigan dastalar ham pillalarning sifatiga g'oyat katta ta'sir ko'rsatadi. Agar dasta kam va ularning sifati yomon (masalan, ular tol yoki qayrag'och novdalaridan, g'o'zapoyadan qilingan) bo'lsa, qurtlar pilla o'rash uchun joy qidirib, uzoq vaqt o'rmalab yuradi, bunda ipak tolalarining bir qismi nobud bo'ladi va ular g'anaga pilla o'raydi, bunda qo'shaloq pillalar (ikkita qurt o'ragan pillalar) soni ko'payib ketadi, pillalar dastaning yaqinroq joylashgan shoxchalariga tegib turishidan ularda iz hosil bo'ladi yoki pilla qog'oz yoki yog'och (taxta) sirtiga taqalib o'ralgan bo'lsa, uning shu tomoni silliq bo'lib qoladi, shakli buzuq, nuqsonli pillalarning soni ko'payib ketadi, oqibatda, ulardan olinadigan ipakning miqdori kamayadi, umuman, yaxshi sifatli pillalar, hosil bo'lgan iz va silliqligi sababli navsizga qabul qilinadi, chunki bunday pillalardan ipak tortish darajasi juda pasayib ketadi, qo'shaloq pillalardan esa butunlay ipak tortib bo'lmaydi.Baxoviddinov N G.1965, Qurtlar pilla o'rashida foydalanadigan dastalar tabiiy va sun'iy bo'lishi mumkin.Tabiiy dastalar yovvoyi holda o'suvchi o'tlardan: mingbosh, chitir, qarg'a tirnoq, sariq gulli supurgisimon o'tlar, rayhon va boshqa mayda gulli, sershoh, hidsiz o'tlardan tayyorlanadi. Tabiiy o'tlardan tayyorlanadigan dastalar bir xil kattalikda uzunligi 30-40sm bog'lanib, shoxchalari orasiga qurtlar pilla o'rashi uchun erkin o'rnashishi lozim. Shu tartibda tayyorlangan dastalar soya joyda quritiladi. Har bir quti qurt uchun 300-350 bog' dasta tayyorlanadi. So'nggi yillarda chorva mollari uchun ekiladigan raps, perko o'tlaridan ham ayrim xo'jaliklarda dasta tayyorlanmoqda. Sun'iy dastalar turli narsalardan: poxol, qog'oz, karton, plastmassa va boshqa materiallardan tayyorlanadi.Sun'iy dastalar ichidan poxoldan tayyorlangani iqtisodiy jihatdan zararsiz bo'lib, pilla o'rash uchun bir necha marta ishlatilishi mumkin. Sholi poxolidan tayyorlangan dastaning uzunligi 15-20 sm bo'lib, RSh-1 dastgohida yasaladi. Shuningdek, sun'iy qog'ozdan, qat-qat taxlanadigan shaklda hamda kartondan yasalgan katakchalar yoki ikki qator simdan, kanopdan, bir necha novdadan tayyorlangan dastalardan foydalanish mumkin. Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling