O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi
Muammoning o'rganilganlik darajasi
Download 92.5 Kb.
|
Ажинияз иш дастури
Muammoning o'rganilganlik darajasi. Respublikamizda yetishtirilgan pilla xom ashyosini tarkibida navsiz pillalar bo'lishi, uni tashqi ko'rinishi va morfologik belgilari to'g'risida bir qator ma'lumotlar mavjud. Jumladan, N.V.Lavrov, E.B.Rubinov, E.X.Tadjiev, O.K.Karimov, U.N.Nasirillaev, S.S.Lejenko, N.A.Axmedov va A.Abduraxmonovlar pilla yetishtirish va navlarga ajratish, navsiz pillalarni pillaxonalarda qabul qilish va saqlash, navsiz pillalarning tashqi belgilariga qarab turlarga ajratish borasida keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Shuningdek dunyoning pillachilik bilan shug'ullanadigan yetakchi davlatlari olimlari V.A.Golovko, O.Yu.Muxina, A.Z.Zlotin, O.V.Oziashvili, Makato Iikubo, Yoshiko Kawabata, Masaaki Yamada, Paul Kwasi Ntaanu, Ichim Maria, Li Jianqin, Mingqiang Ye, Mumin Kara, D.Grekovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda qurtlar me'yorida oziqlantirilmaganda, pilla qabul qilish punktlarida tirik pillalarni saqlab turish qurt boqish davrida agrotexnik jarayonlarni to'g'ri bajarish yo'li bilan pilla sifatini oshirish bo'yicha tadqiqotlar olib borib muayyan natijalarga erishganlar. Dunyo tajribasida yetishtirilgan pilla xom-ashyosi sifatini yaxshi-lashga oid qator ilmiy izlanishlar olib borilgan, lekin ipak qurtini boqish va pilla o'rash davrida tashqi muhit omillarini me'yoridan o'zgarishi natijasida nuqsonli pillalarni kelib chiqishi, ularning kelib chiqish sabablari bo'yicha ilmiy izlanishlar deyarli olib borilmagan. Shu bois, yuqoridagi muammolarga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.Тадқиқот мақсади; тирик пиллаларни қабул қилиш ҳамда пиллалар навдорлигини оширишнинг самарали усулларини ишлаб чиқиш-дан иборат. Tadqiqot vazifalari; etishtirilayotgan tirik pillalar terish va topshirish miqdorini aniqlash; tirik pillalarga havo harorati, namligi va havo almashinish jarayonining ta'sirini aniqlash;tirik pillalarga dastlabki ishlov berish usullarini pilla sifatiga ta'sirini aniqlash. Tadqiqotning ob'ekti sifatida institut laboratoriyasi hamda Taxiyatosh tumani bosh pillaxonasi tanlab olinadi. Tadqiqotning predmeti tirik pillalarni qabul qilish va sifatiga ta'sir e'tuvchi omillar hisoblanadi. Tadqiqotning usullari. Oq pilla o'rovchi ipak qurti zotlarining o'ragan tirik pillalari hamda ularga dastlabki ishlov berish agregetlaridan foydalaniladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: tirik pillalarni pillaxonaga topshirish me'yorlari aniqlanadi; Tirik pillalarni qabul qilishda uning sifat ko'rsatkichlarini belgilash usullari aniqlanadi; Pillalarga dastlabki ishlov berishning resus tejamkor texnologiyalari o'rganilib ipak sifatiga ta'siri aniqlanadi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati; tirik pillalarni qabul qilishda nuqsonli pillalarning kelib chiqish sabablari va ularni kamaytirish choralari joriy etiladi; etishtirilayotgan va pilla qabul qilish punktlariga topshirilayotgan pilla partiyalarida nuqsonli pillalarning miqdorini kamaytirish va navdor pillalar ulushini ko'paytirish usullari ishlab chiqiladi; fermer xo'jaliklarida yetishtirilayotgan pilla hosilini ko'paytirish va pilla qabul qilish punktlarida qabul qilingan pilla sifatini yaxshilash usullari qishloq xo'jaligi amaliyotida foydalanishga tavsiya etiladi. Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling