O’zbekiston respublikasi sog`likni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot institutil


Download 161.21 Kb.
bet13/24
Sana05.01.2022
Hajmi161.21 Kb.
#228763
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
2 5253929512038565891

«Diskret dinamika» usuli

Bu metod muammoni o’rganishga sistematik tarzda yondashishga asoslangan. Undan muammoga qaratilgan deb ataluvchi kurslar uchun foydalaniladi, bunday kurslarda maxsus tanlangan talabalar hay'ati tayinli aniq bir muammoni, masalan, «Ishchilar salomatligini prognozlash va uni yaxshilash yuzasidan maqsadli kompleks dastumi ishlab chiqish» ni alohida metodika yordamida tasvirlaydi.

1.bosqichda muammo tarkibiy qismlarga-submuammolarga ajratiladi va mazkur muammoni hal qilishni tasvirlash uchun zarur tarkib aniqlab olinadi.

2.bosqichda submuammolar yanada maydalashtirilib, vazifalarga ajratiladi. Natijada vazifalar ro’yxati hosil bo’ladi, shu bilan birga ba'zilari ayrim mutaxassislar guruhi uchun diqqatga sazovor bo’lsa (xususiy vazifalar), boshqalari 2-3 mutaxassislik manfaatlarini nazarda tutadi (yondosh vazifalar) va, nihoyat, uchinchilari barcha mutaxassisliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan muayyan vazifalar guruhiga (kompleks vazifalarga) aloqador bo’ladi.

3.bosqichda xususiy seminarlar tashkil etiladi. Tor sohadagi har bir mutaxassislar guruhi uchun alohida auditoriya kerak. Juda bo’lmaganida tor sohadagi mutaxassislaming 4 guruhini bitta auditoriyaga joylashtirish mumkin.

Xususiy seminarlarda o’tkazilgan muhokama natijalari butun guruhning yalpi majlisida ma'lum qilinadi.

4.bosqichda yondosh seminarlar o’tkaziladi. Bu bosqich tashkiliy jihatdan hammasidan murakkab hisoblanadi, chunki ayrim yondosh vazifalami hal qilish uchun talabalar guruhlarini qayta tuzishga to’g’ri keladi.

5.bosqichda umumiy (kompleks) vazifalar muhokama qilinadi, ulami hal qilish uchun tegishli maqsadga qaratilgan kompleks dastur ishlab chiqiladi.




Download 161.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling