O’zbekiston respublikasi sog`likni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot institutil


II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi


Download 161.21 Kb.
bet2/24
Sana05.01.2022
Hajmi161.21 Kb.
#228763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
2 5253929512038565891

II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o’qitishdan maqsad - jamoat salomatligi, unga ta`sir etuvchi xavf omillari, aholi salomatligini, shu jumladan bolalar salomatligini saqlash, mustaxkamlash va qayta tiklashni ta`minlaydigan tizimi,tashkiliy-metodik, boshqaruv jarayoniga baho bera oladigan, aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordamini tashkil etish bo’yicha nazariy, ilmiy-amaliy va uslubiy bilimlarga ega bo’lgan mutaxassisni (umumiy amaliyot shifokor) tayyorlashdir.



Fanni vazifasi:

- talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berish, qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo’lgan tibbiyot tarixi bilan tanishtirish,- jamoat salomatligini o’rganish usullari va uslublarini, aholi salomatligi, shu jumladan bolalar salomatligi va unga ta`sir etuvchi ijtimoiy shart-sharoitlarni o’rganish;

- O’zbekiston Respublikasi hukumatining sog’liqni saqlash borasidagi siyosatini nazariy asoslash va sog’liqni saqlash, aholiga hamda bolalarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini ishlab chiqish, hamda ularni amaliyotga tadbiq etish;

- bozor iqtisodiyotini hisobga olgan holda sog’liqni saqlashni tashkil etish, boshqaruv tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish;

-aholi orasida har xil ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarning tarqalganligi va ularning kechishi, umumiy kasallanish va o’lim ko’rsatkichlarini aholining ayrim guruhlari orasida ularning turmush

tarzi, tashqi muhit, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy shart-sharoitlar bilan bog’lab o’rgatish;

- tibbiyot xodimlarini zamon talablariga mos holda tayerlash jarayonini takomillashtirish bo’yicha bilimlarini va ko’nikmalarini shakllantirish.

Fan bo’yicha talabalarning bilim ko’nikma va malakalariga qo’yidagi talablar quyiladi.



Talaba:

-tibbiyot rivojlanishiga ta`sir etuvchi tabiat va jamiyatda ruy bergan hamda ro’y berayotgan jarayonlar, xodisalar, qadimgi davrlardan hozirgi davrgacha O’zbekiston va boshqa mamlakatlarda shifokorlik va tibbiyotni vujudga kelishi hamda rivojlanishining asosiy bosqichlari va umumiy

qonuniyatlari, shifokorlik va tibbiyotni rivojlanish sohasida yirik tsivilizatsiyalar va alohida shaxslarning yutuqlari;

-sanitariya statistik tadqiqot usullari, bolalar salomatligini belgilovchi ko’rsatkichlarni o’rganish va taxlil etish usullari;

-O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimidagi asosiy me`yoriy-huquqiy hujjatlari;

- Aholiga, shu jumladan bolalarga birlamchi tibbiy sanitariya yordamni va sanitariya-epidemiologiya xizmatini tashkil etishning asosiy tamoyillari, davolash - profilaktika va sanitar-epidemiologik muassasalari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari;

-sog’lom turmush tarzini shakllantirish usullari va texnologiyalari;

- mehnat qobiliyatini vaqtincha yo’qotganda vrachlik ekspertizasini tashkillashtirish;

-bozor iqtisodiyoti va sog’liqni saqlash tizimini hozirgi davrida shakllanib borayotgan tibbiy bozor xususiyatlari, tibbiy xizmatlarga bo’lgan talab va taklifni hisobga olish uslublari va tamoyillari;

-tibbiy muassasalar va ularni bo’limlarini boshqarishda zamonaviy menejment va marketingning o’rni, zamonaviy menejment va marketing nazariyalari, sog’liqni saqlashni rejalashtirish, iqtisodiyot, mablag’ bilan ta`minlash asoslari to’g’risida tasavvurga ega bulishi;

- tibbiyot va sog’liqni saqlashni qadimgi davrlardan hozirgi davrgacha rivojlanishini aniqlash uchun tarixiy materialni taxlil etish;

- sanitariya - statistik tadqiqot bosqichlarining maqsad va vazifalari,bolalar salomatligini belgilovchi ko’rsatkichlarni hisoblash usullari;

- sog’lom turmush tarzini shakllantirish usullari va yo’llari, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish vositalari, UASHning aholi va bolalar salomatligini saqlashdagi o’rni;

- sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishnishning ilmiy-amaliy muammolari;

-aholining barcha qatlamlariga birlamchi tibbiy xizmatni tashkil etish;

- marketing tadqiqotlari muammosi va maqsadlarini aniqlash,axborotlar manbalarini tanlash va ularni yig’ish, tibbiy xizmatlar bozorini shakllantirish;

- tibbiy muassasalar va ularni bo’limlarini boshqarish uslublari,bolalar salomatligini saqlash bo’yicha maxalliy boshqaruv organlari va shifokorining asosiy vazifalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

- tarixiy tadqiqotlar natijalarini talablarga mos ravishda xulosalar va tavsiyalar ko’rinishida ifodalay olish;

-aholi, shu jumladan bolalar salomatligi, davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya muassasalari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarini taxlil qilish, ularni taqqosiy baholash;

-bolalarga davolash-profilaktika yordamini tashkil qilish;

- mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish;

-sog’liqni saqlash va tibbiy yordamning sifatini nazorat qilish;

- aholini gigienik tarbiyalash va sog’lom turmush tarzini shakllantirish ishlarini o’tkazish;

- tibbiy xizmatlarga bo’lgan talab va taklifni o’rganish, tibbiy muassasada mijozga qaratilgan tibbiy xizmatni tashkil etish,

- marketing tadqiqotlar olib borish, xodimlarni boshqarish bo’yicha amaliy ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.


  1. Fanni o’qitishda foydalanilgan “Zamonaviy pedagogik usullar”

«Aqliy hujum» услуби.

Guruh talabalari o’qituvchi tomonidan mavzuga mos holda savol beriladi. Har bir talaba qisqa va tez muddatda o’z fikrlarini bildirishadi. Lekin g’oyaning kelib chiqishi va shakllanishi jarayonida hech qanday tanqidiy fikr va mulohazalar bo’lmasligi kerak. Fikrlar aylanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, binobarin har qanday g’aroyib g’oya

-talabalar bilimlarini tekshirishga imkon beradi;

-munozara olib borish malakasi rivojlanadi;

-mashg’ulot o’yin ko’rinishida o’tkaziladi;

-har bir talaba ishtirok etadi.

1.ko’rgazmali plakatlardan foydalaniladi.


  1. Slaydlar, multimediyalardan foydalaniladi.

  2. Mavzular asosida berilgan ma’lumotlami umumlashtiradi va xulosalaydi, faol ishtirokchi talabalami rag’batlantiradi va umumiy baholaydi.

  3. «Miya shturmi» usuli

Ongga hujum usuli talabalarda fikrlash faolligini rivojlantiradi va mustaqil fikrlash qobiliyatini yanada kengaytiradi.

Ushbu usul talabalaming olgan bilimlarini nazorat qilish uchun qo’llanilishi mumkin.

Guruh talabalari 2-3 kishidan iborat bo’lgan kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir kichik guruhga ushbu mavzuga taalluqli bo’lgan muammoli savolga o’z fikr javoblarini aytish taklif etiladi. Har bir kichik guruh o’z javob variantini doskada yoki qog’ozda aks ettiradi. So’ngra kichik guruh javoblari muhokama etiladi. Muhokamada o’qituvchi bilan birgalikda talabalar ham ishtirok etadilar. Javoblar ichida eng to’lig’i tanlab olinib, o’sha kichik guruh yuqori ball bilan baholansa, qolgan kichik guruhlar mos holda pastroq baholanadi.

1.ko’rgazmali plakatlardan foydalaniladi.

2.Slaydlar, multimediyalardan foydalaniladi.

3.Mavzular asosida berilgan ma’lumotlami umumlashtiradi va xulosalaydi, faol ishtirokchi talabalami rag’batlantiradi va umumiy baholaydi.

«Uch bosqichli intervyu» usuli

«Vrach-bemor-ekspert» konsultasiyalari ko’rinishida o’tkaziladi. Guruh 1,2,3 raqamlarga bo’linadi. 1 -raqamlilaming hammasi-bemorlar, 2-rqkamlilar-oliy ma’lumotli hamshiralar, 3-raqamlilar-ekspertlar hisoblanadi. Har bir guruh 10-15 minut davomida konsultasiya o’tkazadi, «ekspert» hamshiraning ish-harakatlarini baholaydi va 3 bo’limga bo’lib, yozib qo’yadi:

1) nimalar to’g’ri qilindi;

2) nimalar noto’g’ri qilindi;

3) qanday qilish kerak edi.

Har bir guruh konsultasiyani hamma qatnashchilar tomonidan baholanadigan ekspert izohlari bilan namoyish qiladi. Ikkinchi variant-talabalar poliklinikada haqiqatda o’tkazilayotgan hamshira va bemor konsultasiyasida ekspert rolida chiqishadi, muhokamani butun guruh yoki pedagog olib boradi.



  1. ko’rgazmali plakatlardan foydalaniladi.

  2. Slaydlar, multimediyalardan foydalaniladi.

  3. Mavzular asosida berilgan ma’lumotlami umumlashtiradi va xulosalaydi, faol ishtirokchi talabalami rag’batlantiradi va umumiy baholaydi.

«Vaziyatga doir topshiriqlar» usuli.

Vaziyatga doir topshiriqlami bajarish bor bilimlardan foydalanishga ko’nikma va malakalami mustahkamlashga imkon beradi, talabalaming ijodiy faoliyatiga yo’l ochadi.

Vaziyatga doir muammoli, gigenik topshiriqlar hammadan katta diqqatga sazovordir, chunki talabalarda gigiyenik nuqtai nazardan fikrlash qobiliyati shakllanib borishga yordam beradi. Vaziyatga doir topshiriqlar bilimlarni tadbiq eta olish ko’nikmalarini tekshirib ko’rishda keng qo’llaniladi.

1.ko’rgazmali plakatlardan foydalaniladi.

2.Slaydlar, multimediyalardan foydalaniladi.

3.Mavzular asosida berilgan ma’lumotlami umumlashtiradi va xulosalaydi, faol ishtirokchi talabalami rag’batlantiradi va umumiy baholaydi.




Download 161.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling