O’zbekiston respublikasi sog`likni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot institutil


Download 161.21 Kb.
bet3/24
Sana05.01.2022
Hajmi161.21 Kb.
#228763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
2 5253929512038565891

«Qor uchquni» usuli

«Qor uchquni» usulidan mashg’ulotning birinchi bosqichida foydalanish mumkin. Guruhni ikki kichik guruhlarga bo’lib, ulardan sardorlar tayinlanadi. So’ngra har bir kichik guruh o’tilayotgan mavzuga tegishli uchtadan savollar tayyorlaydi. Kichik guruhlarga savollami tayyorlash uchun 7-8 daqiqa vaqt beriladi.

1.ko’rgazmali plakatlardan foydalaniladi.

2.Slaydlar, multimediyalardan foydalaniladi.

3.Mavzular asosida berilgan ma’lumotlami umumlashtiradi va xulosalaydi, faol ishtirokchi talabalami rag’batlantiradi va umumiy baholaydi.

«Diskret dinamika» usuli

Bu metod muammoni o’rganishga sistematik tarzda yondashishga asoslangan. Undan muammoga qaratilgan deb ataluvchi kurslar uchun foydalaniladi, bunday kurslarda maxsus tanlangan talabalar hay'ati tayinli aniq bir muammoni, masalan, «Ishchilar salomatligini prognozlash va uni yaxshilash yuzasidan maqsadli kompleks dastumi ishlab chiqish» ni alohida metodika yordamida tasvirlaydi.

1.bosqichda muammo tarkibiy qismlarga-submuammolarga ajratiladi va mazkur muammoni hal qilishni tasvirlash uchun zarur tarkib aniqlab olinadi.

2.bosqichda submuammolar yanada maydalashtirilib, vazifalarga ajratiladi. Natijada vazifalar ro’yxati hosil bo’ladi, shu bilan birga ba'zilari ayrim mutaxassislar guruhi uchun diqqatga sazovor bo’lsa (xususiy vazifalar), boshqalari 2-3 mutaxassislik manfaatlarini nazarda tutadi (yondosh vazifalar) va, nihoyat, uchinchilari barcha mutaxassisliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan muayyan vazifalar guruhiga (kompleks vazifalarga) aloqador bo’ladi.

3.bosqichda xususiy seminarlar tashkil etiladi. Tor sohadagi har bir mutaxassislar guruhi uchun alohida auditoriya kerak. Juda bo’lmaganida tor sohadagi mutaxassislaming 4 guruhini bitta auditoriyaga joylashtirish mumkin.

Xususiy seminarlarda o’tkazilgan muhokama natijalari butun guruhning yalpi majlisida ma'lum qilinadi.

4.bosqichda yondosh seminarlar o’tkaziladi. Bu bosqich tashkiliy jihatdan hammasidan murakkab hisoblanadi, chunki ayrim yondosh vazifalami hal qilish uchun talabalar guruhlarini qayta tuzishga to’g’ri keladi.

5.bosqichda umumiy (kompleks) vazifalar muhokama qilinadi, ulami hal qilish uchun tegishli maqsadga qaratilgan kompleks dastur ishlab chiqiladi.

«Akademik munozara» usuli

Guruh 2 komandaga bo’linadi, bulaming har biriga vaziyatga doir topshiriq beriladi. Har bir komandada 1-2 nafar talaba munozaraning ijobiy tomonlarini muhokama qiladi - bular «advokatlar» bo’ladi, salbiy tomonlarini esa «prokurorlar» muhokama qiladi.

«Advokatlar» bilan «prokurorlaming» qo’lga kiritgan natijalari ma'lum qilinadi va butun guruh tomonidan muhokama qilib chiqiladi.

Bu metodika talabaning o’sha kungi mavzu bo’yicha chuqur bilimlarga ega bo’lishini talab etadi, chunki vaziyatga doir topshiriqni muhokama qilishda olinadigan axborol «advokatlar» tomonidan bo’lsin, «prokurorlar» tomonidan bo’lsin, obdon anglab olish va dalillar bilan izohlab berishni talab etadi. O’qituvchi «sud ishi»ning qanday borayotganini. vaziyatning himoyasiga yoki uni ayblashga qaratilgan qanday dalillar keltirayotganini kuzatib borish lozim.


  1. O'quv soatlari miqdori





Download 161.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling