O`zbеkiston rеspublikasi sog‖liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti


Download 25.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/26
Sana13.11.2017
Hajmi25.42 Kb.
#19990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26

Darslik – ma'lum soha bo`yicha O`quv hujjatlari asosida tuziladi. Unda ma'lum 
prеdmеt bo`yicha ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadi.  
O`quv qo`llanma – bosma, grafikaviy tasviriy va boshqa matеriallardan iborat 
bo`lib,  ta'lim  va  tarbiya  maqsadini  amalga  oshirish  uchun  mo`ljallanadi.  O`quv 
qo`llanmasining namunali varianti (yoki uning qismi) quyidagilarni ko`zda tutadi; 
kirish  (qo`llanmaning  ma'lum  nomlanishi,  uning  bo`limi,  qismi,  mavzusi 
ko`rsatilgan holda vazifani qo`yish); 
bayon  etish  (topshiriqni  еchish  jarayoni,  isbot  yo`llari,  muhokama  va 
boshqalar); 
xulosa  (qo`yilgan  topshiriqni  еchishning  tizimlashgan  va  argumеntlangan 
natijasi).  
O`quv  jarayoni  ta'limning  oxirgi  natijalariga  erishish  maqsadida  O`qituvchi  va 
o`quvchining maqsadli faoliyati 
O`quv  jarayoni  –  o`zaro  bog`langan  elеmеntlardan  tashkil  topgan  murakkab 
pеdagogik  sistеmani:  maqsadi,  mazmunini,  shakli,  uslubi  va  O`qitish  vositalarini 

 
49 
namoyon  qiladi.  O`qitishning  psixologo  –  pеdagogik  qonunchiligiga  bo`ysunadi, 
ta'limning didaktik tamoyillariga kat'iy rioya qilishni talab qiladi.  
O`quv rеjasida ko`rsatilgan fanlar ularni o`rganish tartibi, har bir o`quv faniga 
ajratilgan vaqt, konsultatsiya va imtixonlar barcha o`quv guruxlari uchun majburiydir.  
O`quv  rеjasi  o`quv  yurtining  turi,  maqsadi  va  vazfalarini,  o`quvchilarning  soni  va 
uqish muddatini bеlgilovchi davlat hujjatlari asosida ishlab chiqiladi. 
O`quv  rеjasiga  kirgan  hujjatlarni  malaka  tavsifnomasi,  mavzular  rеjasi  va 
o`quv dasturlari tashkil etadi.  
Malaka  tavsifnomasi  –  ishchining  bilimi  hamda  kasbiy  saviyasiga 
qo`yiladigan  asosiy  talablar  mujassamlangan  normativ  hujjatdir.  Unda  ishchi  u  yoki 
bu  kasb  faoliyati  doirasidagi  ishlarni  ongli  va  to`g`ri  bajarishi  uchun  egallashi  zarur 
bilimlar ifodalanadi.  
Malaka  tavsifnomasi  ish  va  kasblar,  xalk  xo`jaligining  muayyan  sohalaridagi 
mashg`ulotlarning yagona ta'rif malaka ma'lumotnoma asosida to`ziladi.  
Malaka tavsifnomasida kasb va ixtisoslarning aniq nomlari, tеxnik va maxsus 
bilimlar,  mеhnat  ko`nikma  va  malakalari,  malaka  oshirish  bo`yicha  yo`l-yo`riqlar 
ifodalanadi.  Bu  hujjatlar  o`quv  rеjasi  va  dasturlarini  to`zishda  asos  bo`ladi, 
shuningdеk  bitirish  imtixonlarida  o`quvchilarning  bilimlarini  sifatli  aniqlash  uchun 
xizmat qiladi.  
Mavzular  rеjasi  –  o`quv  dasturining  bir  qismini  tashkil  etib,  unda 
mavzularning  tartibi  va  nomi,  ularning  o`tish  uchun,  shu  jumladan,  nazariy, 
laboratoriya amaliy mashg`ulotlari va ishlab chiqarish ta'limi uchun ajratilgan vaqtlar 
ko`rsatiladi.  
O`quv dasturlari. Fanni hajmini, uni o`qitishning mazmuni va tartibini bеlgilaydi.  
Yangi  o`quv  rеja  va  dasturlarida  matеriallar  o`quv  yillari  bo`yicha 
taqsimlangan ikkinchi darajali matеrialllar chiqarib tashlangan, o`quvchilarning yangi 
tеxnika  bo`yicha  bilim  va  malakalar  bilan  qurollantirish,  o`quv  ustaxonalarida, 
laboratoriyalarida  o`qitish,  yangi  tеxnologik  jarayonlar  bilan  tanishtirish  ko`zda 
to`tilgan.  Asosiy  e'tibor  ularda  mustaqil  fikrlashni  rivojlantirish,  mеhnatga  ongli 
munosabatni tarbiyalash ishlariga qaratilgan.  
Dars  rеjasi  asosiy  o`quv-rеjalashtirish  hujjatlaridan  bir  bo`lib,  uni  o`qituvchi 
o`quv  dasturi  va  pеrspеktiv  mavzular  rеjasi  asosida  to`zadi.  Unda  darsning  ta'lim-
tarbiyaviy  maqsadlari,  o`qitish  va  tarbiyalash  masalalari  ko`rsatiladi  hamda  darsning 
tarkibi  va  elеmеntlari,  har  bir  elеmеntga  ajratilgan  vaqt,  o`qituvchi  tomonidan 
izohlanadigan  o`quv  matеrialining  kеtma-kеtligi  va  mazmuni,  mustaqil  ishlarning 
haraktеri va mazmuni, uy topshirig`i va boshqalar ifodalanadi. 
                   8. Oliy ta‘limni standartlashtirish bo‘yicha 
                     normativ hujjatlar toifalari va turlari. 
                                       
8.1. Standartlar toifalari 
 
Oliy ta‘lim standartlari quydagi toiflarga bo‘linadi; 
.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasi  tomonidan  tasdiqlangan  oliy  ta‘lim 
standartlari: 
-
 
Oliy ta‘limning davlat ta‘lim standarti. Asosiy qoidalar; 
-
 
 Oliy  ta‘lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klssifakatori. 

 
50 
Oliytalimini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan 
oliy ta‘lim standartlari: 
-
 
bakalavriat yo‘nalishlari davlat ta‘lim standartlari; 
-
 
Magistratura mutaxassisliklari davlat ta‘lim standartlari. 
  Muayyan  bakalavriat  yo‘nalishi  yoki  magistratura  mutaxassisligi  davlat  ta‘lim 
standarti quydagilarni o‘z ichiga olishi lozim: 
 
  Zavarak (titul); 
  . mundarija; 
  . bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutahassisligining umumiy tasnifi; 
bakalavr yoki magistr tayorgallik darajasiga qo‘yiladigan talablar; 
. Ta‘lim dasturi mazmuni va komponetlari; 
. Kadrlar tayorlash sifatini baxolash. 
 
               8.2. Normativ hujjatlar  to‘plami 
Quydagilar oliy ta‘limninig normative hujjatlari xisobotlanadi; 
.oliy  ta‘limni  boshqarish  bo‘yicha  vakolatli  davlatorgani  tomonidan  tasdiqlangan 
bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutahassisligining o‘quv rejalari va o‘quv 
fanlari dasturlari: 
     .  Oliy  talimni  boshqarish  bo‘yicha  vakolatli  davlat  organi  tomonidan 
tasdiqlanadigan  oliy  ta‘lim  muassasalarining  muayan  ish  faoliyatini  tartibga 
soluvchi normativ hujjatlar. 
                               
            8.3. Normativ hujjatlarni ishlab chiqish 
 
Oliy ta‘lim baklavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutahassisligi ta‘lim standralari 
va normative hujjatlari ― OT DTS. Asosiy qoidalar va O‘z DSt 1.0:1998, O‘zRST 
1.8-94, O‘z DSt 1.9:1995. standartlariga muofiq xolda ishlab chiqiladi. 
 
           8.1.1  Oliy  ta‘lim  yo‘nalishlari  va  mutahassisliklarni  ta‘lim  dasturlari 
mazmunida qo‘yiladigan umumiy talablar 
                      8.1.2 Bakalavriat  
Oliy talimning birinchi bosqichida ta‘lim dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, 
kasb-xunar    ta‘lim  bilan  uzliksiz  taminlanishini  inobattga  olga  xolda  ishlab 
chiqilishi  vatalabning  quydagi  majburiy  fanlar  bloklarni  o‘zlashtirishini  nazarda 
tutishi zarur: 
 
        . guminatir va ijtimoiy-iqtisodiy; 
        . matematik va tabiiy-ilmiy; 
        . umumkasbiy; 
        . ixtisoslik; 
        . qo‘shimcha. 
             
 
Kasb  faoliyati  ko‘nikmalari  eggalash  uchun  malaka  amaliyotlari  o‘tilishi  nazarda 
tutulishi shart. 

 
51 
        Ta‘lim dasturlari majburiy o‘kuv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlangan 
fanlarni  xam o‘z ichiga olishi shart. 
          Bakalavriat ta‘lim dasturini o‘zlashtirishda talabalarning o‘quv fanlariga oid 
bir  qancha  masalalar  va  muommalar  bo‘yicha  mustaqil  bilim  olishi  nazarda 
tutulishi lozim. 
          Ta‘lim dasturlari bakalavriat yo‘nalishlari davlat ta‘lim standartlariga muofik 
ravishida yakunlovchi davlat attastasiyasi bilan tugallanishi shart. 
 
8.1.3. 
O‘quv 
fanlari 
bloklari 
mazmunida                                                  
qo‘yiladigan umumiy talablar 
 
Gumanitir va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki: 
 
.  Umumiy  o‘rta    va    o‘rta    maxsus,    kasb-hunar    ta‘limi      negizida    olingan  
bilimlarni  to‘ldirish  va  rivojlantirishi; milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  demokratiya , 
milliy    va    umuminsoniy    qadryatlar      negizida    ilmiy    va    gumanitar  
dunyoqarashni,    yuksak    ma‘naviyat    va    demokratik  madaniyatini  iqtisodiy, 
xuquqiy va ijodiy tafakkurini etiqod va ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishi; 
    .Ta‘limning  tarix,  falsafa,  xalq  ananalari,  urf-odatlari  bilan  uzviy  birligini, 
O‘zbekiston  xalqlari  madaniyatini  asrashva  boyitishini,  boshqa  xalqlar  tarixi  va 
madaniyatiga xurmat bilan munosabatda bo‘lishni ta‘minlaydi; 
     . Insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalminalchilik ruxini rivojlantirishi; 
     .  Ta‘lim  va  tarbiya  jaroyoning  mustaqil  fikrlaydigan,  qarorlar  qabul  qilishga 
qodir, 
xar 
tomonlama 
rivojlangan, 
barkamol 
shaxsni 
shakllantirishga 
yo‘naltirilganligini ta‘minlashi lozim. 
     Matematik va tabiy-ilmiy fanlar bloki: 
 
.  Umumiy  o‘rta  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi  bilan  uzviylik  xamda 
uzsizlikni inobattga olgan xolda bilishning matematik usullari, informatika xamda 
axbarot to‘plash, ularni qayta ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi o‘rni va 
axamiyati haqida oliy darajadagi tassavurlarni shakllantirishi; 
         .  Koinotning  tabiy  obekt  ekanligi  va  uning  evolyusiyasi;  tabiy  fanlarning 
o‘zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiy xodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi; 
tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologig tamoyyilari; tabiatga  
putur yetkazmaydigan texnogilar yaratish istiqbollari xaqidagi ilmiy tassavurlarnu 
shakllantirishi; 
    .  Muayan    bilim  soxasi  uchun  zarur  bo‘lgan  fundametel  fanlarni  chuqur 
o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarni ta‘minlashi lozim. 
     Umumkasbiy fanlar bloki: 
 
.  Matematik  va  tabiy-ilmiy  fanlar  bilan  maxsus  fanlar  o‘rtasida  ilmiy  va  nazariy 
bog‘likini  taminlashi; 
     .  Maxsus  fanlarni  o‘rganish  va  chuqur  egallash  uchun  zarur  bo‘lgan 
fundamental  umumkasbiy  bilimlarni,  amaliy  ko‘nikma  va  o‘quvlarni 
shakllantirishi; 

 
52 
      .  Modelli  tassavurlarni  tajriba  usulari  va  olingan  natijalarni  qayta  ishlash 
yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalrni ta‘minlash lozim. 
       Maxsus fanlar bloki: 
.  Bakalavriat  yo‘nalishi  bo‘yicha  muoifiq  kasb  faoliyati  sohalarida  erishilgan 
asosiy yutuqlar, muamolar va ularning rivojlanish istiqbollari xaqida tassavur hosil 
qilishi; 
       .  Tegishli  bakalavriat  yo‘nalishi  bo‘yicha  maxsus  bilimlarni,  kasb 
faoliyatiko‘nikmalarni va o‘quvlarni  shaklantirishi; 
      .  Talabaning  muayan  magisratura  mutahassisligi  bo‘yichakelgusida  ta‘limni 
davom ettirishga ongni munosabatda bo‘lishga ko‘maklashishi lozim. 
  Qo‘shimcha fanlar bloki 
 .  Talablarning  bakalavriat  ta‘lim  fanlari  bo‘yicha  qo‘shimcha  ravishda  chuqur 
bilim olishga bo‘lgan extiyojini qondirishi; 
 .  Ta‘lim  sifatiga  qo‘yilayotgan  talablar  va  mehnat  bozori  qonyunkturasi  tez 
o‘zgarayotgan  sharoitda  bakallavriat  yo‘nalishlari  bo‘yicha  ta‘lim  dasturlarining 
safarbarligi va moslashuvchi bo‘lishni ta‘minlashi lozim. 
   8.2.1. Magisratura 
Magisratura  ta‘lim  dasturlari  bakalavriat  dasturlari  bakalavriat  ta‘lim  dasturlari 
bilan  uzliksiz  va  uzviylik  ta‘minlashini  inobatga  olgan  holda  ishlab  chiqilishi  va 
talablar tomonida quydagi majburiy bloklar o‘zlashtirilishini nazarda tutis zarur; 
     
   .Umummetodologik fanlar; 
   . Mutahassislik fanlari; 
   . ilmiy faoliyat. 
   Ta‘lim  dasturlari  majburiy  o‘quv  fanlari  bilan  bir  qatorda  talabalar  talangan 
fanlarni xa o‘z ichiga olishi lozim. 
     Ta‘labalarning  ta‘lim  dasturini  o‘zlashtirishda  o‘quv  fanlarining  bir  qancha 
masalalari va muaommalari bo‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi zarur. 
       Ta‘lim  dasturlari  magisratura  mutahassisliklar  bo‘yicha  davlat  ta‘lim 
stadratlariga  muofiq  ravishda  yakunlovchi  davlat  attastasiyasi  bilan  tugallanishi 
shart. 
                          8.2.2. Ta‘lim dasturi bloklari mazmunida 
                         qo‘yiladigan umumiy talablar 
Umummetodologik fanlar bloki: 
  .  Milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  gumanitir,  texnik  va  tabiy  fanlarning  falsafiy 
masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi
        .Insoniyatning  glabal  muommolari,  manaviy  hayot,  shaxs  va  jamiyat 
extiyojlari,  ta‘limning  insonparvarlik  ruxi,  zamonaviy  silivizyatsa  va  uning 
taraqqiyot  yo‘nalishlarini,  axbarot  tizimlari  va  bilimlari  taqdim  qilish  usullari 
to‘g‘risidagi tassavurlar shakinlantirishi; 
         .  Ilmiy  va  ilmiy-texnik  axbarot  bilan  ishlash  ko‘nikmalari  va  o‘quvlarini 
shakllantirishi; 
         .  ilmiy  ijodiyot  metolagiyasi,  bilishning  umumiy  ussulari,  epirik  va  nazariy 
tadqiqot  usullari, qonunlar va  qoidalr  mantig‘i  asoslash va  inkor  qilish  yo‘llariga 
doir bilimlarni taminlashi; 

 
53 
         .  Ta‘limda  pedagogik  texnalogiyalarn,  menejment  va  iqtisodiyot  asoslari 
xaqidagi bilimlarni ta‘minlashi zarur.  
      Mutaxassislik fanlari bloki: 
Muayan  mutaxassislik  bo‘yicha  nazariy  va  amaliy  bilimlarni,  o‘quv  va 
ko‘nikmalarni shakllantirishi; 
. Mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish 
ko‘nikmalarini rivojlantirishi; 
   .  Magisratura  mutaxassisligi  bo‘yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlarinibajarish,  kasb 
faoliyatiningko‘zlangan  natijalarga  erishishda  jarayonlarini  modellashtirishva 
tizimli  yondashish  borasidagi  ilmiy,  bilimlar  amaliy  maxorat  va  ko‘nikmalarni 
ta‘minlashi kerak.  
       Ilmiy  faoliyat  bloki  ilmiy  tadqiqotchilar  metodologiyasi  o‘zlashtirishini, 
talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta‘lim muassasalarida muayyan ilmiy-
tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim. 
           Ilmiy-tadqiqot ishlari: 
. Mustaqil tadqiqotchilik foatliyatining amaliy ko‘nikmalarni xosil qilishi; 
         .Axbarot  texnalogiyalarining    zamonaviy  vositalardan  foydalanib  ilmiy-
tadqiqotchilar  o‘tkazish  tadqiqotlar  natijalarini  taxlil  qilish  va  aks  etirish,  ilmiy 
maqolalar tayorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni Shakllantirishi. 
     . Talabalarga fan, texnika va texnalogiyaning eng yangi yutuqlariga asoslangan 
axbarot  bazalarini  qullay  bilish  ulardan  magistrlik  dessertasitasini  bajarishda 
foydalanish ko‘nikmasi singdirishi lozim. 
                8.3.1.Bituruvchilarning tayorgaligiga nisbatan 
                      qo‘yiladigan umumiy malaka talablari 
     8.3.2  Bakalavning tayorgaligiga nisbatan qo‘yiladigan umummmiy malaka 
talablari 
 Bakalavr: 
 . Dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanatir va ijtimoiy-
iqtisodiy  fanlar  asoslarini,  joriy  davlat  siyosatining  dolzarb  masalalarini  bilishi, 
ijtimoiy muaommolar va jarayonlarni mustaqil taxlil qila olishi; 
     .  Vatan  tarixini  bilish  na‘naviy  milliy  va  umumsoniy  qadriyatlar  masalalari 
yuzidan  o‘z  fikrini  bayon  qila  olishi  vq  milliy  assoalay  bilishi,  milliy  istiqlolo 
g‘yasiga asoslangan faol xayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;       
 .  Tabiat  va  jamiyatda  kechayotgan  jarayon  va  xodisalar  xaqida  yaxlit  tasavvurga 
ega  bo‘lishi,  tabiat  va  jamiyat  rivojlanishi  haqidagi  bilimlarni  egallashi  xamda 
ulrdan zamonaviyilmiy asoslarda xayotda va o‘z kasb faoliyatiga foydalana bilishi; 
       .  Insoning  boshqa  insonga,  jamiyatga,  atrof  va  undan  foydalanish  usullarini 
eggalagan bo‘lishi, o‘z kasb foaliyatiga mustaqil asoslangan qarorlarini qabul qila 
olishi; 
    .  Tegishli  bakalavriat  yo‘nalishi  bo‘yicha  raqobabardosh  umumkasbiy 
tayorgalikka ega bo‘lishi; 
       .  Yangi  bilimlarni  mustaqil  egallay  bilishi  o‘z  ustida  ishlashi  va  mehnat 
faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi; 
    . Sog‘lom turmush tarsi va unga amal qilish zaruryatini to‘g‘risida ilmiy tassavur 
hamda etiqodga jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.     
         Bakalavr: 

 
54 
.Ta‘lim  yo‘nalishi  bo‘yicha  oliy  ma‘lumotli  shaxslar  egallashi  lozim bo‘lgan  
lavozimlarga  mustaqil  ishlashga
.   Tegishli    bakalavriyat  yo‘nalishi    doirasida   tanlangan    mutaxassislik    bo‘yicha  
magistraturada  oliy  ta‘limni  davom  ettirishga; 
.Kadrlarni    qayta    tayyorlash    va    malaka    oshirish    tizimida    qo‘shimcha    kasb  
ta‘limi  olish  uchun  tayyorlanadi. 
 8.4.  Magistrning  tayorgarligiga  nisbatan  qo‘yiladigan  umummiy  malaka 
talablari 
  Magistr: 
.Tanlangan  mutaxassislik  bo‘yicha  ilmiy-tadqiqotlarni  bajarishga,  shunindek  fan, 
texnika  va  texnalogiya,  iqtisodiy,  madaniyat  va  san‘atning  zamonaviy  yutuqlarni 
amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan kasb tayorgarligiga ega bo‘lishi;  
   . Mutaxassislikka oid ilmiy muaomolar bilan bog‘liq vazifalarni ifodalashva xal, 
etishi, qarorlar qabul qilinishi, zarur bilimlar bazasini yaratish va undan o‘z kasb 
faoliyotiga foydalana bilishi; 
 .  Ilmiy  tadqiqotlar  va  mehnatni  tashkil  qilish  metogoloyasini  bilishi  taqiqot 
natijalarini  taxlil  qilish  va  qayta  ishlash  metodikasiniyatining  tegishli  soxalarda  
foydalanishga doir amaliy tavsiyalarni ifodalay olishi va taqdim qilishi; 
  . Kasb vazifalarni avtomatlashtirish va kompiyuterga modellashtirish metodlarini, 
eng maqbul yechimlar topishining oqilona usularini egallagan bo‘lishi; 
     . Bozor iqtisodiyoti sharoitiga ishlab chiqarish va ilmiy jamoalarni boshqarishni 
ilmiy asosda tashkil qila olishi; 
     .  Zamonaviy  axbarot  tizimlaridan  foydalaniladigan  pedagogik  texnalogilar  va 
interraktiv ta‘lim usullarini egallagan bo‘lishi lozim. 
        Magistr: 
      .  Tanlangan  mutaxassislik  bo‘yicha  mustaqil  ilmiy-tadqiqot,  ilmiy  pedagogik 
va kasbga doir boshqaruv faoliyati; 
 .  Magistr  tayorgarligiga  muofiq  mutaxassislik  bo‘yicha  aspiranturada  oliy 
ta‘limdan ke‘yin taxsil olish; 
  . Qadrlarni qayta tayorlash va ular malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb 
ta‘lim olish uchun tayorlanadi. 
                   8.5. O‘quv yuklamasining hajmi 
8.5.1. Bakalavriat 
Barcha turdagi auditoriya va autdittoriyadan tashqari o‘quv ishlari o‘z ichiga olgan 
o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi xaftasiga 54 soat qilib belgilandi. Kunduzi 
o‘qish  shakli  uchun  auditoriya  mashg‘ulitlarining  eng  yuqori  hajmi  xaftasiga  36 
soat qilib belgilanishi lozim. 
    O‘qitishning  meyoriy  mudati  to‘rt  yil  bo‘lgani  xolda  o‘quv  jarayoni  204  xafta 
davom etishi zarur. 
      O‘quv davriningumumiy hajmi quydagicha taqsimlanadi: 
          . nazariy ta‘lim                                 65-70 foiz;             
          . attestasiyasi                                    9-10 foiz; 
          . ta‘til                                                13-16 foiz;                                            
          . malaka amaliyoti                            6-8 foiz; 
          . bituruv ishi                                     2-3 foiz. 
  

 
55 
 Nazariy  ta‘lim  hajmi  bilim  soxalariga  qarab  fanlar  bloklari  bo‘yicha  quydagicha 
taqsimlanadi:   
 
gumanitir va ijtimoiy iqtisodiy fanlar-23-25 foiz; 
matematik va tabiy-ilmiy fanlar-8-25 foiz;  
umumkasbiy fanlar-35-50 foiz; 
. ixtisoslik fanlari-9-10 foiz; 
. qo‘shimcha fanlar; 
O‘quv yilida ta‘til davrining umumiy hajmi 7-10 xafta qilib belgilanadi. 
    Bakalavriat yo‘nalishi o‘quv rejasining namunasi 
     1-jadvalda keltirilgan. 
     
            8.5.2. Magistratura 
 
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadannta tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan 
o‘quv yuklamasining  eng  yuqori  hajmi  haftasiga  54  soat  belgilangan. Kunduzi 
o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlari va ilmiy faoliyatining eng yuqori hajmi 
36 soat qilib belgilanishi lozim. 
    O‘quv davraning umumiy hajmi quydagicha taqsimlaydi; 
        nazariy ta‘lim – 30-40 foiz  ; 
        . attestasiyasi – 4-7 foiz; 
        . ta‘til -13-16 foiz; 
        . ilmiy faoliyat -40-50 foiz.   
          Ilmiy faoliyat quydagilardan iborat bo‘lishi lizim:      
 
        . ilmiy- tadqiqot ishlari – 53-57 foiz; 
        . ilmiy-pedagogik ishlar – 28-22 foiz; 
        . magistrlik dessetasiyasini tayorlash – 19-21 foiz; 
          Nazariy  ta‘lim  hajmi  magistratura  mutaxassisligiga  qarab  fanlar  bloklari 
bo‘yicha quydagicha taqsimlanadi: 
           umummetodologik fanlar- 30-45 foiz; 
           . mutaxassislik fanlari – 55-70foiz. 
           Magistratura o‘quv rejasining namunasi 2-jadvalda keltirgan.    
          
             8.6 Kadrlar tayorlash sifati va oliy ta‘lim 
                   Muassasalari faoliyatini baholash  
 
8.6.1. Kadrlar tayorlash sifatini nazorat qilish 
Bakalavriat  yo‘nalishlari  va  magistratura  mutaxassisliklari  bo‘yicha  kadrlar 
tayorlash sifatini nazorat qilish quydagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
Ichki nazorat oliy ta‘lim muassalari tomonidan amalgam oshiriladi. 
Ichki  nazorat  oliy  ta‘limni  boshqarish  bo‘yicha  vakolati  davlat  organi, tomonidan 
tasdiqlangan Reytining nazorat tizim xaqidagi nizom asosida o‘tkaziladi; 
       Yakuniy  davlat  nazorati  oliy  ta‘lim  yo‘nalishlari  va  mutaxassisliklari 
bo‘yicha davlat ta‘lim standartlariga muofiq ravishda o‘quv fanlari bo‘yicha davlat 

 
56 
attestasiyasini,  bakalavr  uchun  bituruv  ishi    yoki  magistr  uchun  dessertasiyasi 
ximoyasini o‘z ichiga oladi; 
Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling