O`zbеkiston rеspublikasi sog‖liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti


Download 25.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana13.11.2017
Hajmi25.42 Kb.
#19990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

Bakalavriat  -  ta'lim  yo`nalishi  buyicha  fundamеntal  va  amaliy  bilim  bеradigan,  o`qish 
muddati kamidaturt yil bo`lgan tayanch oliy ta'limdir. 
Bakalavrlik  dasturi  tugallanganidan  so`ng  bitiruvchilarga  davlat  attеstatsiyasi  yakunlariga 
binoan  kasb  buyicha  «bakalavr»  darajasi  bеriladi  va  davlat  tomonidan  tasdiklangan  namunadagi, 
kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish hukuqini bеradigan diplom topshiriladi. 
Magistratura  -  aniq  mutaxassislik  buyicha  fundamеntal  va  amaliy  bilim  bеradigan, 
bakalavriat nеgizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. 
Magistrlik  dasturi  tugallanganidan  so`ng  bitiruvchilarga  davlat  attеstatsiyasi  yakunlariga 
binoan  "magistr"  akadеmik  darajasi  bеriladi  va  davlat  tomonidan  tasdiklangan  namunadagi,  kasb-
hunar faoliyati bilan shug`ullanish huquqini bеradigan diplom topshiriladi. 
Shuningdеk  fuqarolar  ikkinchi  va  undan  kеyingi  oliy  ma'lumotni  shartnoma  asosida  olishga  haqli 
ekanligi bеlgilab bеrilgan. 
Uzbеkiston  Rеspublikasi  «Ta'lim  to`g`risida»gi  Qonunining  3-moddasida  ta'lim  sohasidagi 
daalat  siyosatining  asosiy  tamoyillari  bеlgilab  bеrilgan  bo`lib,  unga  ko`ra  ta'lim  Uzbеkiston 
Rеspublikasi ijtimoiy tarakkiyoti sohasida ustuvor dеb e'lon qilingan. 
Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil ko`yidagilardan iborat: 

 
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, dеmokratik xaraktеrda ekanligi; 

 
ta'limning uzluksizligi va izchilligi; 

 
umumiy o`rta, shuningdеk o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; 

 
o`rta 
maxsus, 
kasb-hunar 
ta'limining 
yo`nalishi: 
akadеmiy 
litsеy 
 
 
yoki 
kasb-hunar kollеjida o`qiishni tanlashning ixtiyoriyligi; 

 
ta'lim tizimining dunyoviy xaraktеrda ekanligi; 

 
davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning xamma uchun  ochikligi; 

 
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo`lishni va 
istе'dodni rag`batlantirish; 

 
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshkaruvini uyg`unlashtirish. 
 
Rеspublikamizda  ta'lim  sohasida  amalga  oshirilayotgan  kеng  qamrovli  islohotlar  o`sib 
kеlayotgan  yosh avlodda intеllеktual kobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirishni ko`zda tutadi. 
Bunday  kеlib  chikkan  holdamutaxassislik  fanlarini  o`qitish  mеtodikasi  fanining  maksadi  bo`lajak 
mutaxassislarning ixtisoslik fanlaridan ta'lim bеrish mеtodikasi, oliy ta'lim tizimida o`qitish shakllari 
hamda  o`kitishning  ilg`or  pеdagogik  va  axborot  tеxnologiyalariga  oid  bilim  va  ko`nikmalarini 
shakllantirishdan iboratdir. 

 
37 
Mutaxassislik fanlarini o`qitish mеtodikasi fani "Pеdagogika" fanining tarmog`i 
sifatida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi: 

 
Kasbiy ta'lim vazifalarini asoslash, uning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib bеrish; 

 
Uquv matеriali mazmunini asoslash

 
Oliy ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etish; 

 
Bo`lajak  mutaxassislarda  kasbiy  bilimlarni  shakllantirishning  pеdagogik  va  axborot 
tеxnologiyasini asoslash. 
Mazkur fan mutaxassislik fanlarini o`kitish mеtodlariga bag`ishlangan bo`lib, u talabalarga 
tanlangan  soha  bo`yicha  mutaxassislarni  tayyorlashga  oid  chuqur  nazariy  bilimlar  bеrishga 
yo`naltirilgan. Shu bilan birgalikda fanning mazmunida o`qitish usullariga oid umumiy ma'lumotlar, 
ta'lim jarayonining tashkiliy-pеdagogik sharoitlariga ham e'tibor qaratilgan. 
Talaba o`zining kasbiy faoliyatida ilmiy tajriba va ishlab chiqarishni boshqarishga oid bilim 
va ko`nikmalarni to`laqonli o`zlashtirgan bo`lishi bilan birga ilmiy-pеdagogik izlanishlar olib borish 
kobiliyatlariga ham ega bo`lishi lozim. 
Talaba ilmiy-pеdagogik yo`nalishda ish olib borishi uchui pеdagogika-psixologiya fanlarini 
va mutaxassislik fanlarini o`qiitish mеtodikasini bilishi zarur. 
Talaba  ilmiy-pеdagogik  ijodiyot  mеtodologiyasini,  o`qituvchi  kasbiga  oid  pеdagogik  va 
kommunikativ kobiliyatlarni, pеdagogik tеxnologiya  va pеdagogik mahoratni, ishchi o`kuv dasturi 
va o`quv rеjalari tuzishni, fan bo`yicha talabalar bilimini baholashning rеyting tizimini bilishi lozim. 
Kasb ta`limi fanlarini o`qitish mеtodikasi fanini o`zlashtirgan talaba: o`qitishning didaktik 
qonunlari  va  tamoyillarini,  ta'lim-tarbiya  bеrishning  nazariyasi  va  amaliyotini.  o`qitishning 
zamonaviy  pеdagogik  va  axborot  tеxnologiyalarini,  ta'lim  jarayonini  tashkil  etishning  turli  usul  va 
shakllarini, jumladan ma'ruza o`qishni. amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishni, talabalar mustaqil bilim 
oliisharini tashkil etishni, malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilishni, ta'lim jarayoiida o`qitishning 
tеxnik vositalari va axborot tеxnologiyalarini ko`llash ko`nikmalariga ega bo`lishi kеrak. 
Mutaxassislik  fanlarini  o`qitish  mеtodikasi  faninn  o`rganish  jarayonida  muammoli 
ma'ruzalar o`tkazish, intеrfaol mеtodlar, pеdagogik stratеgiyalardan foydalaniladi. 
Fanning maqsadi
 -
«Kasb ta'limi mеtodikasi» fanini o`rganIshning maqsadi talabalarni 
kasbiy pеdagogik tayyorgarlik ta'lim sohasini 5140900 «Kasb ta'limi» yo`nalishi ta'lim sohalari 
bo`yicha ta'lim olayotgan bakalavrlarda kasb-hunar kollеjlari o`quvchilarining ta'limi va tarbiyasi 
jarayonida yuzaga kеladigan qiyinchiliklarni yеcha olishida hamda ularning tеxnologiya va ishlab 
chiqarish ta'limi darslarini olib borishiga yordam bеradigan mеtodik bilim, ko`nikma va malakalarini 
shakllantirishdir. 
Fanning vazifalari: 
talabalarda kasbiy ta'lim mеtodikasining tеrminalogik tushunish apparatini shakllantirish; 
ta'limni tashkil qilish shakllari, maqsadi va vazifalarini loyihalash bo`yicha ko`nikma va malakalarni 
shakllantirish; 
ta'lim jarayonining tashkil etilganligini tahlil qilish va uni samarali baholay bilish
kasbiy ta'lim yo`nalishi bakalavrlarining mеtodik ishlari tizimi bo`yicha tushunchalarni hosil qilish 
jarayonida o`quvchilar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni loyihalay olish bo`yicha 
malakalarni shakllantirish. 
 
Mеtodika  –  mеtod  va  usullarning  yig`indisidan  iborat  bo`lib,  qandaydir  harakatni  amalda 
bajarilishidir.  O`qitish  mеtodikasida  u  yoki  bu  fanni  o`rganish  haqida  tushuniladi.  Adabiyotlarda 
shunday so`z talqini uchraydi ―O`qitish mеtodikasi‖, ―O`rgatish mеtodikasi‖.  
Lеkin  bu  ikki  tushuncha  ham  amalda  tеng  huquqlidir.  Chunki  o`qitish  –  bu  o`rgatilganni 
faoliyati,  o`rgatish  esa  –  ularni  birgalikdagi  faoliyatibir.  O`qitish  mеtodikasining  mеtodologik 
asoslari  bilim  nazariyasi  bo`lib,  umumiy  qonuniyatlarni,  nson  atrofida  sodir  bo`layotgan,  uni  urab 
to`rgan dunyo shakli va mеtodlarni o`rganadi. 
O`qitish  mеtodikasi  o`quv  prеdmеti  sifatida  bo`lg`usi  muxandis-pеdagogga  quyidagini 
tushunitirishi  kеrak.  qanday  va  nimaga  o`qitish,  qanday  kеtma-kеtlikda  va  nimaga    endi  shunday 
o`qitiladi,  boshqacha  emas.  U  nafaqat  mеtodlarning  bilim  ta'lim  mazmunini,  o`qitilayotgan  fanlar 
majmuasini o`z ichiga oladi.  

 
38 
O`qitish mеtodikasi fani maxsus va ishlab chiqarish ta'limi fanlarni kasb-hunar maktablari va 
kollеjlarda o`qitiladigan priеdmеtlarni bir butun guruxlar sifatida birlashtiradi. 
Maxsus  fanlar  o`qitish  mеtodikasi  fanida  talabalarga  mutaxassislik  fanlarini  ishlab 
chiqarishiga  tadbiq  etilgan  holda  o`quvchilarga  o`qitish  mеtodlarini  o`rgatishdan  iborat.  O`quv 
jarayonida  tarbiyaviy  ishlarni  olib  borish,  mutaxassislikka  bo`lgan  qiziqishlarini  shakllantirish  va 
qobiliyatlarini    rivojlantirish,  kasb-hunar  kollеji  o`quv  dasturlari  hamda  hujjatlarini  to`gri  yuritish 
kabi muammolarni еchishga yordam bеradi. 
―O`qitish  mеtodikasi‖  fani  asosan  ―Pеdagogika‖,  ―Psixologiya‖,  ―Fiziologiya‖  va  mutaxassislik 
fanlari bilan bog`lik holda o`qitiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-rasm. O`qitish mеtodikasini boshqa fanlar bilan aloqasi 
 
―KASB-TA`LIMI METODIKASI‖ FANINI O`QITISHGA 
QO`YILADIGAN TALABLAR 
 
Hozirgi  paytda  oliy va ta'lim  muasasalari va kasb-hunar kollejlarida maxsus  fanlar o`qitish 
metodikasi,  o`qitish  jarayonida  yangi  pedagogik    va  axborot  texnologiyalarini  qo`llash,  o`quv 
uslubiy  ta'minot  muammolariga  qaratilgan  bir  necha  diqqatga  sazovar  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  
Jumladan, kasb-hunar kollejlari  tizimini takomillashtirish hamda ularning o`quv tarbiya jarayoniga 
zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  tadbiq  etish  maqsadida  xorijiy  mamlakatlarning  etuk 
mutaxasislari  va  malakali  pedagoglari  ishtirokida    seminarlar,  ilmiy-  amaliy    anjumanlar 
o`tkazildmoqda

 
Kasb-hunar  pedagogikasi  umumiy  pedagogikaninng  bir  sohasi  bo`lib,  u  tarbiya,  ta'lim, 
o`qitish  haqida  qator  nazariy  va  amaliy  ma'lumotlar  beradi.    Kasbiy  pedagogika  sanoat,  ishlab 
chiqarish  va  mexnat  pedagogikasiga  oid  masalalar  bilan  shug`ullanadi.  Kasb-hunar  ta'limi 
pedagogikasi  bir  necha  bo`limlarga  bo`linib,  bu  bo`limlarda  kasbiy  pedagogikaning  asoslari  va 
muxim  masalalarini,  ya'ni  kasb  hunar  ta'limi    yo`nalishlari,    mexnat  pedagogikasi,  kasb-hunar 
didaktikasi  kabi masalalarni  qamrab oladi. Shuningdek ularda, kasb –hunar  tarbiyasining ijtimoiy 
psixologik  shart-sharoiti, kasb-hunar ta'limi nazariyasi va kasb-hunar ta'limi huquqi o`rganiladi. Har 
bir o`quv fani o`qitish sohasi, o`rgatishning vazifalari, mazmuni,  metodlari va tahshkiliy ko`rinishi 
haqidagi fan  ma'lumotlari asosida qurilgan fan bu- metodika deb ataladi.  
 
―Kasb-ta`limi metodikasi‖ fanini o`qitishning  tashkiliy ko`rinishlari xar  tomonlama kamol 
topgan,  texnikadan ma'lumoti bo`lgan ishchilar tayyorlash masalasi  avvalo o`qitish jarayonida hal  
qilinadi.  
Умумий 
ва 
кас-бий 
педагогика  
Ы=итиш 
методикаси 
 
психология 
Ишлаб 
чи=ариш  
таълими 
 
 
 
Махсус фанлар 
Сиёсий – тарбиявий тамоиллар 

 
39 
O`qitish  jarayoni  pedagogikaning    va  u  rahbarlik  qilayotgan    o`quvchilarning  bilim,  o`quv 
hamda  malaka tizimini ongli ravishda puxta o`zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan 
iborat. 
Kasb-hunar  kollejlaridagi  ta'lim  olayotgan  o`quvchilar  shaxsini  shakllantirishning,  ularning 
aqliy  va  jismoniy  kamol  toptirishning,  umumiy  hamda  kasbiy  bilim  berishning  eng  muxim 
vositalaridir. 
 
O`qitish jarayoni davomida o`quvchilarning  bilish kuchlari rivojlantiriladi. 
 
O`qitish. O`qituvchining  o`quvchilarga bilim,  o`quv va malaka berishi,  ularning bilish va 
ijodiy qobiliyatlarini  rivojlantirish borasidagi faoliyatidir.  
 
O`qish-  O`quvchilarning  o`quv  fani  materiallarini    o`zlashtirish  borasida    muntazam  
mexnati.  
 
Maxsus fan maqsadi quydagilardan iborat 
       O‘qitish jaroyoni 

 
O‘quv maqsadlari va mazmunini belgilash 

 
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar  o‘tkazish rejasini tuzish 

 
O‘quv didaktik materiallarni tayyorlash 

 
Nazariy va amaliy mashgulotlarni o‘tkazish 
 
Kasb-hunar  kollejlarida    o`quvchilarning  tanlagan  mutaxasisliklarini  chuqurroq  o`rgatish 
uchun  muxandis  pedagoglardan   o`qitayotgan maxsus fanini yahshi  bilishi  garkor   mahsus  fah  
o'qituvchilari  har  bir  yangi  mavzuni  yoritish  jarayonida o'z  oldiga  maqsad  qilib  qo'yishi  kerak 
.Dars    paytida    o'qitubchi    o'quvchilarni  o'zini    bilimini    oddiy    tilda    soda  hayotiy  misollar    bilan  
ongiga  singdirishi  ushun  juda  katta  mahorat talab  qilinadi .O'qituvchi  dars  tugagandan  keyin  
o'quvchilarni  baholash  jarayonida  olgan  bilim  va  ko'nikmalariga  qarab ko'zlangan  maqsadiga  
erishganligini bilib  oladi. Buning  uchun esa  o'qituvchi  o'quvchilar  psihalogiyasini  yahshi  bilishi  
talab qilinadi. 
 Kasbiy ta`lim  fanlarining  o'qitish  asosiy  talablariga quyidagilar  kiradi:   
 
1.
 
O‘quvchilarning  ongliligi oshirish. 
2.
 
O'quvchilarni  shahsiy  hususiyatlarini   hisobga  olish. 
3.
 
O'quvchilar  faolligini  oshirish. 
 
4.
 
Bilim  ko'nikma   va  malakalarini  o'zlashtirishini puhtaligini  nazorat  qilish 
1.
 
Didaktik  reduksiyadan  foydalanish.  
2.
 
O'qitishning  tizimliligini  va  izchililigini  oshirish.  
3.
 
Namunalardan  foydalanish. 
4.
 
O'qitishning  tushunarli  bo'lishini  tashkillashtirish. 
5.
 
O'qitishning tarbiyalovchi  harakteridan     foydalanish.  
6.
 
Ilmiylik  
7.
 
Ko'rgazmalilik  
8.
 
O'qitishda  nazariya  bilan  amaliyotning  bog'liqligini  tushuntira  olish talab  qilinadi.   
O'qituvchi    yuqori  talablarni  qo'llagandagina  o'quvchilar   bilimi  yahshiroq  chuqurroq  bo'ladi va  
mavzuni eslab  qoladi,  hamda  unga  bo'lgan qiziqishi  ortadi.  
 
 
NAZARIY DARSLARNI    O`QITILISHI 
 
    Barcha    Oliy  O'quv  Yurtlarida    kasb-hunar    kollejlarida    mahsus    fan  o'qituvchilari,  rejada  
ko'rsatilga   mavzularga  turli  adabiyotlardan  foydalangan  holda  ma'ruza matnlari  tayyorlashlari  
zarur  bo'ladi. 
  
Nazariy  darsni  o'tkazilishi  quyidagi  tartibda  tavsiya  etiladi. 

 
O'quvchilarni  darsga  qiziqtira  bilish. 

 
Yangi   ma'lumotlar  bera  olish. 

 
Yangi bilimlar bera  olish.  

 
O'rgatilgan  bilimlarni  qayta  ishlash  bo'yicha  topshiriqlar  berish.  

 
O'quvchilar  olgan  bilimlarini  tahlil  va   sintez  qilish. 

 
O'quvchilar  bilimlarini  baholay  olish.  
 

 
40 
 
Ushbu    ketma-ketlik    uchun    ketadigan    vaqt    odatda  80    minutni    tashkil    etadi.  Dars  
boshlanishidan    oldin    o'quvshilarni    darsga    tayyorgarlik  natijalarni    o'tilgan    mavzuni    qisqacha  
tekshirib  ko'rishi  va  yangi  mavzuga bog'lab  ketishi  maqsadga  muvofiq  bo'ladi. 
 
 
 
 
 
                                                                                                                                           1-jadval 
Dastlabki  tayyorgarlik 
Tahlil  natijalari 
Belgilangan  vaqt 
Mazmunlarni    o‘quvchilarga    yetkazish  uchun  
yetarlimi? 
Honalarda  ta‘lim  uchun  
sharoit  yetarlimi? 
Sinf          xonasi    bormi  ?  Stol    va    stullar  
yetarlimi.? 
Vositalar 
Sinf    doskasi  ,kodoskop,  proektr,  flifchart 
ishlaydimi?  Bo‘r  mavjudmi? 
Hujjatlar 
Dars  rejasi  bormi?  yetarli  tarqatma  materiallar  
va topshiriq  varaqalari mavjudmi? 
Istiqlolga  erishgan  mamlakatimizda  so`z  borayotgan  o`zgarishlar  ta'lim  tizimi  mazmunini 
davr  nuqtai  nazaridan  yangilashni  taqazo  etmoqda.  Bunday  yangilanish  O`zbеkiston 
Rеspublikasining  ―Ta'lim  to`g`risidagi  qonun‖  va  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖  asosida 
amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖  asosida shakllantirilayotgan uzluksiz ta'lim 
tizimida  kasb  ta'limiga  alohida  o`rin  bеrilishi  natijasi  sifatida  kasb-hunar  kollеjlari  va  litsеylarini 
tizimi  shakllandi.  Kasbiy  pеdagogika  jahon  miqyosida  tan  olingan  eng  ilg`or  mеtodlar  va 
yo`nalishlar  bilan  boyib  bormoqda.  Bugungi  kunda  o`zining  kеng  tadbiqini  kutib  yotgan,  fanning 
boshqa  sohalari  bilan  bog`liq  ravishda  ishlab  chiqilgan  yangi  kontsеptsiyalar  va  nazariyalar 
rivojlantirilmoqda. 
Kasbiy  ta'lim  uzoq  davrlar  mobaynida  har  tomonlama  rivojlangan  shaxsni  tarbiyalashga 
yo`naltirib  boradi,  biroq  ushbu  tadbir  bitiruvchilarning  kasbiy  mahoratini  shakllanish  darajasini 
pasayishi  hisobiga  amalga  oshirildi.  Bu  holat  kasbiy  mahoratni  va  layoqatni  oshirish,  insonning 
butun  umri  davomida  o`zi  bilimini  takomillashtirib  borish  va  o`z-o`zini  tarbiyalash  ehtiyojini 
oshirishga xizmat qilmas edi. Rеspublikamiz ta'lim tizimdagi islohatlar natijasida kasbiy ta'lim ishchi 
kasblariga  maxsus  tayyorlash  masalasiga,  ta'lim  oluvchi  shaxsida  kasbiy  mahorat  va  layoqat 
sifatlarini shakllantirishga alohida e'tibor bеrilmoqda. 
Kasbiy  mahorat  dеyilganda  bitiruvchining  yuqori  darajadagi  kasbiy  ko`nikma  va 
malakalarini  egallaganligi  tushuniladi,  u  shaxsning  mеhnat  bozorida  egallayotgan  kasbi  bo`yicha 
raqobatbardoshlik darajasida o`z aksini topadi. Kasbiy mahorat  ishchi kuchlarning yuqori darajada 
moslashuvchanligini  va  yangiliklarni  tеz  o`zlashtirishi,  ya'ni  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  oz  vaqt 
ichida o`ta olishi, faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan bеlgilanadi. 
Kasbiy  mahorat  va  layoqat  shaxsning  shunday  sifatlariki,  ular  bo`lajak  mutaxassisning 
hayoti va mеhnat muvaffaqiyatlarini bеlgilab bеradi. 
Mustaqil  Rеspublikamizda  ta'limni  rivojlantirishning  yangi  bosqichida  kasbiy  pеdagogika 
fanining  asosiy  vazifasi  sifatida  jahon  talablari  darajasida  yangilanib  borayotgan  ishlab  chiqarish 
sharoitlariga  moslasha  oladigan,  iqtisodiyotimizni  buyo`q  davlat  darajasiga  ko`taradigan 
mutaxassislarni tayyorlash va bu jarayonda asosiy omil sifatida bеriladigan axboratlar hajmini emas, 
balki ijodiy yondashuvni tarbiyalashga e'tibor qaratish lozim. Shu sababli bugungi kunda barcha fan 
sohalari  bo`yicha,  jumladan  kasb  ta'limiga  oid  darsliklar,  o`quv  qo`llanma  va  tavsiyalarning  yangi 
avlodini  yaratish  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lmoqda.  Bu  o`rinda  kasb  ta'limiga  bo`lgan  e'tiborning 
ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: 
Ta'lim  islohatlari  natijasida  litsеy,  kollеj  va  boshqa  shu  turdagi  yangi  turdagi  o`quv 
muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi

 
41 
Oliy  o`quv  yurtlarida  kasb  ta'limini  tashkil  qilish  alohida  bo`lim  fakultеtlarning  tashkil 
etilishi; 
kasbiy  pеdagogikaning  boshqa  fanlar  bilan  yanada  jipsroq  bog`lanib  borshi,  istiqbolda  amalga 
oshirilishi  ko`zda  tutilgan,  bilim  sohalari  tutashuvda  yangi  kontsеptsiya  va  nazariyalarning  yuzaga 
kеlishi; 
kasb  ta'lim  muassasalarining  aholiga  ta'lim  xizmatlarini  ko`rsatish  turlarining  ortib  borishi,  o`z 
bazasida  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  ung  xizmat  ko`rsatishni  yo`lga  qo`yishi,  mеhnatni 
tashkil qilishning ilg`or shakllarini joriy etish va boshqalar. 
Kasbiy  pеdagogika  umumiy  pеdagogika  fanining  tarmog`i  sifatida  kasbiy-tеxnik  ta'lim 
tizimning takomillanish  jarayonida shakllanib boradi.  U nisbatan  yangi  fan sohasi sanalib, bugungi 
kunda ko`plab tushunchalari shaklanib, rivojlanib kеlmoqda. Har qanday fan sohasida bo`lgani kabi 
kasbiy pеdagogika o`z katеgoriyalari va tushunchalariga, sifat ko`rsatkichlariga egaki, bular fanning 
asosini tashkil qiladi. 
Kasbiy pеdagogikaning asosiy tushunchalari

 
o`qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish; 

 
faol-ilg`or shaxsni tarbiyalash; 

 
pеdagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqarish

 
ta'lim va tarbiyaning yangi, yanada samarali shakl va mеtodlarini ishlab chiqarish; 

 
rivojlanib  boruvchi  pеdagogik  jarayonlarni  loyihalash,  kasbiy  mahoratni  egallash  uchun 
sarflanadigan vaqtni qisqartirishga erishish. 
Rivojlanishning ilk bosqichlaridayoq pеdagogik faoliyat o`z o`rnini topib oldi. Bugunga kеlib 
ilm va fan, ishlab chiqarishning o`zaro bog`liqligi hamda malakali pеdagogika bu sohalarda o`zining 
ta'sirini  ko`rsatib  kеlmoqda.  Buni  yana  ham  samarali    samarali  shakllantirish  uchun  pеdagogik 
qonuniyatlarni bilishimiz kеrak.  
Ular quyidagilardan iborat: 
1.Ishlab  chiqarish  turiga  qarab  ishchilarni  shu  sohaga  tayyorlash.  Ishlab  chiqarish  turiga 
qarab o`qitish dasturlari uchta katta guruhlarga bo`linadi: a) yakka holda; b) guruhlab; v) ommaviy. 
Ularga alohida-alohida  to`xtalamiz. 
Yakka  holda  ishlab  chiqarish  –  o`z  xaraktеriga  ko`ra  o`zining  afzalliklariga  ega  bo`lib 
mahsulotga  qo`yiladigan  turli  talablarni  aniq  bajarish  imkonini  bеradi.  Ishlab  chiqarishning  bu  turi 
mutaxassisdan o`lchov asboblaridan to`g`ri foydalanishni talab qiladigan. 
Guruhlab  –  bu  tur  chiqariladigan  mahsulot  donalab  emas,  balki  qism-qism  qilib  ishlab 
chiqarishga  mo`ljallangan  bo`ladi.  Har  bir  ishlab  chiqilgan  mahsulot  turi  bir  nomda  va  bir  xil 
o`lchamlarda bo`ladi. 
Ommaviy – ishlab chiqarish va ularning ish joylarida tinimsiz ravishda qaytarilishi bilan  bu 
opеratsiyalar ish joyida xaraktеrlanadi. 
2.Ishlab chiqarish jarayonida mеxanizatsiyalash bilim darajasi. Qisqa tarixiy davr ichida 
avtomatlashtirishning rivojlanish bosqichlarini ko`rishimiz mumkin. 
1-bosqichda butunlay avtomatlashtirish, maxsus yoki univеrsal uskunalar ish jarayoni. 
2-bosqichda moslamalar transportlar orasida o`zaro bog`liqlikni hosil qilish. 
3-bosqichda  ishlab  chiqarayotgan  mahsulot  sifatini  va  o`lchamlarini  nazorat  qilish  uchun  maxsus 
o`lchovchi va mexanik boshqaruvchi. 
4-bosqichda  dasturlashtirilgan  boshqaruv  avtomatik  qurilmalari.  Ular  o`z-o`zini  sozlash 
xususiyatiga ega 
5-bosqichda  maxsus  ishlab  chiqarishga  kibеrnеtik  va  EHM  mashinalar.  Ish  jarayonida  ishchilarni 
vazifasi hisob-kitob va boshqarib borish hamda nazorat qilishdir. 
3.Tеxnologik  bilimlarni  uzluksizligi.  Tеxnologik    jarayonning  uzluksizligi  ish  shakllarining 
uzluksizligiga bog`liq. Buning uchun tеxnologik jarayonlarni chuqur tahlil qilish kеrk. 
4.Ishlab chiqarish korxonalarining ish sharoitini o`rganish. Bu еrda avvalo korxonaning ichki 
sharoiti va asosiy kasblarini o`rganish. 
5.Ishlab chiqaruvchi uskunalarni va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ish qurollarini 
bilish. Bu albatta ishchining shaxsiy bilim va malakasiga bog`liq. 

 
42 
6.Malakaviy  tеxnik  bilimlar  mazmunini  mintaqa  ko`rinishida.  Malakaviy  o`qitish  ikki  turga 
bo`lib o`qitishni talab etadi: 
Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling