O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet21/39
Sana28.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39

 
 
PROPAFENON
NING   TAHLILI 
1. Dragendorf reaktivi bilan reaksiya. Buyum oynasida 1-2 tomchi tekshiriluvchi 
xloroformli eritma uchirilgach qoldiqqa, so‗ng 1-2 tomchi Dragendorf reaktivi 
qo‗shilsa, zarg‗aldoq-kungir rangli mahsulot hosil bo‗ladi.   
 
II-fizik kimyoviy usullarda tahlili 
1. YUQX tahlili:  
Tayyor  plastinkalar    «Silufol  UV-254»  va    «Mersk»  firmasining  silikagelli 
plastinkalari kullaniladi. 
Ochuvchi  reagent  sifatida:  Mune  buyicha  modifikatsiyalangan  Dragendorf 
reaktivi,  Erlix reaktivi eritmasi, UB-nurida  254 va 366 nm kurish mumkin. 
Oz miqdorda qolgan eritmani xromatografik plastinkaga kapilyar yordamida start 
chizig‗iga tomizib, 
Propafenon
ni 10 – 15 mkg miqdorda guvoh eritmasi tomiziladi. 
Organik erituvchilar sistemasi olinadi va qo‗zg‗aluvchi faza 10 sm  ga ko‗tarilgach  
plastinkani  kameradan  chiqarib  olib  issiq  havo  yordamida  erituvchi  sistemani 
plastinkadan  uchirilib  yuboriladi.  Tekshiruvchi  moddani  aniqlash  maqsadida 
plastinka  ochuvchi  reaktiv  bilan  purkalganda  rangli  dog‗  va  ularning  Rf  qiymati 
bo‗yicha  moddaning  borligi  aniqlanadi.  Qo‗zg‗aluvchi  faza  sifatida  quyidagi 
umumiy erituvchilar sistemasidan foydalanish mumkin. 
Umumiy  erituvchi sistemalari: 
Xloroform-atseton- 30% uksusnaya kislota –etanol (16:4:1:9)  - Rf  0,70 (0,75) 
Xloroform-atseton- 30% uksusnaya kislota- etanol (18:2:1:9) - Rf 0,52(0,53) 
Xloroform-etilatsetat-etanol (10:3: 1)-Rf 0,40(0,42) 
 
a)
           b)    
 
 
2.
 
YUqori samarali suyuqlik xromatografiyasi:  

195 
 
Agilent Technologies  firmasining xromatografi: Agilent 1100 series modeli UB-
detektor va Rheodyne tipidagi injektor bilan ta‘minlangan. 
kolonka  –  Spherisorb  SCN    (4,6  x150  mm,  3  mkm),  tempratura  xona  xarorati; 
mobil  faza  –  atsetonitrila  va  bufernogo  eritma  rN  6,0  (50:50  xajm/xajm).  Bufer 
eritma:  1  l  da  7,7  g  atsetata  ammoniya  saqlagan  suv  va  sirka  kislota  qo‗shilganda 
muhiti  rN=6,0  ni  tashkil  qiladi;  detektor  -  UB  –  diod.  Deteksiyalash  242  nmda; 
Tahlil  jarayonida 
Propafenonning 
ushlanish  vaqti  3,4  daqiqaga  teng  bo‗ladi.  
Elyuent okimi tezligi – 0,7 ml/min. 
 
 
 
 
 
QO‗LLANILISHI: 
YUrak  ishemik  kasalligi,  stenokardiya  (zo‗rayish,  tinchlik  va  barqaror 
bo‗lmagan),  arterial  gipertenziya,  gipertonik  kriz,  mitral  klapanning  prolapsi, 
gipertonik  tur  neyrotsirkulyator  distoniya,  essensial  va  qarilik  tremori,  abstinent 
sindromidagi tremor. 
Davolash  va  oldini  olish:  miokard  infarkti;  ritmni  buzilishi  (shu  jumladan 
umumiy  anesteziyada,  tug‗ma  uzaygan  QT  intervali  sindromida,  surunkali  yurak 
etishmovchiligining  belgilari  bo‗lmagan  miokard  infarktida,  tireotoksikozda), 
sinusli taxikardiya, paroksizmal bo‗lmacha taxikardiyasi, qorincha usti va qorincha 
ekstrasistoliyasi,  qorincha  usti  va  qorincha  taxikardiyasi,  lipillovchi  taxikardiya, 
bo‗lmachalarning titrashi. 
  FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  
Asosan  yurakning  b
1
-adrenopetseptorlariga  ta‘sir  qiluvchi  beta-adrenoblokator. 
Antianginal,  aritmiyaga  qarshi  va  gipotenziv  ta‘sir  ko‗rsatadi.  YUrakka  simpatik 
innervatsiyaning rag‗batlantiruvchi ta‘sirini kamaytiradi. Atenolol sinus tugunining 
avtomatizmini,  yurakning  qisqarishlari  sonini,  miokardning  qisqaruvchanligini 
kamaytiradi,  atrioventrikulyar  o‗tkazuvchanlikni  sekinlashtiradi,  miokardning 
qo‗zg‗aluvchanligini kamaytiradi, yurakning kislorodga bo‗lgan talabini pasaytiradi. 
O‗rtacha  terapevtik  dozalarda  qo‗llanganida  bronxlarning  va  periferik 
arteriyalarning  silliq  mushaklariga,  noselektiv  beta-adrenoblokatorlarga  nisbatan 
kamroq  ta‘sir  ko‗rsatdi.  Muntazam  qo‗llanganida  arterial  bosimni  asta-sekin 

196 
 
tushishini  chaqiradi.  Gipotenziv  samarasi  davolashning  ikkinchi  haftasini  oxirida 
barqarorlashadi. 
 NOJO‗YA TA‘SIRI:  
Bosh  aylanishi,  bosh  og‗rig‗i,  charchoqlik  hissi,  depressiv  holatlar,  uyquni 
buzilishi,  bradikardiya,  atrioventrikulyar  o‗tkazuvchanlikning  buzilishi,  arterial 
gipotenziya,  oyoq-qo‗llarning  sovuq  qotishini  xis  qilish,  yurak  etishmovchiligi 
belgilarini paydo bo‗lishi. 
Antigipertenziv terapiyaning masalalari: 

 
Ma‘lum bir bemor uchun optimal yoki maqsadli bo‗lgan QB darajasiga 
erishish <140/90 mm s.u. 

 
Nishon a‘zolarini shikastlanishini kuchayishini to‗xtatish yoki sekinlashtirish. 

 
YUrak-qon tomir tizimi tomonidan asoratlarni rivojlanishini bartaraf etish. 
Davolashning  asosiy  vositalariga  AGdan  o‗limni  va  uning  asoratlarini 
kamaytirishda o‗zining samaradorligini isbotlagan besh guruh dori vositalari kiradi 
(isbotlash darajasi A): 
- Diuretiklar 
- Beta-adrenoblokatorlar 
- Angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari, 
- Kalsiy antagonistlari 
- Angiotenzin II retseptorlari blokatorlari. 
Ulardan va ularning kombinatsiyalaridan antigipertenziv daolash boshlanadi. 
Birga berish mumkin emas: 
-  Diuretiklar  va  beta-blokatorlarni:  ikkala  guruh  preparatlarini  diabetogen  ta‘siri 
yuqori bo‗lgani uchun; 
-  Kaliy  saqlovchi  diuretiklar  va  angiotenzin  aylantiruvchi  ferment  ingibitorlari 
yoki angiotenzin II retseptorlari blokatorlari: giperkaliemiya rivojlanishi mumkin; 
- Beta-blokatorlar  va nodigidropiridin qatordagi kalsiy antagonistlari (verapamil, 
diltiazem):  bradikardiya,  atrioventrikulyar  qamal  rivojlanish  ehtimolligi  oshishi, 
miokardning qisqarish xossasi kamayishi mumkin; 
-  Alfa-blokatorlar  digidropiridin  qatordagi  kalsiy  antagonistlari:  birinchidan 
renin-angiotenzin  tizimini  faolligini  oshiradi,  davolashga  tez  turg‗unlik  hosil 
bo‗ladi, ikkinchidan reflektor taxikardiya rivojlanishi hisobiga miokardni kislorodga 
bo‗lgan talabi oshishi mumkin va stenokardiya hurujlari ko‗payishi mumkin. 
-  Angiotenzin  aylantiruvchi  ferment  ingibitorlari  va  angiotenzin  II  retseptorlari 
blokatorlari birga berish mumkin emas, chunki giprekaliemiya  va surunkali buyrak 
etishmovchiligini oshirishi mumkin. 
ATENOLOLNING   TAHLILI 

197 
 
1. Dragendorf reaktivi bilan reaksiya. Buyum oynasida 1-2 tomchi tekshiriluvchi 
xloroformli eritma uchirilgach qoldiqqa, so‗ng 1-2 tomchi Dragendorf reaktivi 
qo‗shilsa, zarg‗aldoq-kungir rangli mahsulot hosil bo‗ladi.   
I-fizik kimyoviy usullarda tahlili 
1. YUQX tahlili:    
Tayyor  plastinkalar    «Silufol  UV-254»  va    «Mersk»  firmasining  silikagelli 
plastinkalari kullaniladi. 
Ochuvchi  reagent  sifatida:  Mune  buyicha  modifikatsiyalangan  Dragendorf 
reaktivi,  Bushard reaktivi, UB-nurida  254 nm kurish mumkin. 
Oz miqdorda qolgan eritmani xromatografik plastinkaga kapilyar yordamida start 
chizig‗iga  tomizib,  atenololni  10  –  15  mkg  miqdorda  guvoh  eritmasi  tomiziladi. 
Organik erituvchilar sistemasi olinadi va qo‗zg‗aluvchi faza 10 sm  ga ko‗tarilgach  
plastinkani  kameradan  chiqarib  olib  issiq  havo  yordamida  erituvchi  sistemani 
plastinkadan  uchirilib  yuboriladi.  Tekshiruvchi  moddani  aniqlash  maqsadida 
plastinka  ochuvchi  reaktiv  bilan  purkalganda  rangli  dog‗  va  ularning  Rf  qiymati 
bo‗yicha  moddaning  borligi  aniqlanadi.  Qo‗zg‗aluvchi  faza  sifatida  quyidagi 
umumiy erituvchilar sistemasidan foydalanish mumkin. 
Umumiy  erituvchi sistemalari: 
Xloroform-etanol-muravinaya kislota (17:2:1)  - Rf  0,36 (0,34) 
Etilatsetat-metanol-uksusnaya kislota (10:1:0,5)- Rf 0,42(0,36) 
Xloroform-etilatsetat-etanol-muravinaya kislota (12:3:2:1)-Rf 0,50(0,47) 
Xloroform-etanol (4:1) -Rf 0,30(0,27) 
4.
 
YUqori samarali suyuqlik xromatografiyasi:  
Agilent Technologies  firmasining xromatografi: Agilent 1100 series modeli UB-
detektor va Rheodyne tipidagi injektor bilan ta‘minlangan. 
kolonka  –  Zorbax Eclipse XDV  S-8  (4,6 x150 mm, 5  mkm), tempratura xona 
xarorati;  mobil  faza  –tetragidrofuran  (0,8g  oktansulfonat  i  0,4g  tetraetilammoniy 
gidrosulfonat  v  1  l),  metanol  i  kaliya  gidrofosfat  rN=3,0  (20:180:800),  detektor  - 
UB – diod. Deteksiyalash 226 nmda; Tahlil jarayonida ushlanish vaqti 4,0 daqiqaga 
teng bo‗ladi.  Elyuent okimi tezligi – 0,7 ml/min. 
5.
 
UB-spektrlari:  etanoldagi  eritmasi  275 nm(E
1%
1sm
=51,2; ε=1364) va 283 nm 
to‗lqin uzunligida maksimal nur yutadi.  
6.
 
Termodesorbsion sirt ionlashuv spektroskopik tahlili. 
Atenololni  termodesorbsion  sirt  ionlashuv  spektroskopik  tahlili  quyidagi 
sharoitda  olib  borildi:  emitter  harorati  390’420
0
S,  emitter  kuchlanishi  –  400  V, 
spektrlarni yozib olish bevosita kompyuter dasturi yordamida amalga oshirildi. 
atenololning TDPIS taxlilida ~172±5
0
S va 280

±5
0
S harorat oralig‗ida atenololga 
xos  chiziqli  cho‗qqilarning  paydo  bo‗lishi  kuzatiladi.  Olingan  termodesorbsion 

198 
 
spektrlarni  kompyuterning  ma‘lumotlar  bankiga  etalon  spektr  sifatida  yozib 
qo‗yiladi. Usulning sezgirlik darajasi 10
-7
 g ni tashkil qiladi. 
Miqdoriy tahlili. 
1. UB spektrofotometrik usulda. 
2. YUSSX usullarida aniqlanadi. 
 
23-MA`RUZA. ANTIDEPRESSANT DORI VOSITALARI. 
AMITRIPTILLIN, VENFLAKSASIN, MIRTAZAPIN, FLUOKSETIN. 
TOKSIKOLOGIK AHAMIYATI VA TAHLIL USULLARI. 
Ma‘ruza  rejasi: Antidepressantlarni fizik-kimyoviy tahlil usullari bo‗yicha sifat 
va miqdoriy tahlili 
 
Psixotrop  dori  vositalari  orasida  eng  tez  rivojlanib  borayotgan  sinflardan  biri-
antidepressantlar  hisoblanadi.  Antidepressantlar  —  psixotrop  dori  vositalari  bo‗lib, 
depressiyani  davolashda  ishlatiladi.    U  depressiya  holatidagi  bemorni  kayfiyatini 
yaxshilaydi, siqilish, bo‗shashishlarni kamaytiradi, psixik faollikni oshiradi, uyqu va 
ishtahani  normallashtiradi.  
Birinchi avlod antidepressantlar  
Birinchi  tritsiklik  antidepressant  imipramin  1957  yil  sintez  qilingan.Keyinchalik 
amitriptillin sintez qilingan  
Ikkinchi avlod antidepressantlari  
 Geterotsiklik antidepressantlar: trazodon, mianserin, maprotilin, amoksapin.  
Uchinchi  avlod  antidepressantlar    –  Qayta  tutib  qoluvchi  selektiv  ingibitorlar. 
Ular samarali ta‘sirli, kam toksik ta‘sirga ega  preparatlar hisoblanadi. (fluoksetin) 
Antidepressantlar klinik ta‘siriga ko‗ra quyidagicha sinflanadi: 
1.  Sedativ    antidepressantlar  –  ajatiya,  depressiv  qo‗zg‗alishlarda  ishlatiladi. 
Bularga trimipramin, doksepin, amoksapin, amitriptilin, azafen, mianserin,trazodon,
 fluvoksamin, buspiron kiradi.  
2. 
Stimulyator 
 
antidepressantlar-apatik 
holatlarda 
ishlatiladi. 
Bularga imipramin, dezipramin, nortriptilin, fluoksetin, moklobemid  va boshqalar. 
3.  Balanslovchi  antidepressantlar   maprotilin,   tianeptin, sertralin, pirazidol, 
klomipramin,  venlafaksin. Har ikkala holatda ishlatiladi. 
Toksikologik ahamiyati 

 
Bosh aylanishi, bosh og‗rig‗i  

 
siydik tutilishi, ich qotishi  

 
Og‗izning qurishi  

 
Ko‗rishning xiralashuvi  

 
Terida toshmalar  

199 
 

 
Eyforiya,uyqusizlik  

 
Gallyusinatsiya, psixik buzilishlar yuzaga keladi   
Antidepressantlar metabolizmi 
Antidepressantlar  ichga  qabul  qilgandan  so‗ng,  tezda  jigarda  metabolitlanib, 
asosan 
N-demetillanish, 
 
gidroksillanish 
va 
glyukuron 
kislota 
bilan 
kon‘yugatsiyalanib, 60-70% peshob orqali chiqariladi. 5-10% atrofida o‗zgarmagan 
holda peshob orqali chiqariladi. 
Imipraminning metabolizmi: 2 ta asosiy metabolitlari  
 
Paroksetinning metabolizmi  
 
 
 

200 
 
Ajratib olish  
Tahlil  olib  borishda  namunani  to‗g‗ri  tanlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Odatda 
skrining  tahlillarda  peshob  olinadi.  Kuchli  zaharlanish  yuz  berganda  yoki  o‗lim 
sodir  etilganda  peshobdan  zaharli  modda  kam  miqdorda  aniqlanishi  mumkin.  SHu 
sababli qondan tahlil olib borish muhim hisoblanadi.  
Ajratib  olishda  suyuqli-suyuqlik,  qattiq  fazali  ekstraksiya  usullaridan 
foydalaniadi.  Namuna  (qon,peshob)  ishqoriy  muhitda  turli  organik  erituvchilar 
masalan,  n-geksanda  ekstraksiyalanadi.  So‗ngra  organik  qatlam  kislotali  eritmada 
eskstraksiyalanib,  YUSSX  usulida  yoki  organik  erituvchida  reekstraksiyalanib  gaz 
xromatografiya usulida aniqlanadi. 
FLUOKSETIN 
 

 
Lotincha nomi: Depresum (fluoxetine)  

 
Kimyoviy 
nomi: 
(±)-N-metil-3-fenil-3-(para-tri-ftormetil) 
fenoksipropilamingidroxlorid                                                        

 
Xalqaro nomi: Fluoksetin  

 
Kimyoviy-formulasi: S
17
N
18
F
3
NOHCl  

 
Farmakologik guruhi: Antidepressant  

 
Molekulyar massasi:  345,8 (309,3)  

 
Tabiati: asos xossali  

 
Sinonimlari: Adofen, Docutrix,  Erocap, Fluctin, Fluctine, Fluoxeren, Fontex, 
Foxetin, Lorien, Lovan, Mutan, Prozac, Prozyn, Reneuron, Sanzur, Zactin va boshq.  

 
Fluoksetin  oq  kristall  kukun  bo‗lib,  metanol  (250mg/ml),  etanol,  xloroform 
(125mg/ml)  va  atsetonda  eriydi;  dietil  atsetat,  dixlormetan  va  suvda(  max  14g/l, 
25°S) kam eriydi; benzol, toluol, siklogeksan va geksanda erimaydi.  

 
Suyuqlanish harorati 157,5 – 158,7 °S .  
VENLAFAKSIN haqidagi umumiy ma‘lumotlar 
 

 
Lotincha nomi: Venlafexine  

 
Kimyoviy 
nomi: 
1-[2-(Dimethylamino)-1-(4–methoxyphenyl)ethyl] 
cyclohexanol  

201 
 

 
Xalqaro nomi: Venlafexine  

 
Kimyoviy-formulasi:C
17
H
27
NO
2
  

 
Farmakologik guruhi: Antidepressant  

 
Molekulyar massasi: 277.4  

 
Tabiati: asos xossali  

 
Sinonimlari: Dobupal; Efexor; Effexor; Trevilor; Trewilor; Vandral  

 
5  ml  peshob  (yoki  2,5  ml  qon  +  2,5  ml  suv)  olinib,  TOXI-TUBES-A 
tyubigiga  solindi.  Tyubik  5  daqiqa  davomida  chayqatilib,  so‗ng  hosil  bo‗lgan 
emulsiyani  ajratish  maqsadida  sentrifugalandi  (3000  ayl/daq).  Organik  qatlam 
pipetka  yordamida  olinib,  alyuminiyli  idishchaga  solindi  va  quritgich  shkafida 
organik qatlam uchirilib yuborildi. Quruq qoldiq 1 ml spirtda eritilib, YUQX usulida 
tahlili  amalga  oshirildi.  Tahlil  natijalari  qon  tarkibidan  ajratib  olingan 
antidepressantlarni aniqlash imkoniyatini ko‗rsatdi.    
YUpqa qatlam xromatografiya  
Sistemalar: 

 
Paroksetin  uchun:  benzol-dioksan-25%ammiak  (60:35:5);    etanol-25% 
ammiak (100:1,5);  
Depres uchun: Etil spirti –xloroform- benzol(2:1:2);  
Mirtazapin  uchun:  etil  atsetatat-metanol-suv-  -25%  ammoniy  gidroksid 
(87:3:1,5:0,5);  
Venlafaksin uchun: etil atsetat – etil spirti- 25% ammoniy gidroksid (8,5:1:0,5);  
YOrituvchi  reagent  sifatida  UB-nuri,  Dragendorf  va  Mandelin  reaktivlaridan 
foydalaniladi.  
Gaz xromatografiya  
Gaz  xromatografiya  usulida  tritsiklik  antidepressantlarni  miqdorini  aniqlashda 
keng  qo‗llaniladi.  Xromatografiya  kapillyar  kolonkalarda  olib  boriladi.  Usulning 
kamchiligi  tahlil  o‗tkazishda  antidepressantlar  triftorsirka  angidridi  yordamida 
derivatizatsiya qilinib, so‗ngra tahlil olib boriladi.  
YUqori samarali suyuqlik  xromatografiya  
Antidepressantlar  va  ularning  metabolitlarini  sifat  va  miqdorini  aniqlashda 
YUSSX usulida aniqlanadi. 
Tahlil sharoitlari: 
Kolonka  S8  va  S18  markali  Sorbent  qo‗zg‗aluvchi  faza  perxlorat  asosli  yoki 
metilamin bilan shimdirilgan.   
Detektor: UB-spektroftometr  (254 nm)  
Mobil faza: atsetonitril/metanol  
Ushbu  sharoitlarda  qondagi  antidepressantlarni  aniqlash  mumkin.  Bunda 
aralashmalardan  quyidagi  moddalarni  ajratish  mumkin:  trimipramin,  doksepin, 
amitriptilin, imipramin, dezmetildoksepin, nortriptilin, dezimipramin.  

202 
 
MIRTAZAPIN haqidagi umumiy ma‘lumotlar 
 

 
Lotincha nomi: Mirtazapine  

 
Kimyoviy  nomi:(1,2,3,4,10,14b  –  Geksagidro  –  2  –  metilpirazino  [2,1  –  a  ] 
pirido [ 2,3 -s ] [ 2 ] benzazepin                                                        

 
Xalqaro nomi: Mirtazapin    

 
Kimyoviy-formulasi: C
17
H
19
N
3
  

 
Farmakologik guruhi: antidepressant    

 
Molekulyar massasi:   265,3  

 
Tabiati: asos xossali  

 
Sinonimlari: Remeron, Avanza, Zispin, Mirtel va boshq.  

 
Mirtazapin oq kristall kukun suvda qiyin eriydi,  metil spirti  va xloroformda 
eriydi. 114-116 
o
S suyuqlanadi. 
UB-spektrofotometriya tahlil usuli ―Agilent 8453‖ spektrofotometrida olib borildi 
va 96 % etil spirtdagi eritmasi λ=295 nm to‗lqin uzunligida yuqori nur yutishga ega 
ekanligi tasdiqlab olindi 
YUQX usulida tahlili 
Erituvchilar  sistemasi:  etil  atsetatat-metanol-suv-  -25%  ammoniy  gidroksid 
(87:3:1,5:0,5)  
Dragendorf reaktivi bilan qo‗ng‗ir dog` 
Rf qiymati 
0,42  
 
AMITRIPTILIN 
 
 
 
Amitriptilin 
–  10,11-digidro-5-3-dimеtilamino-
propilidon-5N-dibеnzo-L,  d-tsiklogеptan.  U  xolinolitik  faol  modda,  organizmda 
og‘iz qurishi, ko‘z qorachig‘ini kеngayishi, pеshobni tutilishi kabi ta'sirlarni kеltirib 
chiqarishi mumkin. Alkogolizm psixozlarini davolashda 200-300 mg gacha tavsiya 
etiladi.  
Toksikologik  ahamiyati:  tibbiyotda  qo‘llanilishi  hamda  toksikomanlar 
tomonidan  gangituvchi  modda  sifatida  istе'mol  qilinishi  bilan  tushuntiriladi. 
Amitriptilin  narkotik,  psixotrop  va  uyqu  chaqiruvchi  moddalar  ta'sirini 
kuchaytiruvchi, ta'sir vaqtini uzaytiruvchi xususiyatga ega. 
CH
2
CH
2
C
H C CH
2
CH
2
N
CH
3
CH
3
.
H C l

203 
 
Ayrim hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, gangish, qo‘l muskullarini tortilishi, 
allеrgiya, yurak ritmini buzilishi kabi nohushliklarga olib kеladi.  
Prеparat  amitriptilin  va  triptizol  nomlari  bilan  tablеtka,  ampulalar  ko‘rinishida 
chiqariladi.  
Mеtabolizmi.  Amitriptilin  mеtabolitlanib,  nortriptilinga  o‘tadi,  ular  o‘z  o‘rnida 
turli  komplеkslar  hosil  qiladi.  Mеtabolitlari  hamda  qisman  o‘zgarmagan  holda 
pеshob bilan ajratiladi. 
Amitriptilinni qon va pеshobdan ajratib olish. 5 ml qon yoki 50 ml pеshobga rN-
9-10 bo‘lguncha 30% natriy ishqori eritmasidan qo‘shib ikki qayta 20 ml efir bilan 
ekstraktsiyalanadi.  Efirli  ajralmalar  50  ml  xajmli  o‘lchov  kolbasiga  o‘tkaziladi  va 
o‘lchov  chizig‘igacha  efir  qo‘shib  to‘ldiriladi.  Ajralma  4  ta  kichik  idishchalarga 
10,10,10 va 20 ml miqdorda taqsimlanadi va quriguncha porlatiladi.  
Chinligini  aniqlash.  1.  Kontsеntrlangan  sulfat  kislotasi  bilan  rеaktsiyasi. 
Kontsеntrlangan  sulfat  kislotasi  ta'sirida  novvot  rangli  modda  hosil  bo‘ladi 
(amitriptilin va nortriptilin). 
2. Marki rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Marki rеaktivi ta'sirida ham novvot rang hosil 
bo‘ladi (amitriptilin va nortriptilin). 
3.  Frеdе  rеaktivi  bilan  rеaktsiyasi.  Frеdе  rеaktivi  ham  novvot  rang  hosil  qiladi 
(amitriptilin va nortriptilin). 
4.  Mandеlin  rеaktivi  bilan  rеaktsiyasi.  Mandеlin  rеaktivi  ta'sirida  qo‘ng‘ir, 
so‘ngra yashil rangli modda hosil bo‘ladi.  
5.  Rеynеkе  rеaktivi  bilan  rеaktsiyasi.  Qoldiq  0,1  %  HCl  va  1  tomchi  0,1  % 
Rеynеkе  tuzi  eritmasi  ta'sirida  ninasimon  kristallar  (sеzgirlik  darajasi  0,02  mkg), 
nortriptilin esa shohsimon kristallar (sеzgirlik darajasi 0,01 mkg) hosil qiladi. 
6.  Xromatografik  tozalash  va  aniqlash.  Birinchi  idishdagi  qoldiq  oz  miqdor 
xloroformda  eritilib  kapillyar  yordamida  xromatografik  plastinkaning  start 
chizig‘iga  nuqta  va  chiziq  holida  to‘liq  o‘tkaziladi.  Guvoh  eritma  sifatida  5-10 
tomchi  amitriptilin  va  nortriptilin  asoslarini  (0,5mgG`ml)  eritmalari  ayrim 
nuqtalarga  tomiziladi,  bеnzol-atsеton  80:20  nisbatdagi  aralashma  saqlagan 
kamеraga  tushiriladi.  Qo‘zg‘aluvchi  faza  10  sm  masofaga  ko‘tarilgach  kamеradan 
olib  quritiladi.  So‘ng  ikkinchi  qayta  bеnzol-dioksan-25%  ammiak  60:35:5 
sistеmasiga  tushirib,  yana  10  smga  ko‘tarilish  kuzatiladi,  xromatogrammadagi 
dog‘larni  aniqlash  uchun  kontsеntrlangan  sulfat  kislotasi  har  bir  nuqtadan  fronti 
tomon  kapillyar  naychalarda  tomiziladi.  Bunda  amitriptilin  Rfq  0,74-0,78  ga  tеng 
tiniq novvot rangli dog‘ hosil qiladi, nortriptilin esa Rfq0,38-0,46 ga tеng sariq dog‘ 
hosil qiladi. Aniqlash chеgarasi 0,2 mkg moddalarga tеng.  
Xromatogrammada  Rfq0,74-0,78  ga  tеng  dog‘  hosil  bo‘lmasa  amitriptilin  yo‘q 
dеgan xulosa bеriladi. Dog‘lar hosil bo‘lgan holda amitriptilin va nortriptilin uchun 
qo‘shimcha tеkshirish olib boriladi.  
Chiziq  bilan tomizilib  rеaktiv  qo‘shilmagan  plastinka  bo‘lagidagi  amitriptilin  va 
nortriptilin  zonalari  qirib  ayrim  idishlarga  tushiriladi  so‘ng  xloroformda  eritilgach 
spеktral tahlillar o‘tkaziladi.  
7. UB-spеktrlari. Amitriptilin 0,1 % HCl eritmasida 197, 202, 207, 240 nm to‘lqin 
uzunliklarda yuqori nur yutish xususiyatiga ega. 
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling