O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
-MA`RUZA. ANTIARITMIK DORI VOSITALARI. AMIADARON
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antiaritmik guruhlari Preparatlar
22-MA`RUZA. ANTIARITMIK DORI VOSITALARI. AMIADARON, ATENOLOL, PROPAFENON. ULARNING TOKSIKOLOGIK AHAMIYATI, OB‘EKTLARDAN AJRATIB OLISH VA TAHLIL USULLARI. Ma‘ruza rejasi: 1. Talabalarni antiaritmik dori vositalarn, ularning xossalari, tibbiyotda kullanilishi bilan tanishtirish; 2. Antiaritmik dori vositalarining sinflanishi, farmakologik xususiyatlari haqida tushuncha berish; 3. Moddalarning kimyo-toksikologik taxlilini fizik-kimyoviy xossalari bilan bog‗liqligini ko‗rsatish; 4. Amiodaron, propafenon va atenolol taxlili bilan tanishtirish Kimyo toksikologik tekshiruvda zaxarli moddalar, jumladan dori moddalari biologik ob‘ektlardan ajratib olish usuliga asoslanib sinflanadi. Bunda bir guruhga kiritilgan moddalar uchun bioob‘ektdan ajratib olish usuli umumiy bo‗lib, keyin shu guruh moddalarining sifat va miqdoriy taxlillari haqida ma‘lumotlar beriladi. SHunday guruxlardan biri yurak aritmiyasining turli kurinishlarini davolashda ishlatiluvchi antiaritmik dori vositalari xisoblanadi. Ma‘lumki, yurak qon-tomir kasalliklari ko‗pgina rivojlangan davlatlarda, shu katorda O‗zbekistonda xam aholi orasida o‗lim xolatiga va nogironlikka sabab 187 bo‗luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. YUrak taxiaritmiyasi aksari yurak xastaliklarining og‗ir kechishiga va asoratlarning yomonlashuviga olib keladi. Ma‘lumotlarga ko‗ra, miokard infarktidan kelib chikkan 80% dan kam bo‗lmagan o‗lim xolati yurak aritmiyasining asorati hisoblanadi. Antiaritmik guruh dori vositalarining sinflanishi: № Antiaritmik guruhlari Preparatlar 1 . Membranalarni mustahkamlovchi moddalar. Xinidin, novokainamid, propafenon, etmozin, allapinin, etatsizin 2 . Repolyarizasiya jarayononi uzaytiruvchi moddalar. Amiadaron (kordaron), sotalol, bretiliy (ornid) 3 . β-adrenoretseptor antogonistlari yoki blokatorlari. Anaprilin (inderal,obzidan), oksprenalol, atenolol propronolol. 4 . Kalsiy kanallarini falajlovchi moddalar. Verapamil, nifedipin (adalat), diltiazem, gallopamil Klinikada qo‗llaniladigan antiaritmik vositalar ko‗pgina kamchiliklarga ega, jumladan, bir qancha nojo‗ya ta‘sirlarni keltirib chiqaradiki, shifokor antiaritmik dorini tanlashda to‗g‗ri qaror qabul qilishda qiynaladi: nima yomonroq - davolashsiz aritmiyami yoki belgilangan antiaritmik dorining nojo‗ya effektimi. Eng xavfli tarafi bu aritmiyaga qarshi preparatlarning paradoksal nojo‗ya ta‘sirlari, ya‘ni aritmiyaning yuzaga kelishi (proaritmogen ta‘siri) hisoblanadi. Bu gurux moddalarining kimyo-toksikologik tekshiruvi quyidagi asosiy bosqichlarni o‗z ichiga oladi: - Ob‘ektni dastlabki tekshirish (ekspress taxlil); - Biologik ob‘ekt tarkibidan zaxarli moddani ajratib olish; - Ajratmani yot moddalardan tozalash; - Tekshiriluvchi moddaning sifat va miqdoriy taxlilini amalga oshirish. Noma‘lum moddaga nisbatan taxlilni o‗tkazishda ayniqsa ob‘ektni dastlabki tekshirish muhim bosqichdir. Bunda xar bir moddaning yoki guruhning o‗ziga xos fizik-kimyoviy hususiyatini bilib, sezgir usullar yordamida tekshirish talab etiladi. Bu bosqichning aniq bajarilishi, keyingi jarayonlarni engillashtiradi va tekshiruv vaqtini qiskartiradi. Antiaritmik moddalarning ekspress taxlili uchun YUQX skrining usulidan foydalaniladi: 188 • YUQX skrining taxlili: • chloroform, acetone, ethanol, and 30% acid acetate in 18:2:7:1 189 Taxmin qilingan moddani biologik ob‘ektdan ajratib olish uchun usulning to‗g‗ri tanlanishi tekshiruvning asosiy omili bo‗lib, jarayonlarni ketma-ket va sharoitlarni bilib bajarish kerak bo‗ladi. Bunda ekspert-kimyogar kamchilikka yo‗l qo‗ysa juda kam miqdordagi moddani yo‗qotib qo‗yishi mumkin. CHunki tekshiriluvchi modda bilan birga xar doim soekstraktiv va ballast moddalar ajratma tarkibida bo‗lib, ulardan tozalash jarayonlari ham qilinishi lozimdir. Namunani asosiy taxlilga tayyorlashda xar bir bosqich ehtiyotlik bilan olib boriladiki, jarayon davomida modda kamayib ketishi mumkin. Bu esa uning sifat va miqdoriy taxlilida qiyinchiliklarni tug‗dirib, xulosani berishda xatolikka olib keladi. Kuyidagi sxemada allapinin misolida preparatni ob‘ektdan ajratib olish bosqichma-bosqich ko‗rsatilgan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling