O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Download 1.56 Mb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1612026
1   2   3
Bog'liq
polimielit kasalligi

Patogenezi . Virus og’iz bo’shlig’i, burun va halqumning shilliq qavati epitelial hujayralarida ko’payadi. Ularning reproduksiyasi halqum, ingichka ichakning shilliq qavatida, tomoq halqasi, limfa tugunlarida va Peyer pilakchalarida amalga oshadi. So’ngra, virus limfa sistemasidan qonga o’tib (virusemiya), markaziy nerv sistemasiga boradi va periferik nerv tolalari pastki harakat neyronlarining dendritlari bo’ylab tarqaladi.

  • Keyinchalik viruslar bosh va orqa miyaning oldingi shoxlarini shikastlaydi. Bu yerdagi hujayralar virusga nisbatan juda sezuvchan, shuning uchun bu hujayraralarning shikastlanishi falajlikka olib keladi. Klinik belgilari paydo bo’lgunga qadar bemorning burni halqumi va najasidan tayyorlangan preparatlardan virusni ajratib olish mumkin.

Odatda, kasallik 4 xil klinik bosqichda kechadi:


Falaj oldi bosqichi
Falajlanish bosqichi
Tiklanish bosqichi
Qoldiq bosqichi

Bu bosqichlarning har birida alohida morfologik belgilar namoyon bo’ladi.

  • Bu bosqichlarning har birida alohida morfologik belgilar namoyon bo’ladi.
  • Yashirin davri o’rtacha 7-14 kun. Kasallik epidemiya ko’rinishida tarqalishi mumkin. Ko’pincha burun-halqumda kataral holat yoki yengil meningial simptomlar bilan kechadi.

Patologik anatomiyasi. Makroskopik tekshirilganda orqa miya to’qimasida shish (bo’kkan) oldingi nerv shoxlarida o’choqli(nuqtali) qon quyilishlar , ko’ndalangiga kesib ko’rilganda kulrang modda “kapakagi” xiralashgan, miya to’qimasida yumshagan o’choqlar biroz cho’kkan.

Patologik anatomiyasi. Makroskopik tekshirilganda orqa miya to’qimasida shish (bo’kkan) oldingi nerv shoxlarida o’choqli(nuqtali) qon quyilishlar , ko’ndalangiga kesib ko’rilganda kulrang modda “kapakagi” xiralashgan, miya to’qimasida yumshagan o’choqlar biroz cho’kkan.

Mikroskopda ko’rganda yumshoq miya pardasi (pia mater spinae)da giperemiya , sirkulator va destruktiv o’zgarishlar, eritrotsitlar diapedezi hamda to’qimada o’choqli nekroz kuzatilinishi mumkin. Bunday destruktiv va sirkulator o’zgarishlar faqatgina bosh va orqa miyada emas, balki miya stvolida (miya ko’prigi, o’rta miya, oraliq miya) ham kuzatiladi.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling