Suyuq moddalarning eritmalari.
Ikki suyuqlik bir-biri bilan aralashtirilganda quyidagi uch holat kuzatiladi:
Suyuqliklar o‘zaro istalgan nisbatda aralashadi, masalan suv bilan spirt, benzol bilan dixloretan, benzol bilan toluol.
Suyuqliklar o‘zaro ma’lum chegaralardagina aralashadi, masalan, suv bilan fenol, suv bilan anilin.
Suyuqliklar o‘zaro aralashmaydi masalan, suv bilan simob.
Bir-biridan mutloqo erimaydigan suyuqliklar bo‘lmaydi, bir suyuqlik ikkinchi suyuqlikda ozgina bo‘lsa ham eriydi. Bir-birida ma’lum chegaragacha eriydigan suyuqliklarga qator misollar keltirish mumkin. Masalan, amilspirti bilan suv aralashtirilsa, aralashma tingandan so‘ng, idishda ustma-ust ikkinchi qavat hosil bo‘ladi. Ustki qavat suvning amil spirtidagi to‘yingan eritmasi, pastki qavat amil spirtining suvdagi to‘yingan eritmasidir.
O‘zaro ma’lum chegaragacha eriydigan suyuqliklarning eruvchanligi haroratning o‘zgarishi bilan o‘zgaradi va ba’zan yuqoriroq haroratda ikki suyuqlik o‘zaro eriy boshlaydi. Bunga anilin bilan suvni misol qilib olish mumkin. Agar ozgina anilinga suv qo‘shilsa, anilin suvda erib ketadi. Anilin miqdori oshirilsa aralashma tingandan so‘ng, ustma-ust ikki qavat hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |