O’quv – uslubiy bo’lim boshlig’i : Adilova R.H. ____________
1.Oʼquv modulining dolzarbligi va oliy taʼlimdagi oʼrni
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat taʼlim standarti va bakalavriat taʼlim yoʼnalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oʼqitish jarayonida qoʼllagan holda, talabani nazariy maʼlumotidan boshlangʼich amaliy koʼnikmalarni fantomlarda bajarishga oʼrgatib va orttirilgan koʼnikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uygʼunlashtirgan holda qoʼllashga imkon yaratadi Fan oʼquv rejaning klinikagacha fanlar blokiga taaluqli. Fanni oʼqitish uchun fizika, biologiya, anatomiya, gistologiya, bioximiya fanlari nazariy zamin boʼlib xizmat qiladi. Shu bilan birga, fiziologiya fani patologiya, ichki kasalliklar, LOR, oftalьmalogiya, xirurgiya, urologiya, akusherlik-ginekologiya, nevrologiya va boshqa klinik fanlar uchun zamin boʼlib xizmat qiladi.
2. Oʼquv modulining maqsadi va vazifalari
2.1. Modulning maqsadi - funktsional tizim mavqei asosida sogʼliqni taʼminlash va sogʼlom organizmning ishlash mexanizmlarini bilish. Sogʼliqni diagnostikasini, ish qobiliyatini, individual funktsional aktivligini prognoz qilish, ilmiy metodologik asoslarini shakllantirish, koʼnikmalarini egallash, boʼlajak umumiy amaliyot shifokori mutaxassisini davolash ishi (kasbiy taʼlim) yoʼnalishi boʼyicha tayyorlash
2. 2.Modulning vazifalari:
-sogʼliqni taʼminlash mexanizmlarini funktsional tizim asosida, sogʼlom organizmning ishlab turish qonuniyatlarini bilish;
-organizmning ichki muhitining asosiy parametrlarini, oʼsish va rivojlanish qonuniyatlarini, tashqi muhit taʼsirini oʼrganish;
-klinikada keng qoʼllanadigan, organizmning funktsiyalarini tekshirishni yangi usullari mohiyatini oʼzlashtirish;
-umumiy va xususiy fiziologiyalarini tashqi muhit faktorlari taʼsiri sharoitida organizmning integrativ feʼl – atvorini asoslarini oʼzlashtirish;
-boʼlajak mutaxassisda normada, sogʼlom organizmning holatida nazoratga asoslangan klinik fikrlashni shakllantirish;
-fan boʼyicha talabalarning bilim koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʼyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |