O’zbekiston respublikasi so’gliqni
Download 107.5 Kb.
|
Kompyuter tarmoqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron aloqa
Global tarmok—dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni uzida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmok. Bu tarmok internet (Internet) deb yuritiladi.
4 -rasm (Global tarmoq) Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi. Intranet—bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalar asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bulib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot mikyosidagi yangi axborot muxitini tashkil etuvchi kompyuter tarmogidir. Intranet boshka kompyuter tarmoklaridan quyidagi jixati bilan farklanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmok mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning kaysi serverda, kaysi katalogda, kanday nom bilan saklanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi. Internetda esa bunday nokulayliklarning oldi olingan bulib, uning foydalanuvchisiga bunday msa’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashkari, internet tarmogida mavjud bo’lgan barcha elektron xujjatlar va ma’lumotlar omborini giperboglanishlar yordamida uzaro boglab yagona axborot muxiti kurish, unda kulay axborot kidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo’ladi. Internet—bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Internet o’z-o’zidan shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta—texnik, dasturiy, axborotli tarkibiy qismlardan tashkil topgan.Internetning texnik tarkibiy qismi turli rusumdagi kompyuter, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari majmuyidan tashkil topgan Internetning dasturiy ta’mionti tarmoqka ulangan kompyuter va tarmoq vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni kidirib topish va saqlash hamda tarmoqqa axborot xavfsizligini ta’minlash kabi muxim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuidan iborat. Internetning axborotli qismi internet tarmog’ida mavjud bo’lgan turli elektron xujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va x.k. lar ko’rinishidagi axborotlar majmuidan tashkil topgan. Ular butun tarmoq bo’ylab taqsimlanishi mumkin. Ikki kompyuter orasida ma’lumotlarni uzatish tartibi va formatini belgilovchi qoidalar majmui bayonnoma (protokol) deb ataladi. Ma’lumotlarning qismlarga bo’linishi paketlar deb ataladi. Paketda, xususan, ma’lumotlar bilan birga uni berilgan manzilga to’g’ri etkazish imkonini beruvchi boshqaruv axboroti (masalan, kabul qiluvchining manzili) ham beriladi. Bu ma’lumotlarni xal qilish uchun TSR (Transmission Control Protocol—ma’lumotlarni uzatishni boshqarish) va IP (Internet Protocol—tarmoqlararo uzaro bog’lanish) bayonnomalari internet tuzilmasini aniqlovchi asosiy bayonnomalar bo’lib xizmat qiladi. HTML (Hyper Text Markup Language—gipermatn belgilash tili) WWW tizimi uchun xujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML buyruqlari orqali matnlarning shaklini istagancha uzgartirish, ya’ni matnnin ma’lum bir qismini ajratib olib, boshqa faylga yozish, rangli tasvirlarni qo’yish mumkin. U boshqa xujjatlar bilan bog’laydigan gipermatnli aloqalarga ega. WWW—«Jaxon urgimchak turi» aloqa tarmog’i (qisqacha Web) tizimida ma’lumotlar gipermatnli xujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli xujjatlarga yo’l ko’rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (matnlar qaysi mamlakatning serverida turishidan qat’i nazar) tezda o’tish imkoniyatini beradi. Multimedia— kompyuterda axborotning turli xil ko’rinishlari; rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimasiya, shuningdek videokliplar, xatto videofilmlar bilan ishlashdir. Sayt— grafika va multimedia elementlari joylashtiril-gan gipermedia xujjatlari ko’rinishidagi mantikan butun axborot xajmidir. Elektron aloqaE—mail bu ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o’xshashdir. Xaqikatdan ham E—mail orqali xat jo’natishda, siz oddiy xatdagidek satrlarni to’ldirasiz, ya’ni, yuboriladigan manzil yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron xolda bo’ladi). Siz xatni «nusxalash» orqali bir necha manzillarga jo’natishingiz, xatto xatga faylni «ko’shib» yuborishingiz mumkin va xokazo. Elektron xatni jo’natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo’natishga o’xshaydi. Siz aloqa serveri (odatda Post Office Protocol) bilan bog’lanib, xatni «aloqa bo’limiga olib borasiz». Keyingi aloqa serveri xatnni manzillar serveriga uzatadi, u erdan manzili ko’rsatilgan kishi xatni «olib ketishi» mumkin. Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma’lumotlar: matn, chizma, sxema, diagramma, rasm, jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Ma’lumotlar ko’rsatilgan manzilga bir zumda etkaziladi. Ma’lumot oluvchi bo’lmagan vaktda aloqa kutisiga ma’lumotni qayta-qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud.Elektron aloqa xatni axborot tarmoqlari orqali foydalanuvchiga etkazishni ta’minlaydigan muxim tarmoqli aloqadir. Xatni elektron aloqa yordamida uzatishda manzilning 3 xil turidan foydalanish mumkin:shaxsiy—xujjatni bir kishi (manzil)ga yuborish uchun; guruxiy—xujjatni bir gurux oluvchilarga yo’llash uchun; umumiy—xujjatni axborot tarmog’idan foydalanuvchilarning hammasiga uzatish uchun.SHaxsiy manzillardan xat, xisobotlarni yakka abonentlarga jo’natishda foydalaniladi. Yo’riqnoma, ko’rsatma yoki xabarnomalarni uzatishning guruxiy manzillar bo’yicha amalga oshirish qulay. Umumiy manzildan qonunlar, tarmoqning ishi xaqidagi ma’lumotlar, tarmoqning yangi imkoniyatlari xaqidagi xabarlarni uzatishda foydalaniladi. Elektron aloqaning bunday tuzilishida barcha xatlar aloqa bo’limi vazifasini bajaruvchi ma’lumotlar omboriga jo’natiladi va unda saqlanadi. So’ngra xatlar aloqa bo’limidan manzillarga jo’natiladi. Katta axborot tarmoqlarida bitta aloqa bo’limining bo’lishi etarli emas. Bu ma’lumot uzatish kanalining zo’riqishiga olib keladi. SHuning uchun bunday tarmoqlarda bir nechata aloqa bo’limi tashkil etiladi. Bu xolda kompyuter foydalanuvchidan xatni olgandan so’ng, uni eng yaqin bo’limiga jo’natadi. Zarurat bo’lsa, aloqa bo’limlari xatni bir-biriga jo’natadi. Tarmoq kerakli sondagi aloqa bo’limining bo’lishi elektron aloqaga ketadigan xarajatni ancha iktisod qilishga olib keladi. Bundan tashkari, foydalanuvchilar aloqa bo’limlari bilan, shuningdek, bir-biri bilan tez aloqaga chikishi imkoniyatiga ega. Aloqa bo’limi elektron aloqada xatlarni tez va sifatli etkazishni ta’minlaydigan barcha vazifalarni amalga oshiradi. Bunday vazifalar katoriga quyidagilar kiradi: axborot uzatish seanslarini boshqaradi; uzatilgan xatlardagi xatoliklarni tekshiradi va ularni to’g’rilaydi; xatlarni «talab kilinguncha» saqlaydi; foydalanuvchiga xat kelganligi xaqida ma’lumot beradi; foydalanuvchiga xujjatni uzatadi; xatlarni ro’yxatga oladi va uning xisobini olib boradi; aloqa bo’limi va abonentlar manzilini saklovchi ma’lumotnoma ishini kullab-kuvvatlaydi; axborotlarni saralash, xatlar suralganda parolni talab qilish, xujjatlarning nusxasini olish kabi xizmat amallarini bajaradi. Elektron aloqa ishlashi uchun maxsus bayonnomalar yaratilgan. Hozirgi kunda quyidagi bayonnomalar kullanilmokda: POPS (Post Ofice Protocol)—aloqa xizmatining bayonnomasi (bu bayonnoma eski bo’lsa-da, hozirgi kunda ham ishlatilmokda); SMTP (Simple Mail Transfer Protocol)—ma’lumotlarni uzatishning sodda bayonnomasi; IMAP (Internet Message Acess Protocol)—ma’lumotlarga kirish—internet bayonnomasi. Bu yangi bayonnoma elektron aloqaning HMTL formatini kullab turishni ta’minlaydi va bu uz navbatida nafakat matnli, xatto multimediali axborotlar bilan ishlashga imkoniyat beradi. Elektron aloqa orqali xat jo’natish uchun uni matnli fayl ko’rinishida tayyorlash va internet standartiga mos xolda rasmiylashtirish kerak. Xatni elektron aloqa orqali jo’natishning umumiy formati sarlavxa va bevosita ma’lumot uchun mo’ljallangan ixtiyoriy matn fayli, rasm yoki dasturdan iborat bo’ladi. Elektron xatning standart sarlavxasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling