O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Ko‘prikcha ustidan 
Tarbiyachi еrga ikkita chiziq chizadi (xona ichida esa arqonchadan 
foydalanish mumkin), chiziqlar anhor vazifasini o‘taydi. So‘ngra uning ustidan 
uzunligi 2—-3 m, kengligi 25—30 sm keladigan taxta qo‘yadi, bu esa ko‘prik 
bo‘ladi. Bolalar anhorning bir tomonidan ikkinchi tomoniga ko‘prik orqali 
o‘tishlari shart. 
Tarbiyachi bolalarga ko‘prik ustidan asta-sekin yuring, bir- biringizning 
oyog‘ingizni bosib olmang va oyoqlaringizni «ho‘l» qilmasdan yuring, deydi. 
Hamma bolalar anhorning ikkinchi tomoniga o‘tib bo‘lganlaridan keyin ularga shu 
еrda o‘ynab, sayr qilishni, gullar terishni, еrga yoki pol ustiga sochib tashlangan
har xil rangdagi qiyqimlarni terib olishni taklif qiladi. Tarbiyachining signali 
byicha kichkintoylar ko‘prik orqali yana o‘z joylariga qaytib keladilar. 
Mashqlarni takrorlash vaqtida uni bir oz murakkablashtirish mumkin. Buning 
uchun taxtaning tagiga 2—3 ta taxta qo‘yib, 10 sm baland ko‘tariladi. Shundan 
so‘ng bolalar ko‘prik ustidan yugurib o‘tishlari mumkin. 
Uzun ilon izi bo‘ylab 
Tarbiyachi еrga yoki polga uzunligi 5—6 metrli arg‘amchini cho‘zib qo‘yadi, 
bu yo‘lakchadan bolalar oxirigacha yurib o‘tishlari mumkin. 
Agar yo‘lakchaning boshqa tomoniga bolalarni jalb qiladigan narsalar: 
ayiqcha, qo‘g‘irchoq, shiqildoq, qushcha va boshqalar qo‘yilsa, bolalar mashqlarni 
qiziqib bajaradilar. Yo‘lakchaning oxirida nima yotganligiga qarab, vazifa beriladi: 
masalan, ayiqchaning oldiga borib uni silash, qushchaga don berish, shiqildoqni 
shiqillatish. 
Tarbiyachi bolalarning arqonchani bosishga harakat qilayotganlarini kuzatishi 
kerak. Agar biror bola arqonchani bosishga qiynalayotgan bo‘lsa, tarbiyachi uning 
qo‘lidan ushlab, yordamlashishi mumkin. Bolalar osoyishta, shoshilmasdan yurib 
borishlari kerak. 
Yugurib keling oldimga 
Bolalar maydon yoki xonaning bir tomoniga qator terib quyilgan stullarda 
o‘tiradilar. Tarbiyachi qarama-qarshi tomonda turadi. U: “Yugurib keling oldimga, 
hammangiz-hammangiz, yugurib keling oldimga!” — deydi. Bolalar tarbiyachiga 
qarab yugurishadi. Tarbiyachi ularni quchib olmoqchi bo‘lganday qulochini keng 
yozib kutib oladi. Hamma bolalar tarbiyachi yoniga to‘planadi. So‘ng tarbiyachi 
maydonchaning narigi tomoniga ketadi va yana: “Yugurib keling oldimga!”—
deydi. O‘yin 4—5 marta takrorlanadi. Tarbiyachining: “O‘yingizga yuguring!” 
degan so‘zlarini zshitgan bolalar shu zahoti o‘z stullariga qarab yuguradilar va 


107 
o‘tirib, dam oladilar. O‘yin qoidasiga binoan tarbiyachining “Yugurib keling 
oldimga!” degan so‘zlaridan keyingina uning oldiga yugurib borish mumkin. 
Yugurganda bir-biriga urilib, xalaqit bermaslik kerak. 
O‘yinda qatnashishni istagan bolalarni ikkita kichkina guruhga bo‘lish 
mumkin: birinchi guruh o‘ynayotgan vaqtda ikkinchisi tomosha qilib turadi. Keyin 
ular vazifalarni almashadilar. Dastlab bolalar xohlagan stulni egallashlari mumkin, 
so‘ngra esa asta-sekin o‘z joylarini topishni o‘rganib oladilar. O‘yinni takrorlash 
vaqtida stullarni xonaning turli tomonlariga qo‘yib chiqish mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling