104
O‘yinni o‘tkazishdan oldin bolalarning hammasiga еtarli miqdorda taxtacha,
kubiklar tayyorlab ko‘yish kerak. Bolalar bir- birlariga xalaqit bermasdan joylarini
egallab olishlari
uchun bu narsalarni oralatib, maydonning yoki xonaning bir
tomoniga qo‘yish lozim. Tarbiyachi qanday
qilib еngil sakrab tushish
mumkinligini ko‘rsatib beradi: agar zarur bo‘lib qolsa, tarbiyachi yugurib kelgan
bolalarga ular tepalikka chiqib olishlari uchun yordam beradi. O‘yinni
takrorlash
vaqtida signal bir so‘z bilan “Quyosh!”, “Yomg‘ir!”—deb berilishi mumkin.
Tovush qayerdan kelyapti!
Bolalar xonaning bir tomonida guruh bulib o‘tiradilar yoki tik turadilar.
Tarbiyachi ularga devorga qarab turishni va o‘girmaslikni taklif qiladi. Shu payt
enaga qo‘liga qo‘ng‘iroq olib, xonadagi shkaf orqasiga yashirinadi.
Tarbiyachi
bolalardan qo‘ng‘iroq qayerda jiringlayapti, deb so‘raydi.
Bolalar buni qidirib,
tovush kelayotgan tomonga yugurib ketadilar. Topganlaridan keyin yana tarbiyachi
yoniga qaytib keladilar. Enaga boshqa joyga yashirinadi. O‘yin takrorlanadi.
Enaga qayerga yashirinayotganini sezib qolmasliklari uchun tarbiyachi
bolalarni chalg‘itib turadi. U bolalarni o‘ziga yaqinroq kelishga undaydi.
Qo‘ng‘iroqni avvaliga sekinroq, keyin qattiqroq jiringlatish kerak. O‘yin bir necha
marta takrorlangandan keyin enaganing o‘rniga biror bolani qo‘yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: