Koptokni quvib еt
Bu o‘yinda bolalar chaqqonlikka va koptokni yumalatib, tutib olishga
o‘rgatiladi.
Bolalar maydonchada o‘ynab yurganda, tarbiyachi bir nechta bolani
chaqirib, koptokni yumalatishni va uni tutib kelishni taklif qiladi. Keyin birin-
ketin koptokni turli tomonga yumalatadi. Bola koptok ketidan yugurib, uni tutib
oladi va tarbiyachiga keltirib beradi. Tarbiyachi koptokni bir gal boshqa tomonga
otadi, lekin endi boshqa bola olib keladi (3-rasm).
Uch yashar bolalar tarbiyachi otgan koptokning orqasidan yuguradilar.
Shundan keyin o‘yinga bolalarning boshqa guruhi jalb qilinadi. O‘yinda bir yo‘la
8—10 bola ishtirok etishi mumkin. Bolalarning baravar yugurishi uchun hamma
koptoklarni birdan otish kerak. Koptok o‘rniga rezina halqacha, qum solingan
xaltachalardan ham foydalanish mumkin
Ariqdan sakrab o‘tish
O‘yindan maqsad bolalarni qoidaga amal qilishga, chaqqonlikka o‘rgatish,
sakrash
va
yugurish
kabi
harakatlarini
mustahkamlash,
muskullarini
rivojlantirishdir.
Polga taxta tashlab qo‘yiladi (eni 25—30 sm, uzunligi 2—2,5 m). Bu ariqning
ko‘prigi bo‘ladi. Ariqning narigi qirg‘og‘ida lolaqizg‘aldoqlar, bo‘tako‘zlar,
moychechaklar va bog‘da rang-barang gullar ochilib yotibdi (gilam ustiga har xil
rangdagi laxtak qiyiqlari tashlab qo‘yiladi). Bolalar ariqning narigi qirg‘og‘iga
ko‘prikdan o‘gadilar, gul teradilar (chuqqayib o‘tiradilar, engashadilar), keyin uyga
qaytib keladilar. O‘yin 3—-4 marta takrorlanadi.
Tarbiyachi bolalarning faqat ko‘prikdan o‘tishlarini kuzatib: «Ariqda suv tez
oqadi, chuqur, ehtiyot bo‘lib o‘tinglar, oyoqlaringizni ho‘l qilib qo‘ymanglar», deb
turadi.
Menga еtib olinglar
O‘yindan maqsad bolalarni qoidaga amal qilishga o‘rgatish, ularda yugurish
kabi harakatlarni mustahamlash va chidamlilikni tarbiyalashdir.
Bolalar maydoncha yoki xonaning bir tomonidagi stullarda yoki
skameykalarda o‘tiradilar. «Menga еtib olinglar», deydi tarbiyachi va
maydonchaning ikkinchi tomoniga qarab yuguradi. Bolalar tarbiyachining ketidan
uni tutmoqchi bo‘lib yuguradilar. Bolalar tarbiyachiga yaqinlashib qolganlarida u
to‘xtaydi-da: «Qochib ketinglar, qochib ketinglar. Endi men sizlarga еtib olaman!»
— deydi. Bolalar o‘z joylariga qarab yuguradilar.
Bu o‘yinni dastlab bolalarning kichik bir guruhi bilan o‘tkazgan ma’qul.
So‘ng bolalar sonini 10—12 kishigacha ko‘paytirish mumkin. Tarbiyachi
bolalardan qochib, juda tez yugurmasligi kerak. Bolalar tarbiyachiga еtib
olganlaridan keyin yaxshi yugurar ekansizlar, deb ularni maqtab qo‘yish kerak.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |