O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

O‘rta barmoqni top 
Bu o‘yinni istalgan еrda o‘ynash mumkin. O‘yinda 5-6 ta bola qatnashadi va 
uning boshlanishidan oldin bir bola chiqib, qolgan bolalarni doiraga tizadi, keyin 
Men o‘tirdim gap tikdim, 
Ikkita igna yo‘qotdim, 
La-la-la chiqib ketsin bir bola, 
Uning oti Nargiza 
Deb birma-bir bolalarni chaqiradi. Hamma bolalar chiqib, eng oxirida 
qolgan bola o‘yinni boshlaydi. U chap qo‘lni orqasiga qilib, barmoqlarninng 
uchlarinigina ko‘rsatib turadi. O‘ng qo‘li bilan chap qo‘lini mahkam qisib turadi. 
Keyin o‘rtoqlariga “O‘rta barmog‘imni top”, deydi. Bolalar diqqat bilan uning 
qo‘liga qarab, o‘rta barmog‘ini qidira boshlaydi. Bolalardan bittasi bir barmoqning 
uchini mahkam ushlaydi. Agar tortuvchi to‘g‘ri topsa, barmoq yashirgan bola 
shartga binoan qo‘shiq yoki she’r aytib berishi mumkin. Agarda topuvchi bola 
barmoqni to‘g‘ri topa olmasa, o‘zi yutqazgan hisoblanadi va o‘yin shartini 
bajaradi. O‘yin shu tariqa davom etadi. 
Qo‘g‘irchoqlarnikiga mehmonga 
O‘yindan maqsad bolalarni birga yurish, yugurish, o‘zlarini tutishga 
o‘rgatishdir. 
Bolalar xonadagi devor tagiga qo‘yilgan stullarga o‘tirib, tarbiyachidan 
qo‘g‘irchoqlarning qayerda yashashini so‘rashadi. 
U qo‘g‘irchoqlar turgan burchakni ko‘rsatib: «Yuringlar, birga 
qo‘g‘irchoqlarni ko‘rgani boramiz». «Yuringlar, bolalar, o‘ynab kelamiz, faqat 
yulda tarqalmay, tug‘ri yuringlar», deydi. Bolalar o‘rinlaridan turib, tarbiyachi 
bilan birga qo‘g‘irchoqlar oldiga jo‘nashadi. Tarbiyachi: «Kech bo‘lib qoldi, 
uyga ketadigan vaqtimiz bo‘ldi, endi keta qolaylik», degandan keyin bolalar o‘z 
joylariga borib o‘tiradilar. 


100 
O‘yin boshlanishi oldidan bir nechta qo‘g‘irchoqni xonaning boshqa joyiga 
olib borib qo‘yish kerak. O‘yinni takrorlaganda bolalar shu qo‘g‘irchoqlarni 
ko‘rgani boradi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling