O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Sayohatchi 
O‘yin ochiq havoda ham, 
zalda ham o‘tkazilishi mumkin. 
Barcha ishtirokchildar doira 
bo‘lib o‘tiradilar. Faqat bir 
ishtirokchi – sayohatchi doira 
markazida 
turadi. 
O‘tirgan 
o‘yinchilar 
sayohatchi 
eshitmaydigan qilib sekingina 
yurtimizdagi tanish bir shahar 
yoki joy nomini o‘zlariga tanlashadi. Sayohatchi bir shahardan boshlab bir nechta 
shahargacha hammaga eshittirib aytib chiqadi. Masalan: “Men Toshkentdan 
Jizzaxgacha yoki Samarqandgacha sayohat qilib chiqaman”. Atrofda o‘tirgan 
o‘yinchilardan kimningdir shahri chiqsa shu o‘yinchi sayohatchi bilan joy 


97 
almashadi. Agar bir aytishning o‘zida bir nechta joyning nomini topa olsa, 
sayohatchiga bir ochko beriladi. O‘yin shu tarzda davom etadi. Eng ko‘p ochko 
jamg‘argan o‘yinchi o‘yin g‘oilib bo‘ladi. 
Sholg‘om tortish 
Bu o‘yinda 20 ta bola qatnashib, ular ikki guruhga bo‘linadilar. 
Guruhlar o‘ziga “Bulbul”, “Sa’va” deb nom qo‘yib, oladilar. Keyin o‘rtaga 
to‘g‘ri chiziq chiziladi va bir tomonda “Bulbul” guruhi, ikkinchi tomonda esa 
“Sa’va” guruhi turishadi. 
Sardorlar chiziqning ikki tomonida turib: “Sholg‘om tortish!” deb buyruq 
berishgandan so‘ng bolalar bir-birlarining qo‘llarini o‘z tomoniga tortishadi. 
Chiziqdan bolalarni ko‘proq o‘tib ketgan guruh еngiladi. 
Nimaning pati 
O‘yinda qatnashadigan 10 ta bola doira hosil qilib o‘tiradi. O‘yinboshi biror 
qushning patini (o‘rdak, g‘oz, qarg‘a va hokazo) olib, bolalardan biriga ko‘rsatib, 
bu nimaning pati deb so‘raydi. Patning nomini aytadi, boshqa boladan so‘raladi, 
boshqa bola ham javob beradi. O‘yin qoidasida bir qushning nomi ikki marta 
takrorlanmasligi kerak. Bir bolaning aytganini ikkinchisi aytib qo‘ysa, 
o‘yinboshining aytgan buyrug‘ini bajaradi: o‘yinga tushadi, qo‘shiq aytadi va 
hokazo. Kim qushlar nomini ko‘p bilsa, o‘sha “bilag‘on” hisoblanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling