95
Boboxo‘roz,
Muncha erta turding-
Bolalarni uyg‘otding?
Shundan so‘ng xo‘roz
inidan chiqib, qanotlarini qoqib,
bolalarning ketidan
yuguradi. Agar bolalarni tuta olmasa iniga qaytadi.
O‘yin qoidalari. Xo‘roz qanotlarini qoqqandan so‘ng bolalar yuguradilar.
Bolalar o‘z uylariga kirib ketishlari mumkin.
Qovoqni urish
Uyinda bir nechta bola ishtirok etadi.
Yerda diametri 1-1,5 m bo‘lgan aylana
chiziladi. Undan 6-8
qadam nariroqda еrga
tayoq qadaladi (tayoqning balandligi 1m dan
ortiq bo‘lmasligi kerak), uning ustiga esa quruq
ko‘rgazmali (dekorativ) qovoq kiygiziladi.
Qur’aga ko‘ra bir yo‘inchi aylana ichidagi
qovoqqa orqasi bilan turadi. Uning qo‘liga
uzunligi 1
m li tayoqcha beriladi, ko‘zi esa
ro‘molcha bilan bog‘lab qo‘yiladi. Turgan joyida bir necha marta atrofga aylanib
to‘xtaydi va qo‘lidagi tayog‘i bilan aylanadan chiqib, qovoqni qidirishni boshlaydi
va uni urishga harakat qiladi. O‘yinchilarga talabni bajarishga ma’lum
bir vaqt
beriladi. Shu vaqt ichida vazifani to‘g‘ri bajargan o‘yinchiga ochko beriladi.
O‘yin qoidalari. Faqat qovoqni urish kerak, tayog‘ini mumkin emas. Aylana
atrofidagi boshqa o‘yinchilar ishtirokchiga umuman xalaqit qilmasliklari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: