O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 3.34 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyon tongi
Rigu-ragu
Bir nechta bola bir joyga to‘planib turadi. Ulardan biri o‘yinboshi bo‘ladi. Qolgan bolalar qo‘lini mushtum qilib turadi. O‘yinboshi qo‘lini bir-ikki marta silkitib: “Rigu-ragu, rigu-ragu...” deb aytadi. Keyin bosh barmoqlarini chiqarib shoxni ifodalaydi va shoxli narsalarning nomini aytadi, masalan: «Shoxli echki» yoki “Shoxli uy, shoxli ko‘ylak” deb chalg‘itadi. Agar shoxi bor hayvon aytilsa, hamma bolalar qo‘llarini bosh barmog‘ini chiqarishlari kerak bo‘ladi. Agar o‘yinboshi bolalarni chalg‘itib shoxi bo‘lmagan hayvonni yoki boshqa bir buyumni aytsa, bolalar shohni ko‘rsatmasliklari kerak. Xato qilgan o‘yinchi o‘yindan chiqadi. O‘yin qoidalari. Bolalar ikkala qo‘llarini bosh barmog‘ini chiqarishlari shart, bittasi hisoblanmaydi. O‘yindan xato qilib, chiqib ketgan bola o‘ynab beradi yoki qo‘shiq aytadi. Gullar Har bir o‘yinchi o‘ziga gullardan ism tanlaydi (atirgul, liliya, nargiz va hokazo). Bolalar orasida bir xil ismli o‘yinchi bo‘lishi mumkin emas. Qur’a tashlash yo‘li bilan tanlangan gul (masalan atirgul) o‘yinni boshlaydi. Atirgul o‘ziga lola gulini chaqirib uni quva boshlaydi. Agar lolada tutilish xavfi tug‘ilsa, u boshqa bir gulni o‘rniga chaqiradi. Navbatdagi o‘yinchi qocha boshlaydi. O‘yinchilar faqatgina gullar nomi bilan emas, balki hayvonlar va baliqlar nomi bilan ham atalishi mumkin. O‘yin qoidalari. Tutilgan o‘yinchi ismini o‘zgartirib o‘yinda qayta ishtirok etishi mumkin. O‘yin davomida bir xil ism qaytarilishi mumkin emas. O‘yin davomida biror marta tutilmagan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi. Quyon tongi Bir nechta o‘yinchilar – quyonlar, ulardan biri – quyonlar murabbiyi. Maydoncha o‘rtasiga kichkina aylanachalar chiziladi. Bu ularning uychasi vazifasini bajaradi. Murabbiyning bunday uychasi yo‘q. Murabbiy quyonchalarga qarab: “Hamma tursin!” (quyonchalar harakatlar bilan buyruqni bajaradilar). Hamma yuvinadi, gimnastika qiladi, o‘rin yig‘ishtiradi, nonushta qiladi, maktabga ketadi, maktabda o‘qiydi, uyga qaytadi, dars tayyorlaydi, hovliga chiqib o‘ynaydi” deydi. “Hovliga chiqib o‘ynaydi” degan buyruqdan so‘ng quyonchalar uychalaridan chiqib, chopib yuradilar. 94 Murabbiy birdaniga: “Tun” deydi. Shunda hamma o‘z uychasiga yugurib qaytishi kerak. Oxirida qolgan bola yutqizgan hisoblanadi. O‘yin qoidalari. Barcha harakatlar murabbiy buyrug‘idan so‘ng bajariladi. Bolalar hovlida yugurayotganda uychasidan kamida 10 qadam tashqarida bo‘lish kerak. Baliq ovi Bir necha o‘yinchi ikki guruhga bo‘linadi. Guruhlar bir- biriga qarama-qarshi bir necha qadam oralig‘ida turishadi. Birinchi guruh-baliqchilar (ularning soni kamroq), qolganlar – baliqlar. Baliqchilar: - Biz baliq tutamiz. - Qanday baliq? - Laqqa baliq. - Tutinglar!- deb baliqlar javob qaytarishadi. Baliqlar o‘girilib belgilangan chegaracha qochadilar. Har bir tutilgan baliq o‘yindan chiqadi. O‘yin qoidalari. Baliqlarni faqat chegaragacha tutish mumkin. Baliqchining qo‘li tekkan baliq tutilgan hisoblanadi. Download 3.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling