O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Chiziqni bosma 
O‘yindan maqsad bolalarni qoidaga amal qilgan holda harakatlarni mustaqil 
bajarishga va muvozanatni saqlashga o‘rgatishdir. 
Tarbiyachi nolga ikkita yonma-yon chizik chizadi. Ularning uzunligi 1 -4 
metr bo‘lib, bir-birlaridan 40—50 sm uzoqlikda bo‘ladi. O‘yinda qatnashuvchilar 
navbat bilan chiziqni bosib olmaslikga harakat qiladilar. “Yo‘lak”ning oxirida bola 


102 
o‘rnidan turadi, ikkala qo‘llarini yuqori ko‘tarib kerishadi, keyin dastlabki holatga, 
o‘z joyiga qaytib keladi. 
Bu o‘yinda polga qo‘yilgan taxtadan foydalanish ham yaxshi natija beradi. 
Ehtiyot bo‘l 
O‘yining maqsadi bolalarni muvozanatni saqlab yurishga o‘rgatish, ularni 
qo‘rqmas qilib tarbiyalashdan iborat bo‘ladi. 
Bolalar gimnastika skameykasi yoni bo‘ylab terib qo‘yilgan stullarda 
o‘tiradilar. Bolalar bitta-bittadan skameykaning oxiriga kelib, tizzalariga tayangan 
holda skameyka chetidan qo‘llari bilan ushlab ustidan emaklagancha uning narigi 
boshigacha boradilar. Skameykaning oxiriga еtgach, bola o‘rnidan turadi va undan 
tushadi. 
Tarbiyachi bolaga yordam berib, uni ushlab boradi. Mashqni qiya qilib 
qo‘yilgan taxta ustida o‘tkazish ham mumkin, bunda yuqoriga ham, pastga ham 
emaklasa bo‘ladi. 
To‘p doirada 
O‘yindan maqsad bolalarga to‘pni bir-birlariga yumalatishni o‘rgatishdir. 
Bolalar polda doira bo‘lib o‘tiradilar va koptokni bir- birlariga yumalatadilar. 
Tarbiyachi doiradan tashqarida turib, o‘yinni kuzatadi, to‘pni ikki qo‘llab 
itarish kerakligini tushuntiradi, buni qanday bajarish zarurligini ko‘rsatib beradi; 
agar to‘p doiradan chiqib ketsa, uni olib berib turadi va hokazo. 
To‘pni ilib ol 
Bu o‘yinda bolalarga to‘pni ikki qo‘llab pastdan irg‘itish va uni еrga 
tushirmasdan ilib olish o‘rgatiladi. Masofani ko‘z bilan chamalash mashq 
qildiriladi. 
Bolalar davra qurib turadilar. Tarbiyachi o‘rtada turib oladi. 
U kichikroq to‘pni qo‘lida pastlatib ushlab turadi. Tarbiyachi «Yusuf, to‘pni 
ilib ol», deydi va bolaga to‘pni otadi. Bola to‘pni ilib olib, uni tarbiyachiga 
irg‘itadi. 
Tarbiyachi bolalar to‘pni ikki qo‘llab past tomondan shaxt bilan irg‘itishlarini, 
ilayotganda qo‘llarini sal oldinga uzatib, to‘pni ko‘kraklariga bosmay, barmoqlari 
bilan ilishlarini kuzatib turadi. 
To‘pni yumalat 
Bu o‘yinda bolalarga to‘pni yumalatish va ilib olish o‘rgatiladi, ularda 
harakatchanlik xususiyatlari tarbiyalanadi. 
Bolalar polda doira bo‘lib o‘tiradilar (oyoqlarini kerib, oldinga uzatadilar yoki 
chordana qurib o‘tirib oladilar). Tarbiyachi qo‘lida to‘p ko‘tarib doiraning 
o‘rtasida o‘tiradi. U to‘pni navbat bilan har bir bolaga qarab yumalatadi. Bolalar 
to‘pni ilib olib, uni yana tarbiyachiga yumalatadilar. 
Bolalar mana shu harakatlarni o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng doira markazida 
tarbiyachining o‘rniga bolalardan birontasi o‘tirishi mumkin. 


103 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling