O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Qush va uning bolalari 
Bolalar 5-6 kishidan bo‘lib ikki guruhgb/bo‘linadilar. Har bir guruh o‘z 
uychasiga - iniga ega bo‘ladi (bo‘r bilan chizilgan doira, polga tashlab qo‘yilgan 
katta chambarak yoki uchlari bir-biriga bog‘langan arqoncha va hokazolar in 
bo‘lishi mumkin). Bolalar cho‘nqayib o‘tirib, indagi qush bolalarini ifoda etadilar. 
Tarbiyachi qush vazifasini bajaradi. Tarbiyachining “Qani uchdik, uchaylik”,— 
degan so‘zlarini eshitishlari bilan qush bolalari inlaridan uchib chiqadilar va don 
qidirib uzoqroq ketishga harakat qiladilar. Tarbiyachining “Endi uyga uchamiz”,— 
degan so‘zlaridan keyin qush bolalari o‘z inlariga qaytib keladilar. O‘yin 3—4 
marta takrorlanadi. 
Tarbiyachi bolalar — qush bolalarining ishoraga qarab harakat qilishini 
kuzatib boradi. Begona inga uchib kirish mumkin emasligini eslatib turadi. Uyidan 
uzoqroqqa uchishga da’vat etib, u еrda qushchalar uchun don mo‘l ekanini aytib 
turadi. 
Quyosh va yomg‘ir 
Bolalar xona yoki maydonda qator turgan stullar orqasiga o‘tib, cho‘qqayib 
o‘tiradilar va darchadan (stul suyanchig‘i orasidan) qaraydilar. Tarbiyachi: 
“Quyosh chiqadi! Boringlar, o‘ynanglar!”deydi. Bolalar xona (maydoncha) 
bo‘ylab yuguradilar. “Yomg‘ir yog‘ib ketadi. Tezroq uyga kiringlar!” — degan 
ovozdan so‘ng bolalar o‘z joylariga qarab yugurishadi va stullarning orqa 
tomoniga borib cho‘qqayib o‘tirishadi va darchadan (stul suyanchig‘i orasidan) 
qarashadi. Tarbiyachi: “Quyosh chiqadi! Boringlar, o‘ychanglar!” — deydi. 
Bolalar maydoncha bo‘ylab yuguradilar. “Yomg‘ir yog‘ib ketdi. Tezroq uyga 
kiringlar!” — degan ovozdan so‘ng bolalar o‘z joylariga qarab yugurishadi va 
stullarning orqa tomoniga borib cho‘qqayib o‘tirishadi. 
O‘yinchoqni olib kel 
Xonaning, 
maydonchaning 
qarama-qarshi 
tomoniga 
o‘yinchoqlar 
(shiqildoqlar, kubiklar) terib qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalarni o‘z oldiga chaqirib, 
o‘yinchoq keltirishni so‘raydi. Uning ko‘rsatmasi bo‘yicha bolalar yo yurib, yoki 
yugurib o‘yinchoqpar tomon ketadilar va ularni tarbiyachiga olib keladilar. 
Tarbiyachi bolalarni maqtab, o‘yinchoqlarni joylariga eltib qo‘yishni so‘raydi. 


108 
O‘yinni qo‘shimcha topshiriqlar qo‘shish yo‘li bilan murakkablashtirish 
mumkin. Bolalarga o‘yinchoqlar oldiga tor yo‘lka (taxta) dan yurib borish yoki 
uncha baland bo‘lmagan narsalardan hatlab borish topshiriladi. 
Kech qolma 
Polga kubiklar yoki shiqildoqlar doira shaklida terib qo‘yiladi. Bolalar 
kubiklar yonida turishadi. Tarbiyachining ishorasi bilan ular butun xona bo‘ylab 
yuguradilar. Bunda ular bir-birlariga urilib ketmasliklari va kubiklarni tepib 
o‘tmasliklari kerak, “Kech qolma!” degan ovozni eshitgan bolalar darrov o‘z 
kubiklariga qarab yuguradilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling