O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Toychalar 
Bolalar teng ikki guruhga bo‘linadilar. Bir xillari toychalarni ifoda etsalar
boshqalari otboqar vazifasini bajaradilar (otboqarlarning qo‘lida jilov bo‘ladi). 
Maydonchaning bir tomoniga otxona chizilib, toychalar o‘sha еrda turadi. Ikki 
tomonda otboqarlar uchun joy belgilab qo‘yiladi: maydon—bu o‘tloq bo‘ladi. 
Tarbiyachi: “Otboqarlar, tezroq o‘rningizdan turingiz, otlarni, egarlangiz”,- deydi. 
Mana shu signal bo‘yicha otboqarlar otxonaga qarab yuguradilar va otlarni 
egarlaydilar (har biri otni o‘z istagi bo‘yicha tanlaydi yoki tarbiyachining 
ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qiladi). 
Egarlangan otlar bir-birining orqasidan ketma-ket turadi va signal bo‘yicha 
sekin yurib ketadi, yuguradi yoki lo‘killab chopadi. Tarbiyachining: “Yetib keldik, 
otlarni bo‘shatinglar!” — degan so‘zlari bo‘yicha otboqarlar to‘xtaydilar, otlarning 
egar-jabduqlarini еchib oladilar va uni o‘tloqqa qo‘yib yuboradilar-da, qaytib o‘z 
joylariga kelib turadilar. Otlar o‘tloqda sokin o‘tlab yuradilar, kirt-kirt qilib o‘tni 
еydilar. “Otboqarlar, otlarni egarlangiz!” degan signal bo‘yicha har bir otboqar o‘z 
otini tutib keladi (ot qochishga harakat qiladi, uning qo‘lidan chiqib ketmoqchi 
bo‘ladi). Barcha otlar tutib kelingach va egarlangach, bir-birining ketidan saf 
bo‘lib turadilar va o‘yin qaytadan tiklanadi. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi. 
Shundan keyin tarbiyachi: “Otlarni otxonaga olib borib qo‘yingiz, endi dam 
olishsin”,— deydi. Otboqarlar otlarni otxonaga olib boradilar va egar-jabduqlarini 
еchib oladilar. 


114 
O‘yinda yugurishni yurish bilan va boshqa har xil sakrash harakatlari bilan
almashtirib turish kerak. O‘yinni poyga o‘tkazish, o‘rmonga o‘tin kesgani borish 
va hokazolar bilan rang-barang qilish mumkin. Agar otlardan birortasi otboqarga 
hadeb tutqich beravermasa, tarbiyachi va boshqa otboqarlar unga otni tutishda 
yordam beradilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling