O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Podachi bilan poda 
Bolalar podani ifoda etishadi (sigirlar, buzoqlar). Podachi tayinlanadi. Unga 
podachi kiyadigan telpak, qo‘liga tayoq va qo‘bizcha beriladi. Poda molxonada 
to‘planadi. Podachi uzoqroqda turadi. Tarbiyachi bunday deydi: 
Cho‘lpon ertalab turib 
Nay chalar: “Tu-tu-ru-ru” 
Sigir-buzoq jo‘r bo‘lib 
Ma’rashar “Mu-mu-mu” 
“Tu-tu-ru-ru” so‘zlarini eshiti bilan podachi qo‘liga nayni olib, chala 
boshlaydi. “Mu-mu-mu” so‘zlaridan keyin buzoqlar ma’rashadi. Keyin bolalar 
cho‘kkalab turishadi va podachi tomon emaklab borishadi. U sigir-buzoqlarni 
dalaga (maydonchaning nariga tomoniga) haydaydi. U еrda poda bir oz boqilgach, 
podachi ularni yana molxonaga qaytaradi. Keyin yangi podachi ularni yana 
molxonaga qaytaradi. Keyin yangi podachi saylanadi. O‘yin 2-3 marta 
takrorlanadi. 
O‘yin uchun keng joy zarur. Bolalar bir joyda g‘uj bo‘lib turmasliklari 
kerak.
Qushlar uchib o‘tadi 
Bir gala qushlar-bolalar maydoncha chekkasidagi bir necha zinapoyasi 
bo‘lgan gimnastika devorchasi qarshisida to‘planib(tarqalibroq) turishadi. 
Tarbiyachining “Qani, uchaylik!” degan signali bilan qushlar qanot qoqadilar va 
madoncha bo‘ylab uchib ketadilar. “Bo‘ron” degan signal berilib, qushlar 
daraxtlarga tomon uchadilar(devorchalarga chiqadilar) Tarbiyachi: “Bo‘ron tindi” 
deyishi bilan qushlar daraxtlardan sekin tushib, yana ucha boshlaydilar. O‘yin 3—
4 marta takrorlanadi. 
Gimnastika narvonchasidan tushayotganda sakrash mumkin emas. Agar 
narvoncha zinapoyalari kamroq bo‘lsa, o‘yinga barcha bolalarni baravar jalb 
qilmaslik kerak. Narvoncha o‘rniga stul, skameyka va boshqa buyumlardan 
foydalanish mumkin. 
To‘pni irg‘it 
Bolalarning har biri qo‘liga bittadan koptok ushlab, xona yoki maydoncha 
bo‘ylab erkin qolda tarqalib turishadi. Tarbiyachining «Boshlang!» — degan 
ishorasi bo‘yicha bolalar qo‘llaridagi koptokni tepaga irg‘itib, uni yana ilib ola 
boshlaydilar. Har bir bola koptokni necha marta еrga tushirmasdan ilib olishini 
sanaydi. 
Bolalarni ikkita-ikkita qilib turg‘izish ham mumkin. Biri koptokni otib, ilib 
tursa, boshqasi sanab turadi yoki bolalardan bir-ikkitasi davra o‘rtasiga chiqib, 


116 
koptokni tashlab, berib turadi. Hamma bolalar topshiriqning to‘g‘ri bajarilishini 
kuzatib turadilar. Bunda musobaqa o‘ynash ham mumkin: koptokni kim ko‘p otib, 
ko‘p ilib olish musobaqasiga bolalar juda qiziqishadi. Quyidagi mashqlarni kiritish 
ham mumkin: koptokni tepaga irg‘itgach, uning еrga tushishini kutib turish, еrga 
urilib qaytib chiqqandan so‘ng ilib olish, koptokni еrga urib ilib olish, uni tepaga 
balandroq otib, chapak chalish va koptokni ilib olish, koptokni tepaga otish, tezda 
gir aylanish va koptok еrga urilib chiqqach, uni ilib olish. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling