O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 3.34 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Top, lekin aytma
- Ketgan kim
Qayerga yashirilganini top
Bolalar xona devori bo‘ylab turadilar. Tarbiyachi bolalarga bayroqchani ko‘rsatib, tezda uni yashiradi va “Bo‘ldi”, deydi. Bolalar yashirilgan bayroqchani qidiradilar. Bayroqchani birinchi bo‘lib topgan bola o‘yin takrorlanganda bayroqchani yashiruvchi bo‘ladi. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi. Agar bolalar bayroqchani uzoq vaqtgacha topa olmasalar, tarbiyachi bayroqcha yashirilgan joyga kelib turadi-da, shu atrofni qidirib ko‘rishni taklif qiladi. Bayroqchani bola yashiradigan bo‘lsa, tegishli joy topishda unga yordam berish kerak. Top, lekin aytma Bolalar maydonchaning bir tomonida yuzlarini tarbiyachi tomonga qaratib turadilar. Tarbiyachining signali bilan ular o‘girilib, devorga qarab turadilar. Shu paytda tarbiyachi ro‘molchani yashirib qo‘yadi. Keyin bolalar ko‘zlarini ochishadi- da, tarbiyachi tomon burilishadi va ro‘molchani qidira boshlashadi. Ro‘molchani topgan bola uni topganligini bildirmasdan sekin tarbiyachining yoniga keladi va uning qulog‘iga ro‘molchaning qayerdaligini aytadi-da, qatordagi o‘z joyiga kelib turadi (yoki stulchaga, skameykaga kelib o‘tiradi). Bolalarning ko‘pchiligi ro‘molchani topmaguncha o‘yin davom etaveradi. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi. Bolalarga kim ro‘molchani topsa, uni turgan joyidan olmaslik kerakligini va hatto uni topmaganligini hech kimga bildirmaslikka harakat qilish zarurligini tushuntirish kerak. 118 Ketgan kim? Bolalar davra qurib yoki yarim doira shaklida turadilar. Tarbiyachi o‘yinda qatnashayotgan bolalardan biriga o‘z yonida turgan 5—6 ta bolani eslab qolishni, keyin xonadan chiqib turishni yoki burilib, ko‘zini yumib turishni taklif qiladi. Bolalardan biri yashirinib oladi. Keyin tarbiyachi: “Qani, top-chi, kim yo‘q?”- deydi. Agar bola topsa, uning o‘rniga boshqa bola tayinlanadi. Agar topa olmasa, yana o‘girilib turadi va yashiringan bola joyiga qaytib kelib turadi. Keyin topuvchi bola uning nomini aytishi lozim. O‘yin 4—5 marta takrorlanadi. Bolalar safdan chiqib, yashiringan kim ekanligini aytib bermasliklari kerak. Hech kim yashirinmasligi ham mumkin. U holda qidirib topuvchi bola hamma joy- joyida turganligini aytishi kerak. Qopqon O‘ynovchilar teng bulmagan ikki guruhga bo‘linadilar. Kichik guruh bolalari qo‘l ushlashib, doira hosil qiladilar. Ular qopqon vazifasini o‘taydilar. Qolgan bolalar (sichqonlar) doiradan tashqarida bo‘ladilar. Qopqon vazifasini bajarayotgan bolalar doira bo‘ylab boradilar va: Narsalarni kemirib, Jonga tegdi sichqonlar. Ehtiyot buling makkorlar, Sizni quvib еtamiz, Hammangizni tutamiz... deb aytadilar. Bolalar to‘xtab, darvoza hosil qilib, bir-birlari qo‘llarini ushlab olgan holda yuqoriga ko‘taradilar. Sichqonlar qopqon ichiga yugurib kiradilar va undan yugurib chiqadilar. Tarbiyachi “Qo‘lingizni tushiring” deyishi bilan doira bo‘lib turgan bolalar qo‘llarini tushiradilar, cho‘qqayib o‘tirib qopqon atrofini bekitadilar. Doira (qopqon) ichidan yugurib chiqa olmagan bolalar tutilgan hisoblanadilar. Tutilganlar doiraga qo‘shilib, uni kengaytiradilar. Qo‘pchilik bolalar tutilgach, bolalar vazifalarini almashtiradilar va o‘yin qaytadan boshlanadi. Qopqon bekilgach, sichqonlar doira bo‘ylab turgan bolalarning qo‘llari tagidan chiqib ketishi yoki orani yorib chiqishi mumkin emas. Juda chaqqon, biror marta qopqonga tushmagan bolalarning nomini aytib, rag‘batlantirish kerak. Download 3.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling