120
Bizni uyga qo‘ymaydi.
Cho‘pon: Qanotlardan ajralmay,
Uyga tomon uchinglar!
G‘ozlar qanotlarini yozib (qo‘llarini yon tomonga uzatib) o‘tloqdan uy tomon
uchadilar, bo‘ri
esa uyasidan chiqib, ularni tutishga (qo‘l tekkizishga) harakat
qiladi. Tutilgan g‘ozlar burining uyasiga kiradilar.
Bir necha marta yugurib
o‘tgandan so‘ng (o‘yin tartibiga ko‘ra) tutilgan g‘ozlar sanab chiqiladi. So‘ngra
yangi bo‘ri va cho‘pon tayinlanadi. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi. O‘yinning
boshida bo‘ri vazifasini tarbiyachi bajaradi.
Qiziqchilar
O‘yinchilardan biri qiziqchi qilib tayinlanadi va u davra o‘rtasida turadi.
Qolgan bolalar qo‘l ushlashib, doira bo‘ylab (tarbiyachi ko‘rsatmasiga
binoan
o‘ngga va chapga) yuradilar va:
Doira buylab,
Qetma-ket,
Boramiz qadam-baqada,
Joyingizda to‘xtangiz
Birgalikda hammamiz
Mana... bunday qilamiz,—deyishadi.
Bolalar to‘xtab, qo‘llarini tushiradilar. Qiziqchi biror harakatni qilib
ko‘rsatadi, qolgan hamma bolalar bu harakatni takrorlashlari kerak. O‘yin 2—3
marta
takrorlanadi, qiziqchi o‘yinchilardan birini o‘z o‘rniga tayinlaydi, so‘ngra
o‘yin yana davom ettiriladi. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi.
Qiziqchilar bir
harakatni hadeb takrorlamay, xilma-xil harakatlarni ko‘rsatishi
kerak.
Holatni bajar
Bolalar maydon bo‘ylab yugurib yuradilar. Tarbiyachining signaliga binoan
joylarida tez to‘xtab, biror holatni (cho‘qqayib, qo‘llarni yon tomonlarga ko‘tarib
va hokazo holatni) egallab turadilar, eng ifodali bo‘lib
turgan holatni tarbiyachi
aytib, ularni rag‘batlantiradi
Yil oxiriga borib o‘yii murakkablashtiriladi, unda bolalar guruh guruh, juft-
juft, uchtadan bo‘lib turishlari mumkin.
Bundan tashqari, bolalarga aniq holatda,
faqpt
tik turib, cho‘qqayib turib, o‘tirib va hokazoda figura hosil qilish taklif
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: