O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Polda qolma 
Tutuvchi 
tayinlanadi. 
Bolalar 
maydonchaning 
har 
еrida turadilar. 
Tarbiyachining topshirig‘iga binoan ular tutuvchi bilan birgalikda shartli musiqa 
jo‘rligida: childirma, chapak ovozi va hokazo ostida ma’lum tezlikda va maromda 
yuradilar, yuguradi- lar, sakraydilar. Tarbiyachining «Tut» degan signali berilishi 
bilan hammalari tutuvchidan qochib, maydonda qo‘yilgan narsalar ustiga chiqib 
oladilar. Tutuvchi qochuvchilarni tutishga harakat qiladi. Tutuvchining qo‘li 
tekkan bola shu zahotiyoq chetga chiqadi. O‘yin 2—3 marta qaytarilgach, 
tutilganlar sanaladi va yana tutuvchi tayinlanadi. O‘yin qaytadan boshlanadi. 
Tarbiyachi balandlikdan bolalarning ikki oyoqda sakrab tushishlarini kuzatib 
turadi, ularni maydon bo‘ylab har tomonda, ustiga chiqib olish kerak bo‘lgan 
narsalardan yugurib borishga o‘rgatadi. 
Qarmoq 
Bolalar oralarida bir oz joy qoldirib, doira bo‘lib turadilar. Tarbiyachi doira 
o‘rtasida turadi. U uchiga qumli xaltacha bog‘langan chilvirni doira bo‘ylab 
aylantiradi. Bolalar xaltachani kuzatib boradilar va yaqin kelishi bilan oyoqlariga 
tegib ketmasligi uchun yuqoriga sakraydilar. Oyog‘iga xaltacha tekkan bola orqaga 
bir qadam tashlaydi va vaqtincha o‘yindan chiqadi. Tezda tanaffus qilinadi va 
o‘yin qaytadan boshlanadi, unda hamma bolalar qatnashadi. 


123 
Chilvir uchiga bog‘langan xaltacha еrda sudralib aylantirilishi kerak. Agar 
bolalar bu vazifani osonlikcha bajarsalar, xaltachani poldan bir oz ko‘tarish 
mumkin. Chilvirni soat mili aylanishiga qarab emas, teskari tomonga ham 
aylantirish mumkin. 
O‘yinni murakkablashtirish uchun ikki sakrash o‘rtasida bolalarga 
qo‘shimcha topshiriq: o‘tirib turish, 1—3 marta aylanish na hokazo vazifalarni 
buyurish mumkin. Yuqoriga sakrash urniga «qarmoqdan» orqaga sakrash mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling