O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Kechuv 
Sayoz suv tagiga 4—5 ta buyum (toshlar, metall tarelkalar va boshqa shu 
singari narsalar) qo‘yiladi. Narsalar orasidagi masofa 60—70 sm bo‘ladi. Bu 
«daryo» dan kechib o‘tiladigan joy bo‘ladi. Bola suvda haligi buyumlar ustida 
emaklab yuradi. Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish yo‘nalishi to‘g‘riligini aniqlash 
uchun bola boshini bir necha marta suvga tiqib sho‘ng‘iydi. Suvda ko‘zlarini 
ochib, navbatdagi mo‘ljalni qidiradi. Bu o‘yinni toza va tiniq suvdagina o‘tkazish 
mumkin. 
Vint 
Suv ustida sirpanib suzayotgan paytda bola ko‘kragidan orqaga yoki orqadan 
ko‘kragiga aylanib buriladi. 
Torpeda 
Ikki bola bir-biriga qarab suvga tushadi, qo‘l ushlashib turishadi, oyoqlarini 
bukib, oyoq taglarini bir-biriga tirab turadilar. Shundan keyin ikkalasi ham 


131 
qo‘llarini qo‘yib yuboradilar va bir vaqtning o‘zida oyoqlari bilan itarilib, suv 
ustida orqalari bilan sirpanib suzib ketadilar (8-rasm)
Toycha 
Bolalar o‘z xohishlari bo‘yicha juftlarini tanlab oladilar: biri toycha, ikkinchisi 
—aravakash bo‘ladi. Aravakash otni qo‘shib, jilovini kiydirib va to‘g‘ri 
yo‘nalishda maydonchaning bir tomonidan ikkinchi tomoniga boradi va orqaga 
yoki maydonchaning yon tomoniga qaytib keladi. So‘ngra tarbiyachining 
ko‘rsatmasi buyicha bolalar o‘rinlarini almashadilar va o‘yinni davom ettiradilar. 
Otliq askarlar (suvorilar) 
4-6 ta bola maydonchaning bir chekkasida turadilar, tarbiyachi har birining 
qo‘liga uzunligi 50—60 sm li tayoqcha beradi. Bolalar tayoqchaning ustiga 
minib olib, maydonchani qarama-qarshi tomoniga, otliq askarlarni aks ettirib 
(otda) yuguradilar. Bir- birlariga urilib ketmasdan tez-tez yugurish kerak. 
Chambarakni quvib еt 
Bolalar chambarakni dumalatishni o‘zlari mustaqil o‘rganib olmagunlaricha, 
tarbiyachining o‘zi chambarakni dumalatadi va biror bolaning ismini aytib, uni 
quvlab еtishni taklif qiladi. Chambarak dumalab ketayotganda ushlash kerak, 
bunda chaqqonlikni namoyon qilib, tez yugurish kerak. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling