O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Chambarakni dumalat 
Uch-to‘rt bola 1,5—2 m masofada tarbiyachiga yuzma-yuz guradilar. 
Tarbiyachi har bir bolaga navbat bilan chambarakni dumalatadi, ular uni ushlab 
olib va yana orqaga — tarbiyachiga dumalatadilar. Bolalar chambarakni yaxshi 
dumalatib va ushlab olishni o‘rganganlaridan keyin, endi bir-birlari bilan 
o‘ynashlari mumkin bo‘ladi. 
Buyumni saqla 
Bolalar doira hosil qilib turadilar. Ular oyoqlarini yon gomonlarga kerib
qo‘llarini orqalariga qo‘yib turadilar. Har bir bolaning oyog‘i oldida kubik yoki 
boshqa narsa bo‘ladi. Onaboshi (bola) doiraning o‘rtasida turadi. U kubikni
olishga harakat qiladi. Onaboshi qaysi o‘yinchi tomonga borsa, shu o‘yinchi tezda 
o‘tirib oladi, kubiklarni qo‘llari bilan berkitadi va unga tegishga imkon bermaydi. 
Onaboshi u еrdan ketishi bilan o‘yinchi o‘rnidan turadi. Kimda-kim o‘zining 
kubiklarini himoya qilishga ulgura olmasa (onaboshi qo‘lini kubikka tekkizsa), u 
doiradan chiqadi va o‘yinda vaqtincha qatnashmaydi. 
Onaboshi 2—3 ta kubikni olganidan keyin yangi onaboshi tayinlanadi. O‘yin 
hamma bolalar bilan yana davom ettiriladi. 


133 
Sharlarni uzatish 
Bolalar stulchada doira bo‘ylab (yoki o‘t ustida) o‘tiradilar. Tarbiyachi ikki 
o‘yinchiga bittadan shar beradi va uni yonida o‘tirgan bolalarga uzatishni taklif 
qiladi (bittadan o‘ng, ikkinchisi chap tomondan uzatadi). Sharlar qo‘lma-qo‘l 
uzatilib, bir joyda uchrashgandan keyin bolalar uni bir-biriga urib, “Urildilar”, 
deyishadi va o‘rinlaridan turib, doira bo‘ylab orqaga yugurishadi. Qolgan 
o‘yinchilar “Yugurdik, yugurdik”, deb aytib turadilar. Bolalar o‘z joylariga qaytib 
kelib, “Uchrashdik”, deydilar va tezda sharni tarbiyachiga beradilar. Tarbiyachi esa 
sharni boshqa bolalarga beradi. O‘yin yana takrorlanadi. 
Darvozaga tushir 
Bolalar skameykada o‘tiradi. Ular tarbiyachi belgilagan joyga navbatma-navbat 
borib turadilar. Undan 2—3 kadam masofada yoy shaklida darvoza chizilgan 
bo‘ladi. Bola oldinga engashib, еrda yotgan koptokdan bittasini oladi va uni 
darvozaga tushirish uchun dumalatadi. 3—4 koptokni dumalatgandan keyin bolalar 
ularni terib oladilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling