132
O‘yin qaytadan davom ettirilganda u o‘yinga kiritiladi. Tarbiyachi ayrimlariga
qirg‘oqqa o‘tishga yordam beradi va bolalarni rag‘batlantiradi.
Tovuqlar polizda
Bolalar — tovuqlar xodaning orqasida joylashadilar.
Xodaning boshqa
tomonida maydonchaga katta to‘g‘ri chiziq chizilgan - bu Poliz bo‘ladi. Tarbiyachi
— qorovul poliz bo‘ylab yurib, tovuqlar polizdami yoki yo‘qmi, shunga qaraydi,
so‘ngra borib skameykaga o‘tiradi. Tovuqlar shu zahoti devor (xoda)ning ustiga
sakrab
chiqib oladilar, so‘ngra u еrdan polizga sakrab tushadilar va yugurib,
ekilgan sabzavotlarni cho‘qiy boshlaydilar, Qorovul — tarbiyachi tovuqlarni sezib
qolib, chapak chalib va «kish, kish!» deb ularni poliz ichidan haydaydi.
O‘yin bir necha marta qaytarilgandan keyin
bolalardan qorovul saylash
mumkin.
Kegli
O‘yinda plastmassa keglidan foydalanish mumkin. Ular bir- birlaridan 10—
15 sm masofada o‘rnatiladi. Bolalar 1—1,5 masofadan bittadan soqqa (shar)
dumalatadilar. Tarbiyachi kegliga soqqani tekkizgan bolani rag‘batlantiradi,
yutqizgan bolalarga esa vazifani bajarishda yordam beradi.
To‘pni dumalat
Bolalarga har xil rangdagi to‘plar yoki kichikroq soqqalar (diametri 6—8 sm
sharlar) beriladi va ularni bolalardan 1,5—2 m ga dumalatishni taklif qiladi.
Tarbiyachi berilgan vazifani kim yaxshi uddalagan bo‘lsa, uni rag‘batlantirib, yana
bir marta dumalatishga ruxsat beradi. Bolalar to‘pni 2—3 martadan
dumalatganlaridan keyin, to‘plarni savatchaga terib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: