130
Meduza
Chuqur nafas olib, birmuncha vaqt nafas olmay turiladi, oldinga engashib, erkin
holda suvga yotiladi. Bolaning gavdasi bir oz suv ichiga tushib,
yana qaytib suv
yuzasiga chiqadi. Suvda harakatsiz yotib ko‘riladi.
Po‘kak
Chuqur nafas olib va nafasni tutib turib, ko‘zni yummasdan suvga
sho‘ng‘iladi. Oyoqlarni mumkin qadar ko‘proq burib, boldir quchoqlab olinadi va
tizzalarni ko‘krakka tortib, boshni iloji boricha
tizzalarga yaqinlashtirib
engashtiriladi. Xuddi shu holattda po‘kak singari suv betiga qalqib chiqiladi.
Holatni o‘zgartirmasdan suv sathida suzib, 8—10 gacha sanaladi. Shundan keyin
asta-sekin o‘rindan turib, havza tubiga oyoq quyiladi. Po‘kak bo‘lib suzayotganda
asta-sekin suv ichida nafas chiqarish ham mumkin.
Tyulenlar
Qo‘llar oldinga uzatib yotiladi. Qo‘llar bilan sekin
itarilib, qo‘llar orqaga to
belga qadar uzatiladi, oldinga suzishga intilish kerak bo‘ladi,
shu paytda bosh
suvda bo‘lishi zarur.
To‘pni uzat
Ikki bola bir-birining orqasidan 0,7—0,8 m masofada turadi. Har ikkovining
oyoqlari еlka kengligida turadi. Suvning chuqurligi belgacha yoki ko‘krakkacha
keladi. Bola qo‘lida to‘p ushlab turadi. U oldinga engashib,
boshini suvga tiqib
sho‘ng‘iydi va to‘pni o‘z orqasida turgan bolaga uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: